|
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 3/9 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 2,07 Mb. | | #251316 |
Bog'liq Xushvatshoyev Sanjar loyihaMA‘LUMOTLAR BAZASI - ma‘lum masalaga yoki biror faoliyatga taalukli o‘zaro boglangan va aloxida kurinishda tashkil etilgan ma‘lumotlar.
MB misollar:
Xar xil katalog va spravochniklarda saklanadigan axborotlar;
Poezdlar jadvali;
Darslar jadvali;
Slovarlar;
MB ma‘lumotlarni xususiyatlari:
tuliklik;
aktuallik;
kulaylik;
to’g’ri tashkil etish.
Ma‘lumotlar banki - bir nechta MB, texnik vosita va dastur ta‘minotidan iborat avtomatlashtirilgan tizim.
Malumotlar bazasini (MB) yaratish “Microsoft office access” dasturi bilan ishlash.
MB tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma‘lumotlarni kiritish va mavjud MBdan foydalanish uchun maxsus MBlar bilan ishlaydigan programmalar zarur bo‘ladi. Bunday programmalar majmui ma‘lumotlar bazasini boshqarish sistemalari (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan MBni yaratish, unga qo‘shimcha ma‘lumotlarni kiritish va MBni birgalikda ishlatish uchun zarur bo‘lgan programmalar majmuidir. MBBTning asosiy tarkibiy qismi–ma‘lumotlar bo‘lsa, boshqa tarkibiy qismi–foydalanuvchilardir. Bulardan tashqari Hardware- texnik va Software-dasturiy ta‘minoti ham MBBTning samarali ishlashini ta‘minlovchi tarkibiy qismlar hisoblanadi. Hardware tashqi qo‘shimcha qurilma dan iborat bo‘lsa, programma qismi esa MB bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi o‘rganilayotgan ob‘ektning ma‘lumotlari ko‘rinishi, ma‘nosi, tuzilishi va hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadilar:
foydalanuvchi-programma tuzuvchi;
sistemali programma tuzuvchi;
ma‘lumotlar bazasi administratori.
Bunda programma tuzgan foydalanuvchi MBBT uchun yozgan programmasiga javob beradi, sistemali programma tuzuvchi esa butun sistemaning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MB administratori sistemaning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.
MBBT quyidagicha tavsiflanadi:
Ispolnimost – Bajarilishlik, foydalanuvchi so‘roviga hozirjavoblik bilan
muloqotga kirishish;
Minimalnaya povtoryaemost – Minimal takrorlanishlik, MBdagi ma‘lumot iloji boricha kam takrorlanishi lozim, aks holda ma‘lumotlarni izlash susayadi;
Yaxlitlik – axborotni MBda saqlash iloji boricha ma‘lumotlar orasidagi bog‘liqlikni asragan holda bo‘lgani, ayni muddao;
Bezopasnost – Xavfsizlik, MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoya qilingan bo‘lishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli tashkilotgina ma‘lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga egalik qilishi mumkin;
Migratsiya – ba‘zi bir ma‘lumotlar foydalanuvchilar tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida ishlatiladi. SHuning uchun ma‘lumotlar tashqi xotiralarda joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng ko‘p ishlatiladigan ma‘lumotlarga murojaat qilish qulay bo‘lsin.
Ma‘lumotlar bazasini boshqarish sistemasida har bir MB modeli quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tavsiflanadi:
Ma‘lumotlar tuzilmalarining turi;
Ma‘lumotlar ustida bajariladigan amallar;
Butunlikning cheklanganligi.
Bu xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda ma‘lumotlar bazasi modellari quyidagi turlarga bo‘linadi:
Daraxtsimon (ierarxik) modellar;
Tarmoqli (to‘rli) modellar;
Relyatsion modellar.
Yana shu narsani ta‘kidlash lozimki, ma‘lumotlar bazasi modellarining faqatgina yuqorida qayd qilingan modeli mavjud deyish noto ‘g‘ri. Chunki bulardan tashqari yana ma‘lumotlar bazasining binar munosabatlar modeli, ER – modellari, semantik model kabi boshqa turlari ham mavjud. Lekin amalda asosan dastlabki ta‘kidlangan 3 turli modellar ko‘proq qo‘llanilib kelinmoqda. Shuning uchun ham biz ushbu modellarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|