• Qidiruv indekslari
  • Ўзбекистон республикаси




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/21
    Sana19.02.2022
    Hajmi0.6 Mb.
    #17834
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
    Bog'liq
    6-maruza.-Internet-texnologiyalari
    Doc1, Dars mavzulari, chiziqli 2 mustaqil ish, Toshkent – 2022 Mavzu Signallarning lokal va integral xususiyat-fayllar.org
    Qidiruv kataloglari tematik (mavzulashtirilgan) izlash uchun xizmat qiladi. 
    Bunday serverlarda axborotlar mavzular va qismmavzular bo'yicha strukturalanadi. 
    Internetda resurslar katalogi yoki internet-resurslari katalogi yoki qisqacha 
    internet kataloglar saytlarning strukturalashgan qisqacha izohli ko'rsatgichlari 
    (yo'llari) yig'indisidir. 
    Bir kategoriya tarkibidagi kataloglar saytlarning ommaviyligi (reytingi) 
    bo'yicha tartiblanadi. Bunday internet kataloglariga misol tariqasida Aport saytini 
    keltirishimiz mumkin. 
    Aport.ru — universal sayti bo'lib, Rossiya bozorlaridani tovarlar va narxlarni 
    solishtirish uchun ishlab chiqilgan. Sayi foydalanuvchilarga butun dunyo bo'yicha 
    internet-magazinlar xizmatlari va tlvarlarini qulay usulda izlash imkonini beradi. 
    Qulaylik yaratish uchun saytda tovarlarni narxi, ishlab chiqaruvchisi, shahar 
    kabi kategoriyalar bo'yicha izlashning ko'p funktsiyali mexanizmi yo'lga qo'yilgan. 
    Aport qidiruv tizimi tematik katalogi 
    Shuningdek saytda foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan fikr-mulohazalar 
    orqali mahsulot haqida barcha ma'lumotlarni: unig asosiy kamchiligi va yutuqlari 
    havida ham bilib olish mumkin. 
    Qidiruv indekslari alfavitli ko'rsatgich kabi ishlaydi. Klient serverga 
    izlanayotgan axborotni tasniflovchi bir yoki bir necha so'zlar ketma-ketligini 
    beradi va shu terminni o'zida mujassamlashtirgan veb sahifaga ko'rsatgich (yo'l) ni 
    oladi. 
    Qidiruv indekslari avtomatik ravishda maxsus dastur yordamida internet 
    sahifalarini skanerlaydi va ularni indekslab o'zining katta ma'lumotlar omboriga 
    kiritadi. 
    http://www.yandex.ru 
    Yandeks – Rossiya qidiruv tizimi. Kompaniya sayti Yandex.ru 1997 yil 23 
    sentyabrda ish boshlagan. Kompaniyaning bosh ofisi Moskvada joylashgan. 
    Shuningdek Sankt-Peterburgda, Yekaterinburgda, Odessada va Kievda ham 
    kompaniyaning ofislari bor. Yandeks so'zi “Ya” va “index” so'zlaridan olingan 
    “Ya” rus tili kishilik olmoshi, ingliz tilidagi “I” so'zi bilan mos tushadi. Bu nomni 
    Yandeksning asoschilaridan biri bo'lgan Ilya Segalovich yo'lab topgan. 
    Yandeks qidiruvi hujjatlarni (axborotlarni) rus tili, ukrain tili, belorus tili, 
    rumin tili, ingliz tili, nemis tili va faransuz tillari bo'yicha izlash imkonini beradi va 
    Yandeks rus va ingliz morfologiyasi bo'yicha so'zlarni tekshiradi. Yandeksning 


    10 
    farqli jihati shundaki, unda qidiruv so'rovini aniq sozlash mumkin. Bu qulay 
    so'rovlar tili orqali amalga oshiriladi. 
    Yandeks har bir sahifasida 10 tadan qidiruv natijalarini aks ettiradi, lekin bu 
    miqdorni uning sozlamalariga kirib 20, 30 va 50 tagacha oshirish mumkin. 
    http://www.google.ru/ 
    Internetda qidiruv mashinalari lideri hisoblanadi, google jahon bozorining 
    70% ini egallaydi. Bugungi kunda u har kuni 50 million qidiruv so'rovlarini 
    ro'yxatdan o'tkazib, 8 milliard veb sahifalarni indekslamoqda. Google 115 xil tilda 
    axborotlarni izlaydi. 
    Uning nomlanishi inglizcha “Googol” so'zidan olingan bo'lib 100 ta noli bor 
    birlikni anglatadi va uni Miltonom Sirottoy kiritgan. u termin kompaniyaga 
    internetda katta hajmdagi axborotlarni qamrab olish ma'nosini bildiradi. 
    Google interfeysi ancha murakkab so'rovlar tilini o'z ichiga oladi va izlashda 
    alohida domen, til, fayl turi va boshqa parametrlar bo'yicha cheklovlar qo'yish 
    imkoniyatini beradi. 
    http://www.rambler.ru 
    Rambler Media Group – internet xoldingi qidiruv tizimi, rus internet 
    resurslari klassifikatorlari reytingi, axborot portali kabi servislarni o'z ichiga oladi. 
    Rambler 1996 yilda tashkil topgan. Rambler qidiruv tizimi rus, ingliz va ukrain 
    tillarini tushunadi va farqlaydi. 
    http://www.yahoo.com/ 
    Yahoo — amerika kompaniyasi bo'lib, ommaviyligi bo'yicha dunyoda 
    ikkinchi o'rinda turuvchi qidiruv tizimi hisoblanadi. Shuningdek u Yahoo! 
    Directory internet-portaliga birlashtirilgan qator xizmatlarni ham amalga oshiradi. 
    Portal o'zida ommabop xizmatlardan Yahoo! Mail pochtasini mujassamlashtirgan. 
    2004 yilda AJAX texnologiyasiga asoslangan yangi pochta interfeysi ishga 
    tushirildi. 
    Kompaniya Stenford universiteti magistrantlarii Devidom Faylo (ingl. David 
    Filo) va Djerri Yangom (ingl. Jerry Yang) lar tomonida 1994 yilning yanvar oyida 
    asos solingan. 1995 yil 2 martda u korporatsiyaga aylandi. Kompaniyaning bosh 
    ofisi AQSh Kaliforniya shtatidigi Sanniveyl (ingl. Sunnyvale) shahrida joylashgan. 


    11 

    Download 0.6 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси

    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish