1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]




Download 2,57 Mb.
bet1/19
Sana12.08.2024
Hajmi2,57 Mb.
#269399
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3028 29.06.2018




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]

[TSZ:

1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3028]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
1. Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/21-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/21-sonli qaroriga
ILOVA
Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir
YO‘RIQNOMA
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 1-dekabrdagi 27/14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3028-6, 30.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 10/22/3028-6/1142-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
aylanma kassa — bank ish kuni davomida kassa hujjatlari asosida naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olish, sanab-saralash, o‘rab-bog‘lash hamda ularni boshqa qimmatliklardan alohida saqlash va chiqim qilish uchun bank kassa tarmog‘ida tashkil etilgan kirim va chiqim kassalari yoki kirim-chiqim kassasi;
Oldingi tahrirga qarang.
bank (filial) binosidan tashqarida tashkil etilgan kassalar — mini bank kassasi, bank xizmatlari ofisi kassasi, maxsus kassa va boshqa barcha turdagi kassalar;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 8-sentabrdagi 16/9-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3028-4, 22.10.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2020-y., 10/20/3028-4/1407-son)
bankomat — bank plastik kartasi saqlovchisiga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rejimida naqd puldagi va bajarilgan boshqa operatsiyalar bo‘yicha sliplarni olish, shuningdek bank plastik kartasi orqali asosiy va qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan mablag‘larni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish, bank plastik kartasining balansi va bankdagi hisobvaraq qoldig‘i holati to‘g‘risida axborot olish va parollarni o‘zgartirish imkonini beruvchi elektron-mexanik moslama;

Download 2,57 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 2,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]

Download 2,57 Mb.