Tranzistor Vikipediya, ochiq ensiklopediya Tranzistor




Download 203.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana12.02.2022
Hajmi203.44 Kb.
#17451
  1   2   3
Bog'liq
Tranzistor - Vikipediya
hisobot Shoymardonova, VOCABULARY3, 2 Review, 5df7d4d7840ea8a1d33a2fedc9318ea4, A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


12.02.2022, 02:15
Tranzistor - Vikipediya
https://uz.wikipedia.org/wiki/Tranzistor
1/3
Har xil tranzistorlar
Tranzistor
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tranzistor (inglizcha: transfer — koʻchirmoq va rezistor) — elektr tebranishlarni
kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli
yarimoʻtkazgich asbob hamda mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi.
Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga ajratiladi —
bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda ikkala turdagi (p-
tipli va n-tipli) oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar
tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan p-n oʻtish hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali
tokni boshqaradi. Maydoniy tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli)
yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bunday tranzisorlarning bipolyar tranzistorlardan asosiy
farqi shundaki, ular kuchlanishni boshqaradi, tokni emas. Kuchlanishni boshqarish zatvor
va istok orasidagi kuchlanishni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda analog texnikalar olamida bipolyar tranzistorlar (BT) (xalqaro atama — BJT, Bipolar Junction Transistor) asosiy
oʻrinni egallagan. Raqamli texnikalar sohasida esa, aksincha maydoniy tranzistorlar bipolyar tranzistorlarni siqib chiqargan. Oʻtgan
asrning 90-yillarida, hozirgi davrda ham elektronikada keng miqyosda qoʻllanilayotgan bipolyar-maydoniy tranzistorlarning gibrid
koʻrinishi — IGBT ishlab chiqildi.
1956-yilda tranzistor effektini tadqiq qilgani uchun William Shockley, John Bardeen va Walter Brattain fizika boʻyicha Nobel
mukofoti bilan taqdirlanishgan.
1980-yilga kelib, oʻzining kichik oʻlchamlari, barqaror ishlashi, iqtisodiy jihatdan arzonligi hisobiga tranzistorlar elektronika
sohasidan elektron lampalarni siqib chiqardi. Shuningdek, kichik kuchlanish va katta toklarda ishlay olish qobiliyati tufayli,
elektromagnit rele va mexanik uzib-ulagichlarga ehtiyoj qolmadi.
Elektron sxemalarda tranzistor „VT“ yoki „Q“ harflari bilan hamda joylashgan oʻrniga muvofiq indeks bilan belgilanadi. Masalan,
VT15. Rus tilidagi adabiyotlar va hujjatlarda esa XX asrning 70-yillariga qadar „T“, „PP“ (poluprovodnikoviy pribor) yoki „PT“
(poluprovodnikoviy triod) kabi belgilanishlar ham ishlatilgan.

Download 203.44 Kb.
  1   2   3




Download 203.44 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tranzistor Vikipediya, ochiq ensiklopediya Tranzistor

Download 203.44 Kb.
Pdf ko'rish