• 15.1-§. Maydoniy tranzistor
  • Maydoniy tranzistorlar (MT) Reja




    Download 86.97 Kb.
    bet1/4
    Sana15.03.2023
    Hajmi86.97 Kb.
    #45535
      1   2   3   4
    Bog'liq
    5-ma\'ruza
    15-16-лаборатория (5), 2- лабаратория, Mahamadiyev Nozim 1-labarotoriya l ish, KA 10-Mustaqil ishi, MTA 6-Amaliy ishi, 2-amaliy ma\'lumotlar tuzilmasi, 8 (1), 8-amaliy ish, 2 практическая, MENTAL KITOB 1, Mavzu Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko‘rsatkichlari , amaliy ish2, kV NH2IesNx8MRalj-qm01CRIxRZf75F, 4 mi

    MAYDONIY TRANZISTORLAR (MT)
    Reja:

    1. Maydoniy tranzistor.

    2. MT statik xarakteristikalari

    3. MT asosiy parametrlari

    4. Kanali induksiyalangan MDYa - tranzistorlar

    5. Kanali qurilgan MDYa - tranzistorlar



    15.1-§. Maydoniy tranzistor
    Maydoniy tranzistor (MT) deb, tok kuchi qiymatini boshqarish ychun o‘tkazuvchi kanaldagi elektr o‘tkazuvchanligikni o‘zgartirish hisobiga elektr maydon o‘zgarishi bilan boshqariladigan yarim o‘tkazgichli aktiv asbobga aytiladi.
    Maydoniy tranzistorlar turli elektr signallar va quvvatni kuchaytirish uchun mo‘ljallangan. Maydoniy tranzistorlarda bipolyar tranzistorlardan farqli ravishda tok tashkil bo‘lishida faqat bir turdagi zaryad tashuvchilar ishtirok etadi: yoki elektronlar, yoki kovaklar. Shuning uchun ular yana unipolyar tranzistorlar deb ham ataladi.
    Maydoniy tranzistorlarning tuzilishi va kanal o‘tkazuvchanligiga ko‘ra ikki turi mavjud: p–n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor hamda metall – dielektrik – yarim o‘tkazgichli (MDYa) tuzilishga ega bo‘lgan zatvori izolyatsiyalangan maydoniy tranzistorlar. Ular MDYa- tranzistorlar deb ham ataladilar.
    p–n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistor.15.1 – rasmda n–kanalli p–n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistorning tuzilishining qirqimi (a) va uning shartli belgisi (b) keltirilgan.
    a) b)
    15.1 – rasm. n–kanalli p–n o‘tish bilan boshqariladigan maydoniy tranzistorning tuzilishining qirqimi (a) va uning shartli belgisi
    n–turdagi soha kanal deb ataladi. Kanalga zaryad tashuvchilar kiritiladigan kontakt istok (I); zaryad tashuvchilar chiqib ketadigan kontakt stok (S) deb ataladi. Zatvor (Z) boshqaruvchi elektrod hisoblanadi. Zatvor va istok oralig‘iga kuchlanish berilganda yuzaga keladigan elektr maydoni kanal o‘tkazuvchanligini, natijada kanaldan oqib o‘tayotgan tokni o‘zgartiradi. Zatvor sifatida kanalga nisbatan o‘tkazuvchanligi teskari turdagi soha qo‘llaniladi. Ishchi rejimda u teskari ulangan bo‘lib kanal bilan r – n o‘tish hosil qiladi.
    Kanalning o‘tkazuvchanligi uning qarshiligi bilan aniqlanadi , bu yerda - kanal materialining solishtirma qarshiligi, l- uzunligi, S – kanalning ko‘ndalang kesim yuzasi. Tashqi kuchlanish mavjud bo‘lmaganda kanal uzunligi bo‘ylab zatvor ostidagi kanalning ko‘ndalang kesim yuzasi bir xil bo‘ladi. Berilgan qutblanishda zatvor va istok oralig‘iga tashqi kuchlanish berilsa UZI p–n o‘tish teskari yo‘nalishda siljiydi, kanal tomonga kengayadi, natijada kanal uzunligi bo‘ylab kanalning ko‘ndalang kesim yuzasi bir tekis torayadi. Kanal qarshiligi ortadi, lekin chiqish toki IS = 0 bo‘ladi, chunki USI=0 (15.2 a - rasm).
    Agar istok va stok oralig‘iga kuchlanish manbai ulansa, u holda kanal bo‘ylab istokdan stok tomonga elektronlar dreyfi boshlanadi, ya’ni kanal orqali stok toki IS oqib o‘ta boshlaydi. Kuchlanish manbai USI ning ulanishi r–n o‘tish kengligiga ham ta’sir ko‘rsatadi, chunki o‘tish kuchlanishi kanal uzunligi bo‘ylab turlicha bo‘ladi. Kanal potensiali uning uzunligi bo‘ylab o‘zgaradi: istok potensiali nolga teng bo‘lib, stok tomonga ortib boradi, stok potensiali esa USI ga teng bo‘ladi. R–n o‘tishdagi teskari kuchlanish istok yaqinida ga, stok yaqinida esa teng bo‘ladi. Natijada o‘tish kengligi stok tomonda kattaroq bo‘lib, kanal kesimi stok tomonga kamayib boradi (15.2. b -rasm).

    a) b)
    15.2 –rasm.a)stok orasidagi kuchlanish manbai, istok orasidagi kuchlanish manbai.
    Shunday qilib, kanal orqali oqib o‘tayotgan tokni UZI kuchlanish qiymatini (kanal kesimini o‘zgartiradi) hamda USI kuchlanish qiymatini (tok va kanal uzunligi bo‘ylab kesimni o‘zgartiradi) boshqarish mumkin. Istok tomonda kanal kengligi berilgan UZI qiymati bilan, stok tomonda esa UZI+ USI yig‘indi qiymati bilan aniqlanadi. USI qiymati qancha katta bo‘lsa, kanalning ponaligi (klinovidnost) va uning qarshiligi shuncha katta bo‘ladi.
    Kanalning ko‘ndalang kesimi nolga teng bo‘ladigan vaqtdagi zatvor kuchlanishi berkilish kuchlanishi UZI.BERK. deb ataladi.
    kuchlanish berkilish kuchlanishiga UZI.BERK ga teng bo‘ladigan vaqtdagi stok kuchlanishi to‘yinish kuchlanishi USI.TO‘Y. deb ataladi.
    Bu yerdan
    (15.1)
    vaqtidagi tranzistorning ishchi rejimi tekis o‘zgarish rejimi, vaqtidagi tranzistorning ishchi rejimi esa to‘yinish rejimi deb ataladi. To‘yinish rejimida USI kuchlanish qiymatining ortishiga qaramay IC tokining ortishi deyarli to‘xtaydi. Bu holat bir vaqtning o‘zida zatvordagi UZI kuchlanishining ham ortishi bilan tushuntiriladi. Bu vaqtda kanal torayadi va IC tokini kamayishiga olib keladi. Natijada IC dreyfrli o‘zgarmaydi.
    Biror uch elektrodli asbob kabi, maydoniy tranzistorlarni uch xil sxemada ulash mumkin: umumiy istok (UI), umumiy stok (US) va umumiy zatvor (UZ). UI sxema keng tarqalgan sxema hisoblanadi.



    Download 86.97 Kb.
      1   2   3   4




    Download 86.97 Kb.