Respublika pedagogika ta'lim muassasalari portali




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana19.02.2022
Hajmi0.6 Mb.
#17834
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
6-maruza.-Internet-texnologiyalari
Doc1, Dars mavzulari, chiziqli 2 mustaqil ish, Toshkent – 2022 Mavzu Signallarning lokal va integral xususiyat-fayllar.org
Respublika pedagogika ta'lim muassasalari portali 
Ta'lim tizimining asosini yuqori sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil 
etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab sanalsada, ammo 
bunday muhit ta'lim tizimini takomillashtirishga, ta'limda axborot texnologiyalarini 
tub ma'noda joriy etishga xizmat qiladi. 
O'zbekiston Respublikasi pedagogika ta'lim muassasalarining yagona 
axborot makoni ta'lim jarayoni qatnashchilarini samarali o'zaro aloqasini 
ta'minlovchi, turli axborot resurslariga kirish imkoniyatini beruvchi, axborot va 
zamonaviy ta'lim texnologiyalarini rivojlantirishuvchi sifatida axborot- ta'lim 
sharoitlarining ochiq tizimini yaratadi. 
An'anaviy va elektron shakldagi o'quv materiallari yagona ta'lim muhitining 
tarkibiy qismi sifatida bir-birlarini to'ldirishlari muhim sanaladi. Yangi axborot 
texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish ayrim pedagogik muammolarni 
yechishdagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. 
Shu maqsadda Tempus loyihasi doirasida www.pedagog.tdpu.uz portali 
ishlab chiqilgan bo'lib, uni ta'lim muhitining birligini, pedagogik ta'lim sifatini
uning rivojlanishini, ilmiy-pedagogik salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil 
etish sharoitini yaratuvchi sifatida qarash mumkin. 


25 
www.pedagog.tdpu.uz portali bosh sahifasi 
Yagona axborot portalning yaratilishi quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi 
maqsad qilingan: 
- Respublika pedagogika ta'lim muassasalarining yagona axborot muhiti 
yaratiladi; 
- yagona kutubxona muxitini shakllantiradi (elekron kutubxonani yaratilishi, 
elektron darsliklar va noan'anaviy axborot tashuvchilar fondining shakllanishi
yagona ma'lumotlar bazasini yaratilishi v h.); 
- pedagogik ta'lim soxasida yagona telekommunikatsiya tarmog'i muhiti 
shakllantiriladi; 
- yangi axborot-ta'lim muhitini shakllantiradi, ta'limda axborot va 
kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalanishning 
ijtimoiy- 
psixologik 
asoslarini yaratadi; 
- yangi axborot madaniyatiga ega pedagogik kadrlarini shakllantirish orqali 
pedagogik ta'lim sifatini oshiradi; 
- yangi ta'lim texnologiyalarining ilmiy va metodik ta'minoti tizimini 
yaratadi; 
- ta'lim axborotlariga, axborot resurslariga ommaviy tashrifni ta'minlashi, 
hujjatlarni uzatish, hisobga olish mexanizmini tizimlashtirishi, respublikada 
pedagogik ta'limning holati bo'yicha axborotlarni jamoatchilik uchun ochiqligini 
amalga oshiriladi; 
- masofaviy ta'lim tizimi rivojlantiriladi. 
Pedagogika ta'lim muassasalarining yagona axborot makonini joriy etilishi 
pedagogik ta'limning sifatini va axborot ta'minotini rivojlanishiga yaxshi sharoit 
yaratadi. Hozirda portalda pedagogika ta'lim yo'nalishlari bo'yicha davlat ta'lim 
standartlari, o'quv rejalari, o'quv dasturlari, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, 
ma'ruzalar matnlari, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari, avtoreferatlar, 
"Pedagogik ta'lim" jurnalining elektron versiyalari joylashtirilgan elektron 
kutubxona va masofaviy kurslar va testlar, elektron konferentsiyalar, har bir 
pedagogik OTM haqida ma'lumotlar va pedagogika OTMlari bitiruvchilari, 
pedagogika sohasidagi yangiliklar haqidagi ma'lumotlar joylashtirilgan. 

Download 0.6 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublika pedagogika ta'lim muassasalari portali

Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish