• Tayanch so‘z va iboralar
  • 1- mavzu: Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yangilashga bo‘lgan ehtiyojlarini rivojlantirish. Tarbiyaning maqsadi-har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish




    Download 25.21 Kb.
    bet1/4
    Sana01.11.2023
    Hajmi25.21 Kb.
    #92968
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1- mavzu Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yan
    Mohichexra MAQOLA, AHOLI YASHAYDIGAN JOYLARDA SANITARIYA, Document 3, BLOWFISH, 1711888386

    1- Mavzu: Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yangilashga bo‘lgan ehtiyojlarini rivojlantirish. Tarbiyaning maqsadi-har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish.
    Reja:
    1. Kasb haqida tushuncha va uning turlari
    2. Kasb psixologiyasi
    3. Kasbiy mahorat sirlari
    4.Tarbiyaning maqsadi-har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish.
    Tayanch so‘z va iboralar: kasbiy bilim, ko‘nikma, mahorat, kasb psixalogiyasi, fidoyililik, kasbga moslashish, mas’uliyatlilik, kasbiy kamolot, kasb klassifikatsiyasi.
    1. Kasb haqida tushuncha va uning turlari
    Kasb kishining mehnat faoliyati doimiy mashg‘uloti turi muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat ,tajribani talab etadi. Kasb-[lotincha:profession-rasmiy ko‘rsatilgan mashg‘ulot ixtisoslik]-maxsus nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor. Kasblar turli xil bo‘ladi.
    Masalan: o‘qituvchilik, tarbiyachilik, doktorlik, mexanik, texnolog, uchuvchi,kasmonaft va boshqalar bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Dunyoda 1000 dan ortiq kasb va mutaxasisliklar mavjud. Ushbu kasblarning birini qobiliyatlarimizga, dunyoqarashimizga eng asosiysi qiziqish va moyilliklarimizga qarab tanlashimiz kerak. Buning uchun bizga ushbu ma’lumotlar zarur bo‘ladi: Kasb---Mutaxasislik----Lavozim.1
    Chindan ham odam ishlayotgan paytda uning diqqat e’tibori sohaga emas [bu soha qanchalik yaxshi obro‘- e’tibori va boshqa ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay ] balki mehnat pretmetiga ob’ektiga qaratilgan bo‘ladi. Manashu predmetni ishlatib nimadir qilish kerak [bu endi mehnatning maqsadi bo‘ladi]. Har qanday mehnatda qurollar, vositalar mavjuddir. Nihoyat, odam uchun uning qanday sharoitda ishlashi muhim ahamiyatga egadir. Kasb tanlashni o‘ylayotgan kishi uchun qulay bo‘lgan kasblar klassifikatsiyasi manashu 4 ta belgiga qarab tuziladi. Ushbu sxemani siz o‘zingizning kelajakdagi mehnat yo‘lingizni tanlayotganingizda o‘ylab olishingizga yordam beradigan asta-sekin pastdan yuqoriga qarab chiqib borishingiz mumkin bo‘lgan (kasb tipini aniqlashdan boshlab uning turkumini muhokama qilishga o‘tish va hokazo)bir pillapoya sifatida qarash mumkin. Kasblarning tiplari.
    Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar 5 ta tipga bo‘linadi.

    1. Odam- tabiat. Bu yerda mehnatning asosiy yetakchi predmeti jonli tabiatdir.

    Bu tipga masalan quyidagi kasblar kiradi:urug‘shunos meva-sabzavotshunos , davlat urug‘chilik inspeksiyasining laboranti, chorvador-usta, ximik bakteriolog analiz lobaranti, zootexnik, ogranom.
    2. Odam- texnika. Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy yetakchi predmeti texnika ob’ektlari(mashinalar,mexanizmlar va boshqa shunga o‘xshashlar) materiallar energiya turlaridan iborat bo‘ladi. Jonsiz tabiat ob’ektlari(yer osti boyliklari, tuproq, suv, o‘rmon va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) ham ko‘p jihatdan shularga o‘xshash bo‘adi.
    3. Odam- odam. Bu yerda asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o‘quv pretmetlaridan tashqari, siz o‘zingiz maxsus jamoa bo‘lib o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib orttirgan tajribalaringiz ham yordam beradi. Mazkur tipga kiradigan quyidagi kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin:-radioelektron apparatlar va asboblar montajchisi elektr va radiotexnika sohasida chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i kerak.
    4. Odam-belgilar tizimi. Kasblarning bu tipidagi shartli belgilar , raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun’iy tillar asosiy yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosi textlar chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo‘l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxasislar ham zarur. Odam belgilar tizimi. Tipidagi kasblar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish matnlar va ularning qayta yozilishi qayta kodlashtirishi lozim bo‘lgan kasblar.
    5 (Odam – badiiy obraz) Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar , ularning tuzilish usullari yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Bu yerda quyidagi kasblarni ajratib ko‘rsatish mumkin:tasviriy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan badiiy mebellar ishlab chiqarish bo‘yicha duradgor, toshga o‘yib gul soluvchi, yoritish elektratexnigi(teatrda), poyabzal kanstruktor-modeleri, dizayner rassom va boshqalar;

    Download 25.21 Kb.
      1   2   3   4




    Download 25.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1- mavzu: Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yangilashga bo‘lgan ehtiyojlarini rivojlantirish. Tarbiyaning maqsadi-har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish

    Download 25.21 Kb.