• 2. Zamonaviy elektronika tarixi, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari. 3. Elektrotexnika va elektronika sohalaridagi standartlar va texnik talablar.
  • 1-mavzu. Kirish. Elektronika va sxemalar1 faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja




    Download 208.99 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana16.04.2024
    Hajmi208.99 Kb.
    #196831
      1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu.
    Физ фаол модд Нам даст2 (1), 2-Маънавият-миллий юксалиш пойдевори, ishlab-chiqarish-korxonalarida-hosil-boladigan-chiqindi-suvlarni-tozalash-va-qayta-ishlash-usullarini-organish (1), ВМ 263 Педагог ходимларнинг меҳнат таътили, baxtiyor.uz-matematik-kecha, @abtuz2020 Палата номер 6 Чехов , буклет баликчилик, 1amaliy, Документ Microsoft Office Word, adsfadsfdfd, 111, gfdsa, 965632, .kjh


    1-mavzu. Kirish. Elektronika va sxemalar1 faniga kirish. Fanning maqsadi va 
    vazifalari. 
     
    Reja: 
    1. Zamonaviy elektronika va sxemalardagi diskret qurilmalardan integral 
    sxemalargacha rivojlanishining tarixiy davrlari va rivojlanishi 
    istiqbollari 
    2. Zamonaviy elektronika tarixi, rivojlanish bosqichlari va istiqbollari.
    3. Elektrotexnika va elektronika sohalaridagi standartlar va texnik 
    talablar. 
    1.1 
    Elektronika va sxemalar 1 fanining o’rni va ahamiyati. Hozirgi zamon 
    axborot- kommunikatsiya texnologiyalari soxasidagi yetuk olimlarning 
    qo’shgan hissalari. 
    Hozirgi zamon elektroenergetikasi
    — mamlakatning yetakchi sohasidir. U
    ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday soha ishlab chiqarishini jadallashtirishda 
    hal qiluvchi rolni o'ynaydi. Inson o'z faoliyatining barcha sohalarida elektr
    energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya turlaridan quyidagi
    ajoyib xossalari bilan ajralib turadi: 
    a) boshqa (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom) energiya turlaridan 
    olinishi nihoyatda sodda; 
    b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) bilan uzatish va 
    yuklamalarga oson taqsimlash mumkin; 
    v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin;
    g) turli quwatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash mumkin; 
    d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga o'zgartirish sodda; 
    e) signallami uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin (telefon, telegrafiya,
    radioaloqa). 
    Elektr energiyaning bu xususiyatlari qisqa tarixiy muddatda nafaqat
    elektroenergetikaning asosiy masalalarini, balki noelektr texnikalami yangi sifat
    darajaga ko’tarishga imkon berdi. Elektronika va sxemalar1 fanining zamirida
    elektrotexnik, radiotexnik, elektromexanik va avtomatik uskunalar, shu jumladan
    hisoblash texnikasi tez sur'atlar bilan rivojlandi, 
    Elektronika va sxemalar1ning yuzaga kelishi o'zgarmas tok manbaining
    yaratilishi va elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar bilan bog'liq.Qadim 
    o'tmishda dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya tog' rudalarining
    parchalari temir jismlami tortish xususiyatini payqadilar va bu hodisani 
    magnetizm deb atadilar. Miletlik Fales eramizdan awalgi VIII
    —VII asrlardanoq
    qahrabo ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon paydo 
    bo'lishini ta’kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim dunyodan ma'lum, lekin 


    bu hodisalar to'g'risidagi fan 1600 yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit
    hodisalar to'g'risida tadqiqotlarini e'lon qilgandan keyin boshlandi. Elektr
    to'g'risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr hodisalarning tabiatini o'rganishga
    bag’ishlangan M.V. Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlarning 
    amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. 
    Elektr va magnit hodisalarni o’zaro
    bog'langanligini rus olimi F. Epinus 1758 yilda o'z ma'ruzasida aytib o'tgan.1785 
    yilda fransuz olimi Sh.Kulon o'z nomi bilan atalgan qonunni kashf etdi. U elektr
    maydoni kuchlanganligi tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794
    yilda A. Volta tomonidan kiritilgan. 
    Volt ustuni esa 1800 yilda yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 
    yilda elektroximiya bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o ’tkazgari va u 
    elektroximiyaniing asoschisi hisoblanadi.Magnit strelkaga tokning ta'siri X,
    Ersted tomonidan 1819 yilda, toklaming o'zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan
    1820 yilda o ’rganilgan. Amper birinchi bo'lib elektr toki, tok kuchi, elektr 
    kuchlanish terminlarni kiritgan. Magnit maydonining dastlabki tadqiqotlari J.B.
    Bio va M. Savar tomonidan o'tkazilgan va Laplas tomonidan matematik
    ravishda umumlashtirilgan (Bio
    — Savar — Laplas qonuni).Elektrostatikaga oid
    ayrim tenglamalami fransuz matematigi S. Puasson tadqiq etgan. Elektromagnit
    may donning materialistik konsepsiyasi ingliz olimi M. Faradey tomonidan
    rivojlantirilgan. U elektr va magnit maydonlarni tadqiq etish uchun kuch va 
    ekvipotensial chiziqlar atamalarini kiritgan.1782 y. Laplas o'z nomi bilan
    ataladigan tenglamalarni og'irlik nazariyasiga tegishli asarlarida qo'llagan.
    Elektromagnit induksiya qonunini 1831 yilda ingliz fizigi M. Faradey
    tajriba yo'li bilan kashf etgan va elektrokimyo qonunlarini birinchi bor
    o'rgangan. Rus injeneri P.Shilling tomonidan 1832 yili yaratilgan. Rus akadernigi
    B. Yakobi 1838 yili suv kemasi uchun elektr mashina yaratgan. Elektr zanjiriga
    oid Om qonuni 1826 yilda nemis olimi G. Om tomonidan kashf
    etilgan.Elektromagnit o’lchash birligi absolyut tizimini nemis olimlari K.F.
    Gauss va T. Veber 1831 
    — 1833 yillari yaratdilar.Tokning issiqlik ta'siri — Joul 
    — Lens qonunini ingliz fizigi D. Joul 1841 yili va rus akademigi E. Lens 1842 
    yilda ta'riflab berishgan. 1844 yil E. Lens elektromagnit inersiya qonunini bayon 
    qilgan. Nemis olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid ikkita muhim 
    qonunga ta’rif bergan.Vektor potensiali, induktivlik va o'zaro induktivlikni birinchi 
    bor 1845 yil nemis olimi F. Neyman ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. 
    Maksvell 1873 yili siljish toklari tushunchasmi kiritdi, hamda uni nomi bilan
    ataladigan o'zgaruvchan elektromagnit maydon tenglamalarini yaratdi. Bundan
    faqat 25 yildan keyingina elektromagnit maydon mustaqil tarzdagi materiya deb 
    isbot etdi.Elastik muhitda energiya harakati rus olimi N.Umov tomonidan 1874 
    yilda nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Rus injeneri F. Pirotskiy 1875 yilda
    quvvati 4,4 kVt o'zgarmas tokni 1 km masofaga uzatish tajribasini o'tkazgan. 
    Cho'g'lanish lampasi 1875 yil A Lodigin tomonidan kashf etilgan. 1884
    yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon energiyasini uzatishni nazariy 
    jihatdan tadqiq etgan.1889 yil rus injeneri M.O. Dolivo 
    — Dobrovolskiy elektr 
    energiyaning uch fazali tizimi qismlari (generator, transformator)ni ishlab


    chiqqan va kuchlanishi 15 kV, quvvati 150 kVA bo’lgan elektr energiyani 175 
    km masofaga uzatishni amalga oshirgan. 
    1872 yilda rus olimi A. Stoletov fotoeffekt hodisasini kashf etgan. Dunyoda 
    birinchi bo'lib A.Popov radio aloqani amalga oshirgan, 1887 
    — 88 yillarda nemis
    olimi G.Gers elektromagnit to'lqinlami mavjudligini eksprimental ravishda isbot 
    etdi. Relyativistik elektrodinamikaning rivojlanishi 1905
    — 1908 yillarda G. Lorens 
    va G. Minkovskilarning izlanishlari bilan bog'liq.O’ta o’tkazuvchanlik hodisasi 
    nemis olimi G. Kamerling Onessom tomonidan 1911 yilda kashf etilgan. 
    "Elektronika va sxemalarning nazariy asoslari" faniga bevosita aloqasi bo'lgan
    matematik va umumnazariy ishlar to'g'risida quyidagi ma'lumotlami berish 
    mumkin. 
    Fransuz matematigi J.Dalamber, Peterburg fanlar akademiyasi 
    akademiklari L. Eyler va D. Benullilar bilan birgalikda to’lqin tenglamalari
    nazariyasini hamda matematika fizika asoslarini yaratishdi.Laplasning to'g'ri
    o'zgartirish formulasi 1782 yilda taklif etilgan. Hajm integralini sirt integraliga
    o'zgartirish formulasini M.V. Ostrogradskiy 1828 yilda bergan. Differensial
    tenglamalami operator usulida integrallashni rus matematigi M. Vashenko 
    — 
    Zaxarchenko taklif etgan. O'rama (svertka) teoremasi birinchi bor P.L. Chebishev 
    tomonidan 1867 yil, Dyuamel integrali esa 1883 yil berilgan. Ma'lum harakatning
    turg'unlik nazariyasini akademik A.M. Lyapunov bayon etgan. Operator usuli
    elektronika faniga O. Xevisayd tomonidan 1892 
    — 1912 yillarda tadbiq etilgan. 
    Sinusoidal tok elektr zanjirlarini simvolik usulda hisoblash usulini amerika
    olimi. Ch. Shteynmets 1894 yilda taklif etgan. Garmonik balans usulida nochiziq
    elektr zanjirlarni hisoblash usulini fransuz olimi M. Joli 1911 yil joriy etgan.
    Sekin o'zgaradigan amplitudalar usulini 1927 yil golland olimi B. Vander 

    Pol taklif etgan. Kichik parametrlar usulini esa 1928 yil fransuz olimi G. 
    Puankare taklif etgan. Nochiziq tebranishlar nazariyasidagi fundamental ishlarni 
    akademiklar L. Mandelshtamm, N. Papaleksi va A. Andronov 1937 yil amalga 
    oshirdilar. Nochiziq zanjirlarni cbastotaviy usulda tahlil etishni rus olimlari 
    N.M. Krilov va N.N. Bogolyubov birinchi bo'lib taklif etdilar. Elektr zanjirlar
    sintezini birinchi bor nemis olimlari I.O. Sobel (1924 y.), amerika olimi R.
    Foster (1924 y.) rus olimlari S. Yevlanov (1937 y) hamda B.V. Bulgakov (1949 
    y.) nazariy jihatdan asosladilar.Elektr zanjirlarni signal graflar bilan tahlil qilishni
    rus olimi B.N. Petrov (1945 y.) va amerika olimi S. Mezon (1953 y.) taklif 
    etishgan. Maydon nazariyasi masalalarini yechishda integral tenglamalami 
    qo'llashni rus olimlari G.A. Granberg, V.M. Alexin, O.V. Tozoni, E.V.
    Kotelnikovlar (1948 y.) taklif etdilar, 1904 yilda Peterburg politexnika institutida
    professor V.F. Mitkevich "Elektr va magnit xossalari" fanidan, 1915 yilda
    Moskva Bauman oliy texnologiya o'quv yurtida professor K.A Krug 
    "O'zgaruvchan toklar nazariyasi" fanidan ma'ruzalar o'qidi. 
    O'zbekistonda energetika va elektrotexnika fanlarini o’rganish va 
    rivojlantirish XX 
    —asrning 30 yillaridan boshlandi. Respublikadagi energetika
    va eiektrotexnikaning asosiy ilmiy yo'nalishlari N. Shcherdin va akademik X.
    Fozilov rahbarligida belgilandi va elektr stansiyalar elektr tizimi va jihozlarmi


    takomillashtirish, puxtaligini oshirish, samaradorligini ko’tarishga qaratildi.
    Elektr tizimlarini hisoblashning ixcham usullari (X.Fozilov, K.R. Allayev, T.X.
    Nosirov, 1960 - 70 yillar) taklif etildi.Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta
    o’lchamli nochiziq tenglamalami yechish (S. Solihov) masalalari tadqiq qilindi. 
    An'anaviy energiya hamda tiklanuvchi energiyadan kompleks foydalanish (R.A.
    Zoxidov) masalalari xalq xo’jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.1970 —
    1980 yillarda akademik J .Abdullayev tomonidan energetika tizimlarida o'lchash
    texnikasi aniqligi, puxtaligi va samaradorligini oshirish bo'yicha muhim
    tadqiqotlar amalga oshirildi. Shu yillarda o'zbek olimlari (M.Z.Xomidxonov,
    S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjayev, M.Xusanov, O.O.Xoshimov, K.Mo'minov) 
    avtomatlashgan. elektr yuritmalarning yangi avlodini hamda ko'p rotorli
    asinxron motorlami (A.Dadajonov) yaratishga muvaffaq bo'ldilar. Elektr
    tarmoqlari optimal rejimlarini boshqarish asoslari (E. Payziyev) yaratildi.
    Nazariy elektrotexnika sohasida nochiziq elektr zanjirlari va tizimlari nazariyasi
    (G.R. Raximov, Z.I. Ismoilov, P.F. Xasanov) hamda avtoparametrik tebranishlar
    zanjirlarida o'zgaruvchan tok fazalar soni va chastotasini o'zgartirish nazariyasi
    (A.S.Karimov, M.I. Ibodullayev) takomillashtirildi.Tarqoq parametrli zanjirlar
    nazariyasi va ular asosida elektrotexnik hamda elektr o'lchash o'zgaitkichlarini
    takornillashtirish (M.F. Zaripov) yo'nalishlarida ijobiy natijalarga erishildi. Elektr
    o'lchashlar fanida yangi xarakteristikalarga ega chastotasi o'zgaruvchan
    o'zgartgiclilar va o'lchash ko'priklari nazariyasi Sh Sh. Zoxidov tomonidan 
    takomillashtirildi 

    Download 208.99 Kb.
      1   2   3




    Download 208.99 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Kirish. Elektronika va sxemalar1 faniga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Reja

    Download 208.99 Kb.
    Pdf ko'rish