• Q u y ma o l ishning texnologik ch i zmasii Ishni bajarishda i shl a tiladi ga n
  • Q u m – g i l li qolip chi z m as i
  • H isob o t m a z m uni
  • 1-laboratoriya ishi Q




    Download 171,99 Kb.
    Sana17.09.2024
    Hajmi171,99 Kb.
    #271481
    Bog'liq
    Mashinasozlikda zagotovkalarni loyixalash tajriba 1


    1-laboratoriya ishi
    Quyma tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish

    Ishdan maqsad: Quyma tayyorlab olish texnologik jarayonini ishlab chiqish va qum- gilli qolip materiallari bilan tanishish.
    Quymakorlik qolipining vazifasi, bu quymaning ko„rsatilgan shakli-ni, o„lchovlarini, belgilangan aniqligini, sifatli yuzasini, belgilangan qolipga qo„yilgan metallni sovitish tezligini, lozim bo„lgan tuzilishining shakllantirish va sifatli quyma olish. Qum – gilli qolipni tayyorlab olish sxemasi 2-rasmda keltirilgan.
    Quyma olish texnologiyasini ishlab chiqarishda quyidagilar kiradi:
    1. Quyma detalning texnologiyasini ishlash, detal qotishmasi turi va konstruksiyasining belgilanishi.
    2. Quyma tayyorlashning eng aniq usulini tanlash.
    3. Qolip va o„zak tayyorlash uchun texnologik jihoz tanlash. 4. Quymakorlik qolip va quymaning chizmasini tayyorlash. 5. Moslamani loyihalash va tayyorlash.
    6. Qoliplash materiallari, qoliplash va o„zak aralashmalarini tayyor-lash uchun jihoz tanlash.
    7. Tatbiq etilayotgan qolipni yig„ish va unga metall quyish jarayoni-ning texnologik hujjatlarini tayyorlash.
    8. Qotishmaning suyuqlantirish texnologiyasini ishlab chiqish.
    9. Eritmaning sifatini baholash, suyuqlantirish agregatini, komponen-tlarini tayyorlash texnologiyasini va shixtaning hisoblash uslublarini tayyorlash.
    10. Suyuqlantirish texnologiyasini, qotishmaga suyuq holatda ishlov berish jarayonini ishlab chiqish.
    11. Quyma qolipga metall quyish texnologiyasini, finish jarayonida quymaning sovishini (qolipdan quymani ajratish, o„zakni chiqarish, to-zalash, quymalarga termik ishlov berish, sifatini tekshirish, nuqsonlarni bartaraf qilish, himoya qoplamalarini tozalash, qabul qilish va hujjatlari-ni rasmiylashtirish) ishlab chiqish.
    Quymani tayyorlab olishda moslama (model) ko„pincha ikki qism-dan iborat, yarim qoliplar tayyorlab olinadi. Moslama kesilgan yuzasi bilan massiv plitaga qotiriladi. Plitaga quyiladigan opokalar quyma yoki payvandlash usulida tayyorlab olingan. Opoka ichiga qolip aralashmasi solinadi va turli usullarda zichlashtiriladi 2-rasm.
    Quymani qolipda belgilangan darajaga sovigan va qotgandan so„ng ajratish reshetkasida qolipni buzib quymani ajratib olinadi. Undan keyin
    9
    quyma aralashmalardan tozalanadi va kerak bo„lsa termik ishlov berish-ga yuboriladi. Mexanik bo„limiga topshirilishidan oldin quymalar nazo-ratdan o„tkazilib yaroqsiz nuqson quymalar suyuqlantirish bo„limiga qayta jo„natiladi.

    1-rasm. Quyma olishning texnologik chizmasii

    Ishni bajarishda ishlatiladigan jihozlar va materiallar

    Opokalar, modellar, model plitasiga qotiriladi o„zak (sterjen), o„zak yashiklari, qolip aralashmalari, qum, gil, shibbalash jihozi, gaz o„tkaz-uvchanligini oshirish uchun bigiz yordamida kanallr ochiladi, qo„shim-cha ustama (pribil) o„rnatiladi.


    Opokalarda tayyorlangan quyma detalning shakli olingandan keyin qolipdan moslamalar chiqarib yuboriladi. Qoliplarni yig„ishdan oldin uni

    10
    pastki qismiga bo„shliq shaklini chiqarib beradigan o„zak (sterjen) o„rnatiladi (2-rasm). Yarim qoliplar yig„ilgandan so„ng ichida quymani shakli olinadi. Undan tashqari qolip ichida suyuq metallni keltiradigan quyish tizimi qismlari va qolipdan gaz havo chiqariladigan ventilayasion kanallar, viparlar bajariladi. O„zaklar maxsus o„zak yashiklarida tayyor-lanadi. O„zak (sterjen) aralashmalari qolip aralashmasidan puxtaroq bo„ladi va unga toza qumlar ko„proq qo„shiladi. Ko„pincha qolipda qo„shimcha ustama (pribil) o„rnatiladi.
    Ustamada suyuq metall oxirida qotib kirishishini quymani ichki qismida inkor etadi va gaz g„ovaklaridan saqlaydi. Ustamalar quymada chiqib turadigan kattaroq qismlarni tashkil qiladi. Quyma sovutilib qolipdan ustama ko„pincha payvandlash usulida kesib tashlanadi va qayta suyuqlantirishga ishlatiladi.

    2-rasm. Qum gilli qolip chizmasi:
    1 quyish tizimi; 2 quyma; 3 qolipning tag qismi;
    4 qolipning ustki qismi; 5 opoka; 6 ustama; 7 o„zakning znak qismi; 8 shtir; 9 vtulka; 10 o„zak.

    11
    Hisobot mazmuni

    1.Qisqacha nazariy ma‟lumotlar.


    2. Quyma olishning texnologik sxemasi.
    3. Qum-gilli qolipda cho„yan olish haqida ma‟lumot. 4. Laboratoriya o„tkazish tartibi.

    Nazorat savollari:

    1.Quyma tayyorlab olish texnologik jarayonini so„zlab bering. 2.Qum-gilli qolipga cho„yan quyish usuli qanday bajariladi? 3.Qum-gilli qoliplar haqida nimalarni bilasiz?
    4.Qolipdash nechta opokada ishlab chiqariladi?
    Download 171,99 Kb.




    Download 171,99 Kb.