|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Mikrodozatorlar ishini dozalash kerak bо‘lgan boyitilgan aralashmani xatoligiga
qarab nazorat qilinadi. Mikrodozator ishini nazorati mahsus jurnalda yozib boriladi. Shu
bilan birga mikroqо‘shimchalar miqdori, uning sifati, kо‘rsatkichlari zavodga kelganida
va uning smena bо‘yicha sarfi yozib boriladigan jurnal ham yuritiladi. Shu jurnal
asosida barcha hujjatlarda boyitilgan omixta yem ma’lumotlari yoziladi. Uning
jо‘natayotganda sifat belgilari bilan kо‘rsatiladi. Bu nazoratni tо‘la olib borish kerak,
chunki omixta yemga qо‘shiladigan turli mikroqо‘shimchalar aniqlanmaydi. Boyitishni
tо‘g‘riligini nazorat qilish uchun laboratoriya о‘rta smena tortmasidagi
mikroelementlarni miqdorini aniqlaydi.
Sochma omixta-yemlar. Omixta -yemni har partiyasi oldin uni holatini kо‘rib
chiqiladi, keyin tortma olinadi va oxirgi tortma tuzilib undan о‘rtacha tortma ajratiladi.
О‘rtacha tortma miqdori 2 kg bо‘lishi kerak. Taxlildan oldidan u ikki qismga bо‘linadi.
Bir qismini bankaga yoki boshqa idishga solib muhrlanadi va bir oy mobaynida
arbitrajli taxlil bо‘lib qolsa tekshiriladi. Ikkinchi qismidan esa tortma olinib undan hidi,
rangi, turi, namligi, metall magnit aralashmalar mikdori, maydalash darajasi va tо‘la
urug‘ mevalarni tashkil etish hisoblanadi. Ikkinchi qismni qolgani laboratoriya
tegirmonchasida maydalanadi va olingan shrot 0 1 mmli о‘lchamli elakdan о‘tish kerak
bо‘lib, elakda umumiy massasi 3-4% dan kо‘p bо‘lmagan qism i qolishi yо‘l quyiladi.
Agar omixta yem yuqori namlik uchun yaxshi maydalanmasa, uni 40-50 °S haroratda
quritiladi. Lekin namligi quritishdan oldin aniqlanadi. Maydalangan va yaxshilab
aralashtirilgan tortmani bankaga solib undan namlikni, xо‘l kletchatka miqdori, xom
kleykovina, yog‘, kul, tuz va qum miqdori kо‘rsatkichlari aniqlanadi. Omixta yemlarni
rangi, hidi, tashqi kо‘rinishi olingan xom-ashyoga xos bо‘lishi kerak. Chirigan va
mog‘or hidi bо‘lishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Agar omixta - yemga antibiotiklar qо‘shilsa,
shunga mos bо‘lgan hid bо‘lishi mumkin. Hidi 20 gr tortma olinib u toza qog‘ozga
solinadi va aniqlanadi. Hidni kuchaytirish uchun farfor idish qaynab turgan suv
hammomida 5 minut isitiladi.
Zararkunandalar bilan zararlanganligi. Qishlok xо‘jaligi hayvonlari, qushlar,
quyonlar va nutriyalar uchun 1 kg yemda 5 ta hashorat bо‘lishi, baliqlar uchun 10 ta
|
| |