• Tayanch iboralar
  • Ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)
  • 10-mavzu: qurilishda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi reja




    Download 31.27 Kb.
    bet1/4
    Sana10.12.2023
    Hajmi31.27 Kb.
    #115104
      1   2   3   4
    Bog'liq
    10-mavzu qurilishda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy
    Jaña dawir kartografiyasi, Doc1, vowels (1), rang, 4802-Article Text-9284-1-10-20230505, Mapledan LaTeX ga export qilish, Ma’lumotlarni tahlil qilishning statistik va sonli usullari, 6-mavzu. Darsni tashkil qilishga tayyorgarlik, bir soatlik dars -fayllar.org (1), wepik-birjalarning-realitorlik-faoliyati-o039zgartirishlarni-tushunish-va-rivojlantirish-20231214080410sVXO, download-order (2), 4-maruza (1), Ozgarmas-tok-mashinalari., ma ruza 12, 1-mavzu. Akademik nutq. Yozma va og’zaki uslub va uning xususiya

    10-MAVZU: QURILISHDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGI


    Reja:
    10.1 Iqtisodiyot va jamiyatda ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanish dastagi sifatida.
    10.2 Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati, ahamiyati va asosiy yo‘nalishlari.
    10.3. Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish.
    10.4 Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi samaradorligini iqtisodiy baholash va uning ko‘rsatkichlari.


    Tayanch iboralar: Fan. Texnika. Fan-texnika taraqqiyoti. Ilmiy tadqiqotlar. Yangilik. Ixtiro. Novasiya. Innovasiya. Sanoatlashtirish.
    10.1. Iqtisodiyot va jamiyatda ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanish dastagi sifatida

    “Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo‘lishi shart. Kerak bo‘lsa, xorijdagi etakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug‘dirib berishimiz lozim”1- degan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng ustivor vazifalari to‘g‘risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida. 


    Ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) - bu ilmiy bilimlarning yutuqlari va tatbiq etilishi asosida yangi texnika va texnologiyani, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni joriy etishning doimiy jarayoni.
    Bu o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanish masalalarini hal qilish kabi, ko‘p jihatdan ilmiy texnika taraqqiyoti (I.T.T.) sohasida butun bir tizimni shakllantirish va uning ahamiyatini kuchaytirib, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy yutuqlardan foydalanishga bog‘liq. Tarixan isbotlanganki, fan va texnika yutuqlaridan foydalanmaydigan eski texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish usullarini qo‘llaydigan jamiyat, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga va insonlarning moddiy farovon hayotini yuksaltirishga erishishga da’vo qilolmaydi. Shuning uchun ham ilmiy texnik taraqqiyot iqtisodiy rivojlanishning va aholi turmush darajasi sifatini oshirishning o‘ziga xos bir “dastagi” bo‘lib hisoblanadi.
    Shuni ta’kidlash joizki ilgarigi markazlashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tizimi qaysidir ma’noda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishini sekinlashtiradi va ilmiy texnika taraqqiyoti ahamiyatini kamaytiradi, lekin bu ilmiy texnik tashabbusning mavjud bo‘lmaganidan emas, balki xo‘jalik mexanizmining har qanday yangiliklarga nisbatan moyilligining juda pastligidandir.
    Bugungi kunda iqtisodiyot bozor munosabatlariga o‘tayotgan bir paytda ushbu tendensiya asta sekinlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tmoqda. Tashabbus erkinligi va ijodkorlik davlatning maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik va investitsion siyosatlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilmiy muassasalarning keng miqyosdagi mustaqilligi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi ilmiy texnik taraqqiyotning o‘sish sur’atlari tezlashishiga asos bo‘ladi.
    Uning umumiy iqtisodiyotdagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

    • ijtimoiy shuningdek ilmiy texnika taraqqiyoti rivojlanishining samarali qonuniyatlariga asoslangan yagona ilmiy texnik siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

    • davlatning ilmiy texnik potensialini iqtisodiyot, vaqt va turmush talablariga mos ravishda tubdan isloh qilish;

    • ishlab chiqarishning texnik salohiyati, ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, mutloq va nisbatan arzonlashtirilgan yangi texnika bilan ta’minlash;

    • yangi g‘oya, fikr va ilmiy texnik bog‘lanishlar shakllanishi asosida yotuvchi inson omilini har tomonlama faollashtirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini chuqur isloh qilish;

    • ilmiy texnik taraqqiyotning davlat tomonidan boshqarilishini tashkilotlar va ilmiy muassasalar hamkorligida olib borish.

    Ilmiy-texnik taraqqiyotning boshlang‘ich ishlab chiqarish bosqichi bo‘lib, turli ilmiy tadqiqot muassasalarida yuzaga keladigan ishlab chiqariladigan g‘oya, fikr va loyihalar hisoblanadi. Yaratiladigan texnika-texnologiya va boshqa yangiliklarni eksperiment va sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish tarmoqlari zimmasiga tushadi.
    Biroq o‘z mahsulotini ilmiy texnika yutuqlar asosida yaratayotgan va ishlab chiqarayotgan har qanday tashkilot yuqori ishlab chiqarish texnikasiga ega bo‘lishi, ya’ni zamonaviy tashkilot bo‘lishi kerak. Aynan shu ma’noda qurilish tarmog‘i ilmiy texnik taraqqiyotning sur’at va miqyoslariga texnik jihatdan yangi asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish yo‘li bilan katta ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda ilmiy texnika taraqqiyoti xalq xo‘jaligida bevosita kapital qurilish natijalari bilan bog‘liq. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari asosida tashkilot va boshqa ob’yektlarni loyihalashtirishning asosiy omillaridan biri va kapital qurilish samaradorligini oshirishning negizi bo‘lib hisoblanadi.



    Download 31.27 Kb.
      1   2   3   4




    Download 31.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu: qurilishda fan-texnika taraqqiyoti va uning iqtisodiy samaradorligi reja

    Download 31.27 Kb.