|
Ўзбекистон республикаси
|
bet | 2/4 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #251539 |
Bog'liq МТ ва А silabus (1)O’quv kursi dasturi:
O’qituvchi haqida ma’lumot:
Ma’ruza
|
Sobirov Muzaffarjon - assistent o’qituvchi
|
Laboratoriya
|
Sobirov Muzaffarjon - assistent o’qituvchi
Ergashev Shaxnoza - assistent
|
Kafedra
|
Axborot texnologiyalari
|
Telefon nomer
|
+99890 632 24 04
+99899 993 08 09
|
Ofis
|
Asosiy bino, 2- qavat, 212-auditoriya
|
E-mail
|
|
Kurs haqida qisqacha ma’lumot
Ushbu “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritimi” fani barcha ta’lim yonalishlari uchun umum mutaxassislik fani hisoblanadi. Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma’lumotlarni qayta ishlash, optimal algoritimlar ishlab chiqish va dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yonaltiradi.
Ushbu kurs 2 kurs bakalavriatura ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun kuzgi semesterda o’tiladi.
Ushbu kurs quyidagi 5 bo’limdan iborat:
Ma’lumotlar, tuzilmalar va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash.
Ma’lumotlarni qidirish va saralash usullariva algoritmlari.
CHiziqli ma’lumotlar tuzilmasi.
CHiziqsiz ma’lumotlar tuzilmasi.
Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish. Ma’lumotlar tuzilmalarini modellashtirish.
O’qitish natijalari:
Fanni o’zlashtirish jarayonida talabada quyidagi qobiliyatlar rivojlantiriladi:
Ma’lumotlar tuzilmasining asosiy algoritmlaridan foydalana olish va yuqori darajali dasturlash tilida shablonlarning standart kutubxonalari imkoniyatlaridan foydalanish;
Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va algoritmlari, qidirish, saralash va xeshlash to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish;
Standart ma’lumotlar tuzilmalari usullariga mo’ljallangan kutubxona funksiyalaridan masala yechishda foydalanish (bog’langan ro’yxatlar, saralangan massivlar, daraxtlar, xesh-jadvallar) ;
Rekursiya, rekursiv ma’lumotlar tuzilmasi, rekursiv algoritmlarni dasturlash to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish;
Muammoli ob’ekt sohani obektlar sinfiga bo’lish va unug holati(ma’lumotlar) va hodisalar(usullar) bog’liqligi;
Obektga mo’ljallangan dasturlash yordamida yangi tuzilmalar ishlab chiqish(sinflar yoki shablonlar) va amallar yoki usullarni qayta ishlash va qayta aniqlashning farqlarini bilish;
Testlash, validatsiya,verifikasiya tushunchalar va ularni farqi to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish, modulli yoki iteratsion testlash ma’lumotlar to’plamini ishlab chiqish;
Tegishli ma’lumotlar modeli uchun hujjatlashtirishda modellashtirishning standart notatsiyasini ishlatish(masalan UML);
|
| |