ZIYONET AXBOROT-TA'LIM PORTALI




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana19.02.2022
Hajmi0.6 Mb.
#17834
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-maruza.-Internet-texnologiyalari
Doc1, Dars mavzulari, chiziqli 2 mustaqil ish, Toshkent – 2022 Mavzu Signallarning lokal va integral xususiyat-fayllar.org
ZIYONET AXBOROT-TA'LIM PORTALI 
ZiyoNet jamoat axborot ta'lim tarmog'i 2005 yil 28 sentyabrda O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “O'zbekiston Respublikasining jamoat 
ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risida” gi 2005 yil 28 sentyabrdagi 191 
sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan. ZiyoNet tarmog'ining asosiy maqsadi ta'lim 
tizimida respublika yoshlari hamda ta'lim oluvchilarni bilim olish jarayonida 
axborot-kommunikatsiya hizmatlarini ko'rsatishdan iborat. 
ZiyoNet axborot ta'lim tarmog'i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek 
aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta'minlash, AT sohasida kerakli 
ma'lumotlarni berish, muloqat qilish va tajriba almashinishlari uchun zarur 
imkoniyatlarni yaratib berishni O'z zimmasiga oladi. 
ziyonet.uz subdomenlarida 12 ta ochiq resurslar joylashgan bo'lib, ular 
quyidagilar: 
1. people.ziyonet.uz – mashhur vatandoshlarimiz haqidagi ma'lumotlar; 
2. sites.ziyonet.uz – foydali saytlar bazasi; 
3. library.ziyonet.uz – elektron kutubxona; 
4. foreign.ziyonet.uz – xorijiy tillarni o'rganish; 
5. ask.ziyonet.uz – savol-javoblar xizmati; 


23 
6. institutions.ziyonet.uz – ta'lim muassasalari katalogi; 
7. groups.ziyonet.uz – ijtimoiy guruhlar tizimi; 
8. blogs.ziyonet.uz – veb-sayt yaratish xizmati; 
9. abiturient.ziyonet.uz – Respublika oliy ta'lim muassasalaridagi barcha 
mutaxassisliklar bo'yicha ma'lumotlar va testlar; 
10. meros.ziyonet.uz – O'zbekiston madaniy merosi; 
11. games.ziyonet.uz – ta'limiy o'yinlar jamlanmasi; 
12. talents.ziyonet.uz – iqtidorli yoshlar bloki; 
Tarmoqda ijtimoiylikning quyidagi elementlari joriy etilgan: 
• Foydalanuvchi profili 
• Do'stlar bo'limiga foydalanuvchi qo'shish 
• Xabar almashish 
• Foydalanuvchilar reytingi 
• Fikr va mulohazalar bildirish 
• Qiziqishlar bo'yicha foydalanuchilarni guruhlarga birlashtirish 
Foydalanuvchilar 
ID.UZ tizimidan rO'yhatdan O'tgan foydalanuvchilarga ZiyoNet portali o'z 
imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. 
Jumladan: 
1. ZiyoNet portalining kutubhonasiga ahborot - ta'limiy ma'lumotlarni 
joylashtirish; 
2. Uchinchi darajali «zn.uz» domenida sayt-satelitlarni yaratish; 
3. ZiyoNet portalining yopiq bo'limlariga kirish va u erdan ma'lumot olish; 
4. ZiyoNet axborot resurs tarmog'ining turli tanlovlarida qatnashish. 
ZiyoNet tarmog'iga ulanish 
Hukumat qaroriga muvofiq barcha ta'lim muassasalari (ulanish ob'ektlari) 
ZiyoNet axborot ta'limiy tarmog'i negizida birlashishlari kerak. 
Provayder tizimi orqali ta'lim muassasalarini ulanish bO'yicha g'oliblarga 
ZiyoNet tarmog'i resurslariga kirish imkoni beriladi. Bugungi kunda maktab
kolledj, litsey, muzey, “Kamolot” YoIHning Internetga ulanishi bilan OOO «East 
Telecom», qishloq joylaridagi maktablarning internetga ulanishi bilan «RWC» QK 
hamda UzNETning «Uzbektelekom» AK filiali shug'ullanadi. 
Ta'lim muasasalarining internetga ulanishlarida OO'MTV, O'MKTM, XTV, 
«Kamolot» YoIH mas'ul va moliyaviy jihatdan ta'minlovchi hisoblanadilar. 
ZiyoNet tarmog'ining resurs markazi tanlov hay'atining ishlovchisi sifatida 
internet tarmog'iga ulanishga oid barcha tanlovlarni va ulanish jarayoni 
monitoringini o'tkazib kelmoqda. Ta'lim muassasalarini internet tarmog'iga 
ulanishlariga oid barcha savollar bilan mas'ul Vazirlik va boshqarmalarga, ZiyoNet 
tarmoqining 
provayderlariga 
murojaat 
etishingiz, 
shuningdek, 
forumda 
qoldirishingiz mumkin. 


24 
ZiyoNet 
ta'limiy 
tarmog'iga 
ulanuvchi 
muassasa 
tanlov 
g'olib-
provayderining quyidagi bepul hizmatlaridan foydalanishi mumkin: 
-Internet (TAS-IX orqali) tarmog'ining O'zbek segmentidan 128 kbit/sek 
tezligida istalgan miqdorda foydalanish; 
-Ichki Internetning ajratilgan limit trafikidan foydalanish (Ichki Internetdan 
foydalanayotgan ulanish ob'ektiga trafikda belgilangan ustki limit bo'yicha haq 
to'lash; 
-Qo'shimcha hizmatlar. 
ZiyoNet tarmog'iga ta'lim muassasalarini ulanishlarini moliyalashtirish 
O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish