1-modda.
Ushbu
Qonunning
asosiy
vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va
kafolatlariga
rioya etilishini
, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish,
tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro‘yobga
chiqarilishini
, shuningdek
axborotning muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot
borasidagi
xavfsizligini
ta’minlashdan
iborat.
2-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun
va
boshqa
qonunchilik
hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi
qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.