O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
"Axborot xavfsizligi" kafedrasi
Tasdiqlayman
____________
“ 15“12.2023 yil
Mustaqil ta’lim ish kundaligi
Fan:Kiberxavfsizlik asoslari
Guruh: 22_03
Talaba: Murodova Fotima
Rahbar: Radjabova M
Samarqand-2023 y.
8.3-mavzu:
Zararkunanda dasturlarning turlari.(sharh)
Kompyuter
viruslari
tezkor
evolyutsiyalanmoqda.
Xavfsizlik
texnologiyalari bilan o‘tkir raqobat muhitida, viruslar ham o‘z
strategiyasini o‘zgartirib, mukammallashib boryapti. Kompyuter
viruslari tarixi qanday boshlangan edi va uning keyingi yo‘nalishi
qanday bo‘ladi? Biz Orbita.Uz’da Sizga shu haqida hikoya qilishga jazm
qildik.
Germaniya. Tez tibbiy yordam mashinasi Dyusseldorfdan qo‘shni
shaharcha – Vuppertalga shoshib uchib bormoqda. Og‘ir ahvoldagi
qariya bemorga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim. Vrachlar
jarrohlik amaliyotini boshlashadi, lekin allaqachon kech bo‘lgan edi.
Bemor ayol vafot etdi.
Bu hodisaning sababi – Dyusseldorf klinikasida kerakli tibbiy jihozlar
yo‘qligidan emas. Gap shundaki, bu voqeadan bir kun avval amalga
oshirilgan xakerlar hujumi oqibatida, 30 ta server qatorida Dyusseldorf
shahar klinikasida ham axborot tarmog‘i ishdan chiqqan edi va
kasalxonaning barcha axborot tarmoqlari ikki hafta muddatga ishdan
to‘xtab qolgandi. Natijada, ushbu kasalaxonada qilinishi rejalashtirilgan
operatsiyalarni boshqa klinikalarga ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan,
bemorlarni qabul qilish to‘xtatilgan va umuman, kasalxona o‘z
funksiyalarini bajara olmay qolgan.
Xakerlar hujum obyektini noto‘g‘ri tanlashgan edi va keyinchalik, o‘z
xatolarini tushungan holda, serverlardagi ma’lumotlarni tiklash kalitini
ham o‘zlari taqdim etishgan. Lekin allaqachon kech bo‘lgandi. Shu
tariqa, 2020-yilda, tarixda birinchi marta, kiberhujum natijasida
odamning vafot etishi hodisasi ro‘y berdi.
Kompyuterlar endi-endi paydo bo‘layotgan o‘sha 1949-yildayoq, hali
kelgusida kompyuterlarni zararlaydigan virus dasturlarning paydo
bo‘lishi haqida taxmin bildirgan
matematik olim
Jon
fon
Neyman
ehtimol ish bu qadar jiddiylashib ketishini o‘ylamagan bo‘lsa
ham kerak. Dasturiy kodning zararli qismiga nisbatan «virus»
tushunchasini qo‘llagan mutaxassis Fred Koen ham ehtimol bu darajada
yomon oqibatga olib keladigan kompyuter viruslari paydo bo‘lishini
bilmagan bo‘lsa kerak. Aynan Fred Koen 1983-yilda ilk bora o‘z-o‘zini
ko‘paytiradigan dastur ishlab chiqqan edi va buning uchun u atiga 8 soat
vaqt sarflagan...
Viruslarning kelgusidagi evolyutsiyasi qanday bo‘lishini hozir prognoz
qilishning deyarli imkoni yo‘q. Lekin, kompyuter viruslarining shu
kungacha qanday rivojlanib kelgani tarixini evolyutsion ko‘rib chiqish
mumkin. Lekin, keling avvaliga terminlar bilan tanishib chiqamiz.
Mutaxassis bo‘lmagan oddiy kishilar har qanday zararli dasturni virus
deb atashadi. Mutaxassislar nazdida esa, viruslar bu – nihoyatda xilma-
xil va juda turli tuman bo‘lgan zararkunanda dasturlarning kichik bir
qismini tashkil etadi xolos. Qulaylik uchun biz, bunday zararkunanda
dasturlarni shunchaki «zararkunandalar» deymiz.
|