• Sanitariya-gigiyena talablari
  • To‘g‘ri o‘tirish qoidalari
  • Ustaxonadagi asbob-uskunalar.
  • 1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari Reja




    Download 4,92 Mb.
    bet2/3
    Sana17.09.2024
    Hajmi4,92 Mb.
    #271418
    1   2   3
    Bog'liq
    1-Amaliy mashg\'ulot

    Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish: O‘qituvchi stolning ustiga dasturxon yozib, o‘ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, o‘chirg‘ich joylashtiradi. O‘quvchining old tomoniga yelim, qiyqimlar uchun quticha va sochiq joylashtiriladi. O‘quvchining chap tomoniga, ish vaqtida halaqit bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plamini, qog‘oz to‘plamini va kerakli materiallar joylashtiriladi.
    Sanitariya-gigiyena talablari: O‘quvchi ish stolida ishlayotganda kiyimlarini kir qilmaslik uchun maxsus ish fartuklari va yenglar kiyib olinadi. Ish qurollaridan foydalanishda har bir asbobni yoki ish qurolini tartib bilan ishlatishni, ya’ni bitta ish qurolidan foydalanib bo‘lib o‘z joyiga qo‘yib, keyin ikkinchisini qo‘lga olish talab etiladi. Bunda o‘quvchini ish stoli batartib bo‘ladi. Ish vaqtida o‘quvchi qo‘lini kiyimlariga, boshiga, yuziga tekkizmaslik, zarur bo‘lganda qo‘lini sochiqqa artib keyin qo‘lini harakatlantirish mumkin. Ishni tugatgandan so‘ng ish qurollari va asboblarini o‘z g‘ilof yoki idishlariga solib tartib bilan sumkasiga yoki maxsus javonga joylashtirib qo‘yishi kerak.
    To‘g‘ri o‘tirish qoidalari: O‘quvchilar ish vaqtida to‘g‘ri o‘tirish qoidalariga amal qilishlari kerak. Har bir asbob yoki ish qurolidan foydalanayotgan vaqtida qo‘llarni keskin harakatlantirmaslik, o‘rnidan turmaslik, orqasiga qaramaslik, yoniga o‘girilmaslik, o‘rtog‘iga gapirmaslik kerak. Ish vaqtida gavdani to‘g‘ri tutish, bir tomonga qiyshaymaslik, oyoqlarini to‘g‘ri joylashtirish, qo‘llarni stol ustida harakatlantirish, asbob va ish qurollarni gavdasiga yaqin olib kelmaslik, ish stolida to‘g‘ri o‘tirish kerak. Shunda o‘quvchi charchab yoki toliqib qolmaydi.
    Ustaxonadagi asbob-uskunalar. O‘quvchilar ustaxonada ishlayotganlarida har xil asboblar va moslamalardan foydalanishadi. Qaychi, qalam, chizg‘ich, igna, angishvona, yelim, yelim cho‘tkasi, bigiz, taglik taxtachalar, pichoq, gazlama, rangli qog‘oz to‘plami, plastilin, turli urug‘lar, barglar, mato bo‘laklari, karton to‘plami, sochiq, chiqindilar uchun quticha, stol ustiga klyonka.

    Download 4,92 Mb.
    1   2   3




    Download 4,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari Reja

    Download 4,92 Mb.