|
Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
|
bet | 2/11 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 253,5 Kb. | | #148586 |
Bog'liq Nazariy metadologik dastur Abdumannopov Nasimjon (2)Fakulteti va kafedrasi: Energetika va Mehnat muhofazasi fakulteti, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi
8. Dissertatsiya ishi mavzusi: “Donli mahsulotlarni mikroto‘lqinli muhitda quritish qurilmasining konstruktiv va texnologik parametrlarini asoslash”
9. Ilmiy rahbari: t.f.n., prof.v.b. Sh.T.Ergashev
10. Kutilayotgan natija: Nazariy va tajribaviy izlanishlar natijalariga asosan donli mahsulotlarni (sholi doni misolida) kam energiya sarflab, sifatli qurishini ta’minlaydigan mikroto‘lqinli muhitda qurtadigan qurilmaning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish hamda uni ishlab chiqarishga joriy etilish.
Falsafa doktori (PhD) izlanuvchisining ilmiy ishi mavzusi va mazmuni
Mavzu: “Donli mahsulotlarni mikroto‘lqinli muhitda quritish qurilmasining konstruktiv va texnologik parametrlarini asoslash”
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, jahonda sholi etishtirish va sholidan gurunch olish dolzarb hisoblanadi. Chunki bu yo‘l bilan oziq-ovqat hafsizligi ta’minlanadi. Statistik ma’lumotlariga asosan, gurunch iste'moli 2020-2021-yilgi mavsumda 510,3 million tonnalik yangi rekord darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Oziq-ovqat uchun gurunch 420,7 million tonnagacha yoki 2019-2020-yilgi mavsumda 1,7% gacha o‘sib, bu o‘sishning katta qismini tashkil qiladi. Aholi jon boshiga gurunch iste'moli 54,0 kg ni tashkil qiladi, bu 2019-yilga nisbatan 0,7% ga ko‘pdir.
Jahonda etishtirilgan sholi mahsulotlarini qayta ishlashning samarali texnologiya va texnikalarini yaratish asosida ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini oshirish muhim hisoblanadi. Dunyoda sholi etishtirish miqdori va gurunch istemol qilish darajasining ortib borishi sababli, yig‘ishtirib olingan sholi hosilini sifatli quritish uchun xizmat qiladigan resurstejamkor, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiyalashgan texnika vositalarini ishlab chiqish va joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahon amaliyotida sholini sifatli quritish hisobiga keyingi qayta ishlash texnologik jarayonlarida gurunch miqdorining ortishini ta’minlaydigan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga alohida ahamiyat berilmoqda. Ushbu sohada, jumladan, sholini quritish uchun ixсham, energiya tejamkor, ishlatishga qulay va tannarxi arzon qurilmalarni ishlab chiqish yo‘nalishida maqsadli ilmiy izlanishlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikada donni sifatli quritishni ta’minlaydigan, zamonaviy, samaradorligi yuqori, resurstejamkor qurilma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan,“...2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko‘paytirish, 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan ekin maydonlarini optimallashtirish, er va suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish” hamda O‘zbekiston Republikasi Prezidentining qaroriga asosan vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifani bajarishda, jumladan, ixcham, energiya tejamkor, ishlatishga qulay va tannarxi arzon quritish qurilmalaridan foydalangan holda, etishtirilgan sholi hosilini sifatli quritish hisobiga, undan olinadigan gurunch miqdorini orttirish va tannarxini pasaytirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi va Respublika xalq xo‘jaligi uchun katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2016 yil 23dekabrdagi PQ-2694-son “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017 yil 7 iyuldagi PQ-3117-son “Qishloq xo‘jaligida mashinasozlik sohasi ilmiy-texnikaviy bazasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasing № 986 qarori 2019-yil 19-dekabrdagi “Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g’risida”gi mazkur faoliyatlarga tegishli me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu magistrlik dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
|
| |