[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya
va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublikada kibersportni xavfsiz rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha ekotizim yaratish, musobaqalar va turnirlarni tizimli ravishda o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional kibersportga yo‘naltirish, axborot texnologiyalari va IT-industriya uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni sohaga jalb qilish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida:
1. Respublikada kibersport rasman alohida sport turi sifatida e’tirof etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar kibersport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
kibersport turlari bo‘yicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;
kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish,
shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish;
kibersport turlari bo‘yicha ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish;
kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish, sohaga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirish;
kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yoshlar
siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi respublikada kibersport turlarini rivojlantirish va keng ommalashtirishga mas’ul vakolatli davlat organlari etib belgilansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Bunda, ularning vazifalari quyidagicha belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi — kibersportni rasmiy sport turi sifatida targ‘ib qilish, u bo‘yicha mahalliy va xalqaro chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni tashkil etish, jahon kibersport maydonida O‘zbekistonning mavqeyini yaxshilash bo‘yicha choralarni ko‘rish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Raqamli texnologiyalar vazirligi — kompyuter o‘yinlari sanoati bo‘yicha mahalliy va xorijiy kompaniyalarga zarur shart-sharoitlar yaratish, respublika miqyosida kibersport chempionatlari, turnirlari va boshqa musobaqalarni tashkil etishga ko‘maklashish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Yoshlar ishlari agentligi — o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kibersport turlariga yoshlarni, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yoshlarni keng jalb qilish va ularning ushbu yo‘nalishdagi yutuqlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish, kibersport bo‘yicha xalqaro chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarda mahalliy kibersportchilar ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining 2023-yildan boshlab an’anaviy tarzda kibersport turlari bo‘yicha:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini;
har yili dekabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turnirini;
har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turnirini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
5. Belgilansinki:
a) “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq uch bosqichda tashkil etiladi. Bunda, tuman (shahar) va viloyat bosqichlari onlayn tarzda o‘tkaziladi;
b) “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati 2024-yil 1-yanvardan boshlab, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri esa 2023-yil 1-yanvardan boshlab sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika
kalendar rejasiga kiritiladi;
v) “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari, shuningdek, kibersport turlari bo‘yicha boshqa chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus portalni (keyingi o‘rinlarda — Portal) yaratish va moliyalashtirish hamda doimiy texnik qo‘llab-quvvatlash Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — IT-park) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Portalni yaratish uchun mablag‘lar IT-parkka Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ajratiladi;
g) “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 2023-yilda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
chempionatning respublika final bosqichini o‘tkazish uchun — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan IT-parkka bir martalik ajratiladigan 1,5 milliard so‘m mablag‘lari hisobidan;
chempionatning tuman (shahar) va viloyat bosqichlarini o‘tkazish uchun — sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining hududiy kalendar rejasi, Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasidan teng ulushlarda ajratiladigan jami 2 milliard so‘m mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
d) 2024-yildan boshlab “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar hisoblanadi:
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasiga mazkur maqsadlar uchun Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar;
hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari;
jamg‘armalar, sport federatsiya (assotsiatsiya)lari, klublari, xorijiy investorlar, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari mablag‘lari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Soliq kodeksining 369-moddasi 1-bandiga muvofiq “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari, shuningdek, kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarda g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan kibersportchilarga biryo‘la beriladigan pul mukofotlari va sovg‘alar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblashda jami daromad tarkibiga kiritilmasligi va o‘z navbatida soliqqa tortilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo kengash) tashkil qilinsin hamda uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatimizda kibersport turlari salohiyatini o‘rganish, ushbu sohada zamonaviy standartlarni joriy qilishni tashkil qilish;
yoshlar o‘rtasida kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni (shu jumladan, “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlari) tashkil etish va ommalashtirish;
kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, shu jumladan ular doirasida o‘tkaziladigan kibersport turlarini belgilash;
kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarni o‘tkazish uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash va moliyalashtirish hajmlarini belgilash;
kibersport turlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalarining jahon va Osiyo chempionatlari hamda boshqa xalqaro turnirlarda ishtirokini ta’minlash;
kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va boshqa musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni rag‘batlantirish choralarini belgilash;
kibersportni yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish.
9. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
kibersport ligasini tashkil qilish va uning doirasida kibersport klublari o‘rtasida tizimli ravishda kibersport liga musobaqalarini o‘tkazish;
kibersportni yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish borasida sport federatsiya (assotsiatsiya)lari
faoliyatini kuchaytirish;
kibersportni rivojlantirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish;
kibersportchilarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni kamaytirish;
kibersportda “ping” muammosini bosqichma-bosqich bartaraf qilish;
jahon bozorida raqobat qila oladigan kibersport o‘yinlarini ishlab chiqish va tijoratlashtirish;
kibersportning istiqbollari haqida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish;
kibersport bilan shug‘ullanayotgan yoshlarda sog‘lom sport madaniyatini shakllantirish, ular tomonidan qonunga xilof va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishini ochish hamda ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘qish muddatini 4 yil etib belgilash;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan kibersportchilarni 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilish va ularga maksimal ball berish;
kibersport faoliyatini o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritish;
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida kibersport turlari bo‘yicha trenerlar, sharhlovchilar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, kibersport bo‘yicha samarali faoliyat olib borayotgan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda milliy kibersport o‘yinlarini yaratish va targ‘ib qilish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutiga 2023-yilda grant ajratsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) Yoshlar siyosati va sport vazirligi va O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK-2020) kibersport treneri, kibersport hakami va boshqa kibersport mutaxassislari kiritilishini ta’minlasin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
kibersport klublariga ularning bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarini qoplash uchun hududiy “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan har oyda 3 oy davomida 15 million so‘mgacha pul mablag‘larini ajratish;
ajratilayotgan mablag‘larni kibersport klublariga alohida shartlar (kibersportchilarni tayyorlash, trener jalb qilish, musobaqalarda ishtirok etish va boshqalar) asosida berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda kibersport klublariga pul mablag‘larini ajratish shartlarini belgilasin va e’lon qilsin.
14. Olimpiya shaharchasi obyektlarini loyihalash, qurilish-montaj, jihozlash va moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhining Toshkent shahri, Yashnobod tumanida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida kibersport turlari bo‘yicha chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni o‘tkazish uchun zamonaviy kiberzonani tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Bunda, kiberzona, shu jumladan quyidagilardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin:
chempionatlar, turnirlar va musobaqalar o‘tkaziladigan
maxsus zal;
mobil kibersport mashg‘ulotlari zali;
server uskunalari saqlanadigan joy;
o‘quv-mashg‘ulot markazi;
chempionatlar, turnirlar va musobaqalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritish, ssenaristlar, rejissorlar, tahlilchilar va sharhlovchilar uchun studiya;
kibersport mahsulotlari va tovarlarini reklama hamda realizatsiya qilish shoxobchasi.
Belgilansinki, kiberzona faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlar Olimpiya shaharchasi obyektlarini loyihalash, qurilish-montaj va jihozlash ishlari uchun belgilangan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Olimpiya shaharchasi obyektlarini loyihalash, qurilish-montaj, jihozlash va moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi (A. Aripov) kiberzonaning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi hamda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin, shuningdek, loyiha obyektlari o‘z vaqtida va sifatli qurilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2023-2024-yillarda zamonaviy kibersport arenalarini tashkil qilish, ularni zarur asbob-uskunalar
bilan jihozlash, kibersport turlari bo‘yicha xalqaro turnirlarni o‘tkazish uchun xalqaro tashkilotlar grantlari, texnik ko‘mak va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rsin;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
“Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” va “Yoshlar kubogi” turnirlarining saralash bosqichlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda kibersport bo‘yicha samarali faoliyat olib borayotgan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hududning bitta tumani (shahri)da kibersportning kamida ikkita turini ommalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlasin. Bunda, 2023-yildan boshlab hududlarda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining hududiy kalendar rejalariga kibersport turlari bo‘yicha musobaqalarni kiritish hamda tizimli ravishda hududiy sport musobaqalarini o‘tkazish, shu jumladan har yili bir marotaba “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi kubogi” va “Hokim kubogi” turnirlarini tashkil qilish;
kibersport bo‘yicha tizimli ravishda hududiy sport musobaqalarini o‘tkazish uchun mahalliy budjetlar mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalarini jalb qilish;
musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni pul mukofotlari, diplom, medal, kubok va boshqa sovg‘alar bilan taqdirlash;
kibersport bo‘yicha hududiy sport federatsiya (assotsiatsiya)larini tashkil qilishni qo‘llab-quvvatlash, mavjud sport federatsiya (assotsiatsiya)lari hududiy bo‘linmalarining faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashish.
17. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) bir oy muddatda kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishga qaratilgan maqolalar e’lon qilish, tematik teleko‘rsatuvlar namoyish etish bo‘yicha media-reja qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov, raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev belgilansin.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Qaror
ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-noyabr,
PQ-423-son
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi PQ-423-son qaroriga
1-ILOVA
Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo‘yicha idoralararo kengash
TARKIBI
1.
|
Sh.X. Shermatov
|
—
|
raqamli texnologiyalar vaziri, kengash raisi
|
2.
|
A.Z. Sa’dullayev
|
—
|
yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari — Yoshlar ishlari agentligi direktori, kengash raisi o‘rinbosari
|
3.
|
U.U. Sharifxodjayev
|
—
|
maktab va maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
|
4.
|
E.M. Muxitdinov
|
—
|
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari
|
5.
|
I.A. Ibragimov
|
—
|
Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari
|
6.
|
D.Sh. Raximova
|
—
|
yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari
|
7.
|
J.T. Jo‘rayev
|
—
|
Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari
|
8.
|
B.T. Abdullayev
|
—
|
ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
|
9.
|
O.A. Parpibayeva
|
—
|
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
|
10.
|
F.Z. Ibragimov
|
—
|
“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ direktori
|
11.
|
Lavozimiga ko‘ra
|
—
|
kibersport sohasida faoliyat yuritayotgan sport federatsiya (assotsiatsiya)lari rahbarlari
|
12.
|
Lavozimiga ko‘ra
|
—
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
|
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi PQ-423-son qaroriga
2-ILOVA
Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi
Oldingi tahrirga qarang.