Ўзбекистон республикаси




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana19.02.2022
Hajmi0.6 Mb.
#17834
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-maruza.-Internet-texnologiyalari
Doc1, Dars mavzulari, chiziqli 2 mustaqil ish, Toshkent – 2022 Mavzu Signallarning lokal va integral xususiyat-fayllar.org
7. Google asbob-uskunalari 
Bu mavzuda biz Web 2 texnologiyalaridan foydalangan holda o'z ishimizni 
osonlashtirish imkoniyatini beruvchi ajoyib usul bilan tanishib chiqamiz. 
Tassavvur qiling bitta ilmiy maqola ustida 3 nafar shaxs (Masalan: Siz, 
Sizning ilmiy rahbaringiz va hamkasbingiz) ishlamoqda. Baxtga qarshi maqola 
ustida ishlayotgan kishilar dunyoning har xil joylarida ish yuritishadi. Demak, 
maqolani yozish vaqtida Siz o'zingizga tegishli bo'lgan joylarini yozasiz, bundan 
keyin ilmiy maqolangizni holatini ilmiy rahbaringizning elektron pochtasiga 
junatasiz. Ilmiy rahbaringiz Siz yuborgan maqolani o'qib bir nechta qo'imcha va 
kamchiliklarni to'g'irlab Sizga elektron pochta orqali Sizga junatadilar. Siz elektron 
pochta orqali qabul qilib tegishli o'zgarishlarni bajarib, tahrirlab yana ilmiy 
rahbaringizga yuborasiz va bir vaqtning o'zida uchinchi muallifning pochtasiga 
yuborasiz. 
Ilmiy rahbaringiz va uchinchi muallif maqolani olib ma'lum bir tahrirlash 
ishlarini bajarib Sizning pochtangizga ilmiy maqolani yuboradilar. Siz maqolani 
olib umumlashtirasiz va yana o'zgartirishlarni kiritib umumlashtirib yana ilmiy 
rahbaringizga va uchinchi muallifning elektron pochasiga jo'natasiz. Natijada bir 
ilmiy maqolani ohiriga yetkazish uchun ilmiy maqolangizni bir muallifdan ikkinchi 
muallifga junatasiz. 
Bu holat ko'plar uchun odatiy holat hisoblanadi. Lekin internet 
texnolgiyalarining rivojalanishi natijasida bir hujjat ustida bir vaqtning o'zida bir 
nechta foydalanuvchi ishlash imkoniyatini beruvchi interenet tizimlari yaratila 
boshlandi. Bunday tizimlarning hozirgi vaqtga kelib bir nechtasi mavjud. 


28 
Shu tizimlardan biri Google apps hisoblanadi. 
Bu o'quv modulimizda Google apps ning asosiy asbob-uskunalari bilan 
tanishib chiqamiz. 
Google asbob-uskunalari va servislaridan foydalanish o'quv jarayonini va 
axborot ta'lim maydonini loyihalashtirish imkoniyatini beradi. Veb muhitida 
Google Disk, Google Hujjatlar (matn, elektron jadval, taqdimotlar, grafik 
muharirlari), Google taqvim (kalendar), Google formalari (so'rovnomalar yaratish), 
Google Hangouts (Messenger) Google+, Google Blogger (saytlar yaratish) orqali 
o'quv jarayonini tashkillashtirish, boshqarish o'quv jarayoni sifatini oshirishga 
sabab bo'ladi. 
Hamkorlikda ishlash imkoniyatini beruvchi uskunalar majmuasi Google 
docs - Google Hujjatlar (Google jadval, Google Forma, Google hujjat, Google 
taqdimot, Google rasm) deb umumiy nomlanib, uning ichiga matn, elektron jadval, 
taqdimotlar, grafik muharirlari kiritish mumkin. Bir vaqtda bir hujjat ustida bir 
necha foydalanuvchi ishlashi mumkin bo'ladi. 
Foydalanuvchilar dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan internet tarmog'i orqali 
ularga taqdim etilgan hujjat ustida ishlashlari mumkin bo'ladi. 
Google taqvim (kalendar) vaqtingizni rejalashtirishda, o'quv dars jadvalini 
tuzishda va talabalar bilan qayta topshirish vaqtlari, majlis va konferentsiyalar, 
tug'ilgan kunlarni eslatib turish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Google taqvim 
sizning mobil telefoniz bilan ham integratsiyalashi mumkin. Google taqvimni bir 
o'zingiz yoki guruh bo'lib shaklantirishingiz mumkin buladi. 
Google blogger yordamida o'zingizning shaxsiy saytingizni (blogingizni) 
yaratishingiz mumkin. Masalan Tarix o'qituvchisining shaxsiy sayti. Bu yaratilgan 
saytga o'zingizning ilmiy-uslubiy ishlaringizni joylashtirishingiz, talabalarga 
o'zingizning faningiz bo'yicha o'quv majmualarni maxsus bo'lim ochib yuklab 
qo'yishingiz mumkin. Fan bo'yicha bo'layotgan ilmiy yangiliklarni berib 
borishingiz so'rovnomalar utkazishingiz mumkin bo'ladi. 
Google Hangouts –kommunikatsiya elementi bo'lib, video, audio va kichik 
xabarlar yuborish imkoniyatini beruvchi servis hisoblanadi. Google Hangouts 
orqali siz vebinarlar tashkillashtirishingiz mumkin. 
Google apps ilovalari bepul bo'lib hech qanday litsenziya talab qilmaydi. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish