• Ekologik xuquq tushunchasi. Ekologik xuquq bir paytning o’zida ham yuridik
  • 1-ma`ruza: Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi




    Download 3,3 Mb.
    bet1/4
    Sana17.09.2024
    Hajmi3,3 Mb.
    #271369
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-ma`ruza


    1-ma`ruza: Kirish.Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi.



      1. Ekologik xuquq predmet sifatida. Ko’pgina adabiyotlarda Ekologik xuquqning predmeti-ekologik munosabat, deb aytiladi. Lekin ekologik munosabat-tabiatni muhofaza qilish, atrof-muhitni sog’lomlashtirish, tabiiy tizimlarni qayta tiklash va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanishda yuzaga keladigan kishilarning harakat yoki harakatsizliklarini ifodalovchi barcha harakterdagi ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi.



    Ushbu ijtimoiy munosabat xuquq me‘yorlarida belgilangan tarzda amalga oshirilsa-yuridik xarakterdagi, faqatgina axloq-odob qoidalarida aks ettirilsa-ijtimoiy xarakterdagi, xalqaro aloqa qoidalarida aks ettirilsa-siyosiy harakterdagi ekologik munosabatlar deyish mumkin.

    Ekologik xuquq esa faqatgina yuridik xarakterdagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarni o’z predmeti qilib oladi. Chunki hamma odob-axloq yoki xalqaro aloqa qoidalari milliy qonunchilikda aks ettirilmasligi va u davlatning xuquqiy-ekologik boshqaruv asosi bo’lmasligi ham mumkin.


    Keyingi vaqtlarda olimlar ekologik xuquqiy munosabatlarga tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir ijtimoiy munosabatlarni kiritish shart emas, degan fikrni olg’a surmoqdalar. Ular mustaqil xuquq soxalari-suv, yer, yer osti boyliklari, o’rmon xuquqlari predmeti bo’lib qolsin, demoqdalar.
    Ammo atrof-muhitni xuquqiy jihatdan muhofaza qilishni tabiiy resurslardan oqilona foydalanishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki inson bu boqiy dunyoda yashar ekan, u hayotiy zarur ehtiyojlarining deyarli barchasini tabiatdan oladi. Tabiat uni kiyintiradi, to’ydiradi, dam oldiradi va uni sog’lomlashtiradi. Masalan, inson atmosfera havosidan nafas olmay turib, suv ichmay turib, yerdan hosil yig’may turib, yerda yurmay turib yoki suvda cho’milmay turib yashay olmaydi. Shuning uchun ham insonning aksariyat (uni tug’ilishi bilan yuzaga keladigan tabiiy) xuquqlari aynan tabiat bilan bog’liqdir. U ma‘lum darajada ushbu tabiiy xuquqlardan foydalanishi tufayli atrof-muhitni ifloslantiradi va tabiiy resurslarni kamaytiradi. Lekin insonning bunday ta‘siri ma‘lum darajada me‘yorlangan yoki cheklangan
    bo’lishi darkor. Aks holda u o’zi yashayotgan atrof tabiiy muhit holatini aynan tabiiy xuquqlardan foydalanish imkonini bermaydigan tarzda buzib yuborishi mumkin. Undan tashqari, ekologik munosabat har qanday yer, suv, o’rmonga oid munosabatlarni yagona ekologik tizimdagi munosabat deb qaraydi va unga kompleks tarzda yondashadi. Komplekslikni 1996 yil 26 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan tasdiqlangan maxsus ekologik davlat boshqaruvi-Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan amalga oshiriladi. O’zining nizomiga muvofiq Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiradi.


    Xullas, Ekologik xuquqning predmeti-ekologik-xuquqiy munosabatlar, ya‘ni atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklashda yuzaga keladigan yuridik xarakterdagi ijtimoiy munosabatlar.




      1. Ekologik xuquq tushunchasi. Ekologik xuquq bir paytning o’zida ham yuridik fanlar, ham ekologik fanlar tizimida turuvchi mustaqil fan tarmog’i hisoblanadi. Shuning uchun ham biz ekologik xuquqning fanlar o’rtasida tutgan o’rni va ular bilan uzviy bog’liqligini aniqlab olishimiz talab etiladi.

    Avvalambor, Ekologik xuquqning ekologik fanlar tizimidagi o’rniga to’xtalsak. Biz yuqorida aytib o’tganimizdek, Ekologiyaning predmeti yagona ekologik tizimdagi ekologik o’zgaruvchan organizmlar va ularning o’zgaruvchan atrof tabiiy muhiti o’rtasidagi munosabatidir. Ushbu munosabat tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, yuridik, umumiy (kompleks) va shunga o’xshash ko’p qirrali harakterga ega bo’lishi mumkin. Ana shu harakterlarga qarab, ekologiya turli fan yo’nalishlariga bo’linib ketadi. Masalan, ijtimoiy harakterda-ijtimoiy ekologiya, inson ekologiyasi, oila ekologiyasi, mahalla ekologiyasi va h.k.; iqtisodiy harakterda-iqtisodiy ekologiya, tabiiy resurslardan foydalanish iqtisodi, makroiqtisodiy ekologiya, mikroiqtisodiy ekologiya va h.k.; yuridik harakterda-ekologik xuquq, xalqaro ekologiya xuquqi, tabiiy resurslardan foydalanish xuquqi, tabiatni muhofaza qilish xuquqi va h.k.
    Yuqorida sanab o’tilgan barcha ekologiyaga doir fan tarmoqlarining o’ziga xos ob‘ekti, predmeti, usullari, tatbiq qilish joyi va manbalari bor. Aks holda ular mustaqil fan sohasi sifatida e‘tirof etilmaydi.




    Ekologik xuquq fan sifatida yuridik xarakterga ega bo’lgan kishilar o’rtasidagi o’zgaruvchan atrof tabiiy muhitga nisbatan yuzaga keladigan barcha munosabatlarni tadqiq qiladi. Tadqiq qilingan ushbu sohaga doir nazariy va amaliy bilimlarni mujassamlashtirilgan va umumlashtirilgan tarzda ta‘lim berish esa ekologik xuquq o’quv predmetining maqsadi hisoblanadi.

    Ekologik –xuquqiy bilimlar umumlashtirgan tarzda –Ekologik xuquq yoki ajratilgan tarzda-Tabiiy resurslardan foydalanish xuquqi, Xalqaro ekologik xuquq, Atrof-muhitni xuquqiy muhofaza qilish kabi bo’lishi mumkin.


    O’zbekiston Respublikasining yuridik va ekologik yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlarida Ekologik xuquqda xuquqiy ekologiyaga doir barcha bilimlarni umumlashtiruvchi o’quv predmeti sifatida o’qitish qabul qilingan.
    Ekologik xuquq barcha ekologiyaga doir ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy me‘yorlar orqali tartibga solishni o’zining predmeti qilib oladi. (A.Nigmatov, 2004, 36 b.)
    Bizlarning fikrimizcha ekologiya emas balki tabiiy resurslar deyilsa maqsadga muvofiq bular edi. Shundan kelib chiqqan holda:



    Download 3,3 Mb.
      1   2   3   4




    Download 3,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma`ruza: Kirish. Ekologiya huquqi: tushunchasi, rivojlanish bosqichlari, predmeti. Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tarixi

    Download 3,3 Mb.