• 4.Optik tolali tizimlari 5.Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari. 1.1
  • 1. Tolali optik aloqa tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash asoslari Xavfsizlik tizimining tuzilishiga talablar




    Download 31.98 Kb.
    bet1/9
    Sana08.05.2023
    Hajmi31.98 Kb.
    #57736
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    optik aloqa tizimlari 4
    Некоторые особенности работы педагога над полифоническими произведениями И.С. Баха (1), e8b0189f70b42d7678fef49cb6c2f3d3 (1)


    1. Tolali optik raqamli aloqa tizimlarining axborot xavfsizligi

    Reja:
    1.Tolali optik aloqa tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash asoslari


    2.Xavfsizlik tizimining tuzilishiga talablar

    3.Tarmoqni ma'muriy boshqarish arxitekturasi
    4.Optik tolali tizimlari
    5.Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari.


    1.1 Tolali optik aloqa tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash asoslari
    Umumiy qoidalar. Atamalar va ta'riflar Aloqa tarmog'i, xizmatlardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanoatlantirib, global xarakterga ega bo'ladi, iqtisodiyotning barcha sektorlarida ularni jahon miqyosida birlashtirib, unumdorligini o'sishiga yordam beradi. Telekommunikatsiya infratuzulmasining yuqori samaradorligi bir qator standartlar, o'lchovlarning mavjudligiga asoslangan bo'lib, ularning havfsiz ishlashini ta'minlashga qaratilgan. XEI-T X.805 tavsiyalarida, tarmoq ilovalarida uchlararo xavfsizlik muammosini hal qilish uchun ishlab chiqilgan arxitektura elementlari va xavfsizlikning sakkizta parametrlarining sharhi – mahfiylik, ma'lumotlarning yashirinligi, autentifikasiya, yaxlitlik, mualliflikni qayd etish, kirishni boshqarish, aloqaning xavfsizligi va tayyorlik keltirilgan. Xavfsizlik qatlamlari bevosita tarmoqni tashkil etuvchi tarmoq elementlari va tizimlariga nisbatan qo'llaniladigan talablarni bajarish bilan bog'liq.
    Tuzulmaning ikkinchi tashkil etuvchisi, tarmoq muhitida amalga oshiriladigan faoliyatning xavfsizlikning uchta tekisligi aniqlanadi, ular tarmoq muhitida bo'lishi mumkin bo'lgan, himoyalangan faoliyatning uch turini aks ettiradi. Quyidagilar xavfsizlik tekisliklari bo'ladi: - ma'muriy boshqaruv tekisligi; - tezkor boshqaruv tekisligi; - chetki foydalanuvchi tekisligi. Ma'muriy boshqaruv tekisligi foydalanish, ma'murlashtirish, texnik xizmat ko'rsatish va foydalanuvchini yoki tarmoqni ta'minlash va h.k. bilan bog'liq. Tezkor boshqaruv tekisligi tarmoqda foydalaniladigan texnologiya va uzatish muhitiga bog'liq bo'lmagan holda tarmoq bo'yicha uchlararo aloqani sozlash (modifikasiyalash) uchun signalizasiya masalalari bilan bog'liq.
    XEI-T X.805 Tavsiyalariga muvofiq, xavfsizlik arxitekturasi elementlari
    Tezkor boshqaruv tekisligi tarmoqda foydalaniladigan texnologiya va uzatish muhitiga bog'liq bo'lmagan holda tarmoq bo'yicha uchlararo aloqani sozlash uchun signalizasiya masalalari bilan bog'liq. Chetki foydalanuvchi tekisligi kirish va tarmoqdan iste'molchilar foydalanilishi xavfsizligini ta'minlaydi. Xavfsizlik parametrlarini ko'rib chiqamiz. Yashirinlik tushunchasi xavfsizlikni ta'minlashning asosiy sababli omili hisoblanadi. Autentifikasiya deb, mazkur ob'ektning taqdim etilgan identifikasion axboroti aniq ekanining isbotini ta'minlashga aytiladi. Autentifikasiya odatda identifikasiyadan keyin keladi. Ma'lumotlarning butunligi - bu ruxsat etilmagan yo'llar bilan ma'lumotlarning o'zgartirilmaganligi ko'rsatkichidir. Mualliflikni qayd etish – bu foydalanuvchining o'zi bajargan xarakatlarni tan olishdan voz kechishining oldini olish qobiliyatidir.
    Ko'pchilik telekommunikatsiya operatorlari hujum qilishga urunishlarning yo'qligi taxdidning yo'qligini anglatadi degan xato fikrga ega. Xavfsizlikning zaifligi bu loyihani amalga oshirishning yoki telekommunikasiya vositalari va tarmoqlaridan foydalanishning ishlanmaganligi yoki kamchiliklari bo'lib, ular umuman telekommunikatsiya tizimi xavfsizligining buzilishiga olib kelishi mumkin. Xavfsizlikning zaifligi tavakkal, taxdid yoki xujum bo'lmaydi. Xavfsizlikni buzish xavfi xavfsizlikning zaifligini va xavfsizlik tahdidlarini birgalikda qo'shish natijasida vujudga keladi. Taxdidlar vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin, xavfsizlikning zaiflashuvi protokoldan foydalanishning butun muddati davomida mavjud. Protokollarga bog'liq xavfsizlikni buzish xavflari juda muhim va miqyosiga ko'ra global bo'lishi mumkin. Shuning uchun protokollarning zaifligini tushinish va aniqlash muhimdir.

    Download 31.98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 31.98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Tolali optik aloqa tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash asoslari Xavfsizlik tizimining tuzilishiga talablar

    Download 31.98 Kb.