• Harakatdagi sotali aloqa tizimlarining mavjud bo‘lgan standartlari
  • 1 – Laboratoriya ishi Simsiz aloqa tizimlarini hisoblash. Wi-Fi standartlari bilan tanishish. Ishdan maqsad




    Download 61.46 Kb.
    bet1/3
    Sana28.03.2024
    Hajmi61.46 Kb.
    #180156
      1   2   3
    Bog'liq
    1-laboratoriya
    15-16-лаборатория (5), 2- лабаратория, Mahamadiyev Nozim 1-labarotoriya l ish, KA 10-Mustaqil ishi, MTA 6-Amaliy ishi, 2-amaliy ma\'lumotlar tuzilmasi, 8 (1), 8-amaliy ish, 2 практическая, MENTAL KITOB 1, Mavzu Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko‘rsatkichlari , 5-ma\'ruza, amaliy ish2, kV NH2IesNx8MRalj-qm01CRIxRZf75F, 4 mi

    1 – Laboratoriya ishi
    Simsiz aloqa tizimlarini hisoblash. Wi-Fi standartlari bilan tanishish.
    Ishdan maqsad: Harakatdagi sotali aloqa tizimi qurilish prinsipi va chastota rejalanishini o‘rganish.
    Nazariy qism.
    Aloqaning birlamchi signallari. Xabarning asosiy xarakteristikalari
    Harakatdagi sotali aloqa tizimi (HSAT) qurilish prinsipiga mos ravishda R radiusli xizmat hududi shartli ravishda tashqi chizilgan aylanasi R ga teng sotalarga bo‘linadi, sotani ideal shakli aylanadir, lekin maydonlar va o‘zaro ta’sirlarini hisoblashni osonlashtirish maqsadida asos qilib to‘g‘ri oltiburchak olingan. Aslida, xudud relyefi, qurilish va boshqa faktorlar hisobiga sota noto‘g‘ri aylana shakliga ega.
    Hamma turdagi xabarlar tasodifiy vaqt funksiyalari hisoblanadi. Nostansionar tasodifiy jarayon turli xarakteristikasi p–o‘lchamli taqsimlash qonuni hisoblanadi. Chastota spektorining kengligi va energetik parametrlarni bo‘lish yetarli bo‘ladi.
    Xabarni asosiy energetik parametrlari o‘rtacha va eng katta quvvatlari, dinamik diapazonlar hisoblanadi.
    Chastotani maksimal deviatsiyasi.
    –normal sharoit 1,5 kGs – 250Gs
    –chegaraviy qiymat 1,5kGs – 500Gs
    Bazaviy stansiyani kabul qilish qurilmasi 12,5 kGs chastota bilan ajratilganda 193,2125-199,4875 MGs chastota diapazonida 58-kanaldan 560 kanalgacha bo‘lgan kanallarning biridan signal qabul qiladi.
    Chastotaning absolyut barqarorsizligi – 1 kGsdan oshmasligi kerak, 300 Gs –2,25 kGs chastota polosasida ACHX ning noteksligi 3 dB dan katta bo‘lmasligi kerak.
    MRT 1343 standarti abonent stansiyalar radiointerfeysiga qo‘yiladigan talablarni aniqlaydi, bazaviy stansiyaga qo‘yilgan talablarga mos keladi, faqat chastota barqarorsizligi – 1,5kGs gacha ruxsat beriladi.


    Harakatdagi sotali aloqa tizimlarining mavjud bo‘lgan standartlari
    1-rasmda harakatdagi aloqa tarmoqlarini klassifikatsiyasi keltirilgan. Uning ichiga yerdagi va sun’iy yo‘ldosh orqali umumiy foydalanish harakatdagi aloqa tarmog‘i kiritilgan, ular yordamida tarmoq abonentlariga elektron aloqaning turli xizmatlari, umumiy foydalanish telefon tarmog‘idagi abonentlar bilan ham aloqa o‘rnatish imkoni ham beriladi. Abonentlar o‘z tarmoqlariga radio kanallari bo‘yicha ulanadilar, ular harakatdagi abonent stansiyalari (AS) bilan bazaviy stansiyalar (BS) orasidagi radio kanaldir. AS ni tarmoqqa ulanishi shunday tashkil qilingan. BS lar orasida radio liniyalar yoki kabel aloqa liniyalari yordamida transport tarmog‘i quriladi. Ulanish tarmog‘i bilan transport tarmog‘i birgalikda harakatdagi aloqa tarmog‘ini hosil qiladi.
    Umumiy foydalanish telefon tarmog‘i bilan o‘zaro ta’sir iyerarxiyani ixtiyoriy maxalliy, hudud ichida va shaharlararo sathida tashkil qilish mumkin.

    1-rasm. Harakatdagi aloqa tarmoqlarining klassifikatsiyasi.

    XSAT avlodlar bo‘yicha bo‘linadi. Birinchi avlod – bu analog standart tizimlari. Ikkinchi avlod – bu raqamli standart tizimlari va nihoyat IMT-2000 Hozirda HSAT ni uchinchi avlodi sifatida ko‘rilyapti. HSAT ning standartlar misoli 1-jadvalda keltirilgan.


    Hozirgi payitda ikkinchi avlod tizimlari keng tarqalgan va uchinchi avlod tizimlari rivojlanishining boshida turibmiz, birinchi avlod tizimlari esa asta-sekinlik bilan foydalanishdan chiqarib tashlanyapti.
    1-жадвал


    Download 61.46 Kb.
      1   2   3




    Download 61.46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – Laboratoriya ishi Simsiz aloqa tizimlarini hisoblash. Wi-Fi standartlari bilan tanishish. Ishdan maqsad

    Download 61.46 Kb.