• 1.1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsad va vazifalari
  • Asosiy vazifalar
  • 1-ma’ruza. Mavzu: Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanini maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi




    Download 64.38 Kb.
    bet1/3
    Sana06.04.2023
    Hajmi64.38 Kb.
    #49278
      1   2   3
    Bog'liq
    1-maruza
    Документ Microsoft Word (7), 1b, 1q, 1w, 1e, 1r, 1t, 1y, 1u, 1i, 1o, 1[, 1s, 1d

    1-MA’RUZA. Mavzu: Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanini maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi.


    Reja.
    1.1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”fanining maqsad va vazifalari.
    1.2. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining rivojlanish tarixi.

    1.1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining maqsad va vazifalari


    Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya-o‘lchashlar haqidagi fan.
    Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li etgan,faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning uchunham metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni o‘zmutaxassisligidoirasidatushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
    “Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi.

    “Metrologiya va standartlashtirish” fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni o‘lchash va sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi.
    Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko‘satkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Quyida sifatning virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan.

    Download 64.38 Kb.
      1   2   3




    Download 64.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza. Mavzu: Kirish. “Metrologiya va standartlashtirish” fanini maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi

    Download 64.38 Kb.