1-modda.
Asosiy
tushunchalar
Ushbu
Qonunda
qo‘llaniladigan
asosiy
tushunchalar:.
ma’lumotlar bazasi — obyektiv shaklda ifodalangan hamda elektron hisoblash
mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo‘ladigan tarzda
bir tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui;
EHM uchun yaratilgan dastur — obyektiv shaklda ifodalangan hamda
muayyan
natija olish maqsadida EHM
, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter
vositalarining ishlashi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar va ko‘rsatmalar majmui;
boshlang‘ich matn — birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator
qayta
ishlamagan
matn;
obyekt kodi — boshlang‘ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida
yuzaga
kelgan
dastur;
EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilatsiya qilish — EHM uchun yaratilgan
dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o‘rganish maqsadida obyekt kodini
boshlang‘ich matnga aylantirishni o‘z ichiga
oladigan texnikaviy usul
;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi — yuzaga
kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar
bazasining ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda
(dekompilatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlang‘ich matni o‘zgarishiga olib
kelmaydigan
qo‘shimchalar
kiritish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta
ishlash) — ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang‘ich matn
o‘zgarishiga
olib
keladigan
har
qanday
tarzda
o‘zgartirish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan nusxa olish — EHM
uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini har qanday moddiy shaklda
bitta yoki ko‘proq nusxada tayyorlash hamda ularni EHMning xotirasiga yozish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini tarqatish — EHM uchun
yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining har qanday moddiy shaklda, shu
jumladan tarmoqlar vositasida
va boshqa usullar yordamida
, shuningdek sotish,
prokatga berish, ijaraga topshirish,
qarzga berib turish
, jumladan ushbu
maqsadlarning istalgani uchun import qilish yo‘li bilan olingan nusxalaridan
foydalanishni ta’minlash;
|