• Tayanch tushunchalar
  • 1.2. Konfliktologiya ilmiy fan sifatida
  • 1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja




    Download 78,76 Kb.
    bet1/21
    Sana19.06.2024
    Hajmi78,76 Kb.
    #264436
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal


    1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja


    1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari 
    Reja:
    1. Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari
    2. Konfliktologiya ilmiy fan sifatida
    3. Konfliktologiyaning metodologiyasi va metodlari 
    Tayanch tushunchalar: Konfliktologiya tushunchasi, predmeti, vazifalari, ilmiy fan sifatida, konfliktologiya metodologiyasi, metodlari, kartografiya, sotsiometriya.


    1.1. Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari
    Konfliktologiya ilmiy bilimlar ichida eng yosh soha hisoblanadi, ya`ni bu fan sotsiologiya va psixologiya ilmlarining asosida rivojlanib kelmoqda. Konfliktologiya o`z oldiga yo`nalish sifatida XX asrning 50- chi yillaridan sotsiologiya
    ichidan paydo bo`ldi va u «konflikt sotsiologiyasi» degan nomda yuritildi. Bu yo`nalishning olib borilishi R. Darendorfning (Germaniya) «Sotsial`nie klassi i klassovie konflikti v industrial`nom obщestve» «Industrial jamiyatda sinfiy konfliktlar va ijtimoiy sinflar» (1957), shuningdek A. Kozerning (AQSh) —
    «Funktsii sotsial`nix konfliktov» «Ijtimoiy konfliktlarning funktsiyalari» 
    (1956), nomli ishlari bilan chambarchas bog`liq.
    Ana shu davrda psixologiya sohasida ham analogik holatlar yuz bera boshladi. M. Sherif, 
    D. Rapoport, R. Doz, L. Tompson, K. Tomas, M. Doych, D. Skott va boshqalarning tadqiqotlari
    natijasida konflikt psixologiyasi o`z oldiga bir yo`nalish bo`lib dunyoga keldi.

    1.2. Konfliktologiya ilmiy fan sifatida
    Konfliktlarni tadqiq qilish konfliktologik amaliyotning rivojlanishiga olib keldi. Bu 
    amaliyotning paydo bo`lishi XX-asrning 70-yillar avj oldi. Bu davrda Gorovits va Bord-man
    konfliktli munosabat vaqtida konstruktiv xulq –atvorga o`rgatishga yo`naltirilgan psixologik 
    trening dasturini ishlab chiqadi. Konfliktologik amaliyotning paydo bo`lishida konfliktlarning
    echimini topishning muzokarali metodikalari alohida o`rin tutadi (D. Skott; va G. Bouer; G. 
    Kelman va b.). Vositachi-mediator qatnashuvida muzokaralar texnologiyasining ishlab chiqilishi
    (V.Linkol`n, L. Tompson, R.Rubin va b.) 70-80-yillarda AQShda mediator-mutaxassislarni 
    tayyorlaydigan o`quv o`rinlarini tashkil qilinishiga olib keldi. Bu paytda R.Fisher va U.Yuri
    tomonidan ishlab chiqilgan «printsipial-muzokara» deb nomlangan Garvard metodi dunyoga 
    tanilmoqda edi.
    80-chi yillarda AQShda va boshqa mamlakatlarda konfliktologik markazlar paydo bo`la 
    boshladi. 1986 yili esa Avstraliyada OONning tashabbusi bilan konfliktlarni bartaraf etishning
    Xalqaro markazi tashkillashtirildi. Rossiyada bo`lsa konfliktlarni bartaraf etishga yo`naltirilgan birinchi markaz 90-yillarda Sankt- Peterburgda ishga tushgan. Konfliktologiya predmeti. Konfliktologiya predmetiga keladigan bo`lsak «konfliktologiya» 
    so`ziningn ma`nosining o`zi, yoki etimologiyasidan ma`lum bo`lishicha «konflikt haqida ilm»
    degan fikrga kelamiz. Aniqroq izoh beradigan bo`lsak quyidagicha ta`rif berishimiz mumkin: 
    Konfliktologiya — bu konfliktlarning rivojlanishi, paydo bo`lish mexanizmlari va
    qonuniyatlari haqida bilimlar tizimi hisoblanib, shuningdek uni boshqarishning texnologiyasi va 
    printsiplari haqida fan.


    Download 78,76 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 78,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja

    Download 78,76 Kb.