• Tashqi xotira
  • Virtual xotira (Virtual memory)
  • 1-vazifa. Xotira turlari (1 ball)




    Download 1,34 Mb.
    bet1/2
    Sana27.07.2024
    Hajmi1,34 Mb.
    #268761
      1   2

    Operatsion tizimlar fani
    1-vazifa. Xotira turlari (1 ball)
    Xotira aniq boshqaruvni talab qiladigan juda muhim resurs. Asosiy xotirani boshqarish juda muhimdir. Aslida, tarixiy nuqtai nazardan, butun tizimning ishlashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkita narsaga bog‘liq edi: ishlov berishda qancha xotira mavjudligi va u qanday optimallashtirilganligida. Xotira ierarxiyasini boshqaradigan operatsion tizimning qismi xotira menejeri yoki menejer deb ataladi. U xotirani samarali boshqarish uchun mo‘ljallangan va xotiraning qaysi qismlari ishlatilishini kuzatishi, jarayonlar uchun kerak bo‘lgan xotirani ajratishi va jarayonlar o‘z ishini tugatgandan so‘ng xotirani bo‘shatishi kerak. Ushbu bobda bir nechta turli xil xotiralarni boshqarish modellari ko‘rib chiqiladi, juda oddiylaridan juda murakkablarigacha. Bundan tashqari virtual xotira tushunchasi masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
    Xotira menejeri (shuningdek, operativ xotira yoki RAM, yoki asosiy xotira sifatida ham tanilgan) va xotirani taqsimlash sxemalarining to‘rtta turi mavjud: bir foydalanuvchili tizimlar, belgilangan qismlar, dinamik qismlar va ko‘chiriladigan dinamik qismlar. Hozirgi kundagi zamonaviy operatsion tizimlarda virtual xotira tushunchasi mavjud. Xotira – buko‘p dasturli operatsion tizim tomonidan ehtiyotkorlik bilan boshqarishni talab qiladigan muhim resursdir. Xotira ostida sifatida bu yerda tezkor (operativ) xotira tushuniladi.
    Tashqi xotira (saqlash qurilmasi) deb nomlanadigan qattiq diskning xotirasidan farqli o‘laroq, ma’lumotlarni saqlash uchun operativ xotira doimiy quvvat manbai talab qiladi. Dastlabki operatsion tizimlarda xotirani boshqarish dasturni va uning ma’lumotlarini tashqi diskdan (perfokarta, magnit lenta yoki magnit disk) xotiraga yuklanar edi. Ko‘p dasturlashni paydo bo‘lishi bilan, operatsion tizim bir vaqtning o‘zida bir nechta ishga tushuriladigan dasturlar o‘rtasida mavjud xotirani taqsimlash bilan bog‘liq yangi vazifalarga duch keldi.
    Virtual xotira (Virtual memory)
    Kompyuter tizimda o‘rnatilgan hajmdan ko‘proq xotiraga murojaat qilishi mumkin. Ushbu qo‘shimcha xotira aslida virtual xotira deb nomlanadi va u kompyuterning operativ xotirasini taqlid qilish uchun o‘rnatilgan qattiq diskning bir qismi hisoblanadi. Ushbu sxemaning asosiy ko‘zga tashlanadigan afzalligi shundaki, dasturlar fizik xotiradan kattaroq bo‘lishi mumkin. Virtual xotira ikki maqsadda xizmat qiladi. Birinchidan, bu bizga disk yordamida fizik xotiradan foydalanishni kengaytirishga imkon beradi. Ikkinchidan, bu bizga xotirani himoya qilishga imkon beradi, chunki har bir virtual manzil fizik manzilga tarjima qilinadi. Dasturni asosiy xotiraga to‘liq yuklash talab qilinmaydigan holatlar quyidagicha: 124  Foydalanuvchi tomonidan yozilgan xatolar bilan ishlash protseduralari ma’lumotlar yoki hisob-kitoblarda xatolik yuz bergan taqdirdagina qo‘llaniladi;  Dasturning belgilangan parametrlari va funksiyalari kamdankam ishlatilishi mumkin;  Aslida katta bo‘lmagan hajmdagi jadval amalda ishlatilgan bo‘lsa ham, ko‘p jadvallarga belgilangan miqdordagi manzil maydoni belgilanadi;  Har bir foydalanuvchi dasturini xotiraga o‘rnatish yoki almashtirish uchun kamroq kiritish/chiqarish operatsiyalari talab qilinadi;  Dastur endi mavjud fizik xotira miqdori bilan cheklanmaydi; Har bir foydalanuvchi dasturi kamroq fizik xotirani egallashi mumkin, shu bilan birga ko‘proq dasturlar bir vaqtning o‘zida ishga tushurilishi, protsessordan foydalanish va o‘tkazish qobiliyati mos ravishda oshadi.



    Download 1,34 Mb.
      1   2




    Download 1,34 Mb.