|
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 2/9 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #251316 |
Bog'liq Xushvatshoyev Sanjar loyiha MUNDAREJA
KIRISH 4
Ma‘lumotlar bazasi (data base) – 4
Malumotlar bazasini (MB) yaratish “Microsoft office access” dasturi bilan ishlash. 5
C++Builder dasturlash tilini ma’lumotlar omborini bilan bog’lash 8
C++ builder dasturida ma’lumotlar ombori bilan ishlaydigan komponentalar ro‘yhati. 10
Data Access bo‘limi 12
DASTUR TALABLARI 14
DASTUR YARATISH JARAYONI VA FOYDALANISH QO’LLANMASI 15
XULOSA 19
ILOVA 20
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 28
KIRISH Ma‘lumotlar bazasi (data base) –
EHM ning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa ob‘yektlar, jarayonlar, holatlarning o’zaro bog’liq va tartiblashtirilgan majmuidir.
Ma‘lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot yetishmovchiligini ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Amaliyotda ko’pchilik ma‘lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta EHMda bir qancha ma‘lumotlar bazasi yaratiladi. Vaqti bilan turdosh vazifalarni bajarishga mo’ljallangan ba‘zi bir ma‘lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin.
Har qanday axborot tizimi bizni qamragan real dunyoning ba‘zi tomonlarini yoki predmet sohasini yoki muammoni yoritishi mumkin.
Muammoli muhit vaqti o’zgarishi bilan o’zgarishi, ya‘ni ob‘yektlar xususiyatining o’zgarishida, eski ob‘yektlarning yo’qolishi va yangilarining paydo bo’lishida ifodalanadi. Bu o’zgarishlar voqealar natijasida bo’lib o’tadi. Voqealarning ketma-ketligi jarayonni tashkil etadi. Har qanday axborot tizimi ob‘yektlarning o’zlari bilan emas, mavjudiy borliq singari, balki ularning belgili yoritqichi-idenfikatori bilan ishlaydi.
Belgi - idenfikatorlarning bosh vazifasi - ob‘yektni guruhdagi turdosh ob‘yektlardan farqlash. Ob‘yektning idenfikatori, umumiy aytganda, ob‘yektning xususiyati haqida yoki, ya‘ni shunga o’xshash, uning u yoki bu sinfga tegishligi haqida hech qanday axborot bermasligi mumkin.
Ma‘lumotlar. Belgili shaklda ifodalangan ob‘yekt yoki ob‘yektlarning muomalasi haqidagi axborotlar ma‘lumotni tashkil qiladi.
Bu ma‘lumotlar inson yoki qandaydir texnik qurilma tomonidan qabul qilinishi va tegishli tarzda interpretatsiya qilinishi mumkin. Ma‘lumotlarning tavsifli xususiyati shu hisoblanadiki, ya‘ni ularni bir belgili tizimda boshqasiga qayta kodlash axborotni yuqotmagan holda o’tkazish mumkin. Belgili ifodalanishning bunaqangi xususiyatining ahamiyati - mavjud predmetli holatning qabul qiluvchiga yo’naltirilgan, belgilarning har xil tizimlarida ifodalanish imkonini beradi.
Ma‘lumotlar bazasini qurishda insonga yo’naltirilgan mantiqiy ifodalanish haqida va uzoq muddatli xotira qurilmasiga yo’naltirilgan jismoniy ifodalanish haqida gapirish an‘anaga aylangan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|