|
1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 17.09.2024 | Hajmi | 4,92 Mb. | | #271418 |
Bog'liq 1-Amaliy mashg\'ulot
1-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari
Reja:
Mehnat xonasida ishlash talablari.
Ish o‘rnini tashkil qilish talablari.
Ish qurollaridan foydalanish qoidalari.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:
Amaliy mashg‘ulotlarda ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablarini o‘rgatish.
Ish qurollaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish, amalda ulardan foydalanishga o‘rgatish.
Mavzuni o‘tish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalarini, amaliy ishlarni dars jarayonida yoritib berish.
Ta’lim metodlari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, “Blis” texnologiyasi. “Klaster” texnologiyasi.
Ta’lim vositalari: Ko‘rgazmalar, xavfsizlik qoidalari, rasmlar, slaydlar.
O‘qituvchining vazifasi:
1.Mehnat xonasida ishlash talablari bilan tanishtiradi;
2.Mehnat darslarida ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish talabalarini o‘rgatadi;
3.Texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtiradi;
4.Amaliy ish quroli turlari va ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishtiradi.
Ish xonasida ishlash talablari
1.Ish xonasiga faqat o‘qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2.Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda bajariladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4.Ishni boshlashdan oldin, ish joyini tayyorlab, asboblarni to‘g‘ri va qulay joylashtirish: O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan asboblarni o‘ng tomonga, chap qo‘l bilan ushlanadiganini chap tomonga qo‘y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga qo‘yma, ularni doimo o‘z joyiga, o‘tkir tomonini narigi, dastasini o‘zing tomonga qilib qo‘y. Asboblarni o‘ynama, ular o‘yinchoq emas.
5.Ish vaqtida ish joyingizni tartibli saqlang.
6.O‘tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang.
7.Asbobni ishlatganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ushlating.
8.Asboblarni asrang, ularni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlating, so‘ng ularni tozalab, qo‘ying.
9.Har bir detalni oldingi safargidan sifatli, chiroyli va tartibli qilishga harakat qiling.
10.Ishni tugatdingizmi, ish joyingizni tezda tozalab tartibli qilib qo‘ying.
|
| |