• NAZORAT SAVOLLARI
  • 10-Mavzu: smart o’qitish ta’lim vositalari. Smart interaktiv ta’lim vositalari




    Download 455.21 Kb.
    Sana11.12.2023
    Hajmi455.21 Kb.
    #116130
    Bog'liq
    SMART o’qitish ta’lim vositalari. SMART interaktiv ta’lim vositalari
    7-maruza, Asal, 2021 Itimoiy ish 16 aIshchi Dastur — копия 10 — копия, 17-Amaliy mashgulot, 6-ma\'ruza. Furyе qatоrining yaqinlashishi, Antarktda, Magnitomexanik hodisalar, 1.8, Abdulahad Muhammadjonov. Qadimgi Buxoro (2001), yillik hisobot rasmsiz, Oqsillar, Stajirovka rejasi 2-илова, file (2), Ekinlarni sug\'orish asoslari (Z.Artukmetov), Sanoq sistemalar

    10-Mavzu: SMART o’qitish ta’lim vositalari. SMART interaktiv ta’lim vositalari.
    Ishdan maqsad: Talabalarga Smart - elektron o‘quv qo‘llanmalardan o‘qitishga qo‘llashni, Smart - o‘qitish muhiti elementlari bilan ishlashni va ularning imkoniyatlari haqida ma'lumotlar berish. Smart - o‘qitish muhiti elementlari bilan ishlashni o’rgatish. Talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi uchun bilim, ko’nikma va malaka hosil qilishdan iborat
    .

    USLUBIY KO’RSATMALAR


    Hozirgi zamonda biror-bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin. Har bir mutaxassis, u qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar, o’z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotga ishlov beruvchi vositalarni, ularni ishlatish uslubiyotini bilishi va ularda ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda mustaqil Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlarning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari aniq belgilab olingan. Ayniqsa ta’limda electron darslikdan foydalanish, uning samaradorligini oshirish yordam beradi. Masalan ta’limda elektron darslikdan foydalanishning muammo va yechimlarini tillarni o’rganish misolida qarasak.
    Smart-qo‘lqopi ishoralar tilini o‘rganishga yordam beradi

    London universiteti talabasi Xadil Ayob (Hadeel Ayoub) ishoralarni oddiy nutqqa aylantiruvchi ajoyib smart-qo‘lqopini ishlab chiqdi. Ko‘pchilik qo‘l va barmoq harakatlari bilan muloqot qilayotgan eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan insonlarni uchratgan bo‘lsa kerak. Biroq hamma ham (ayniqsa, sog‘lom odamlar) bu ishoralar mazmunini tushunmaydi.


    Taqdim etilayotgan qurilma oddiy qo‘lqop ko‘rinishiga ega bo‘lib, ishoralarni displeyda tushunarli matnga aylantiradi yoki ovozli tarzda ifodalaydi. SignLanguageGlove qo‘lqopi prototip rivojining uch bosqichini bosib o‘tishga ulgurdi. Tizimning birinchi versiyasiga datchiklar, mikrokontrollerli platasi va to‘rt belgili raqamli displey kiritilgandi. Beshta egiluvchan sensori qo‘lqopga ulanib, besh barmoq traektoriyasini kuzatish imkonini beradi. Ikkinchi prototipga kichik dasturiy ta’minot, uchinchi versiyasiga esa matnni ovozli nutqqa aylantiradigan chip kiritilgan.
    Hozirgi vaqtda ixtirochi Wi-Fi bo‘yicha qo‘lqop va mobil qurilmasi o‘rtasida aloqa o‘rnatish imkoniga ega smartfonlar uchun ilovali qurilma versiyasi ustida ishlamoqda. Rejalarda

    • haqiqiy vaqt rejimida bir necha tilga tarjima qilish funksiyasiga ega, shuningdek, bolalar uchun kichraytirilgan versiyasi ishlab chiqilmoqda.



    120

    Aloqa operatorlarining kod va prefikslarini aniqlashga xizmat qiluvchi yangi interaktiv xizmati ishga tushirildi
    «O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarining kod va prefikslari» xizmati yordamida mobil aloqa foydalanuvchilari O‘zbekistonda simli va simsiz aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlarning kodlari hamda prefikslarini aniqlashlari mumkin bo‘ladi.
    Biror mobil operatori yoki hududga mansub telefon raqamining prefiksi, ya’ni birinchi uch raqamini tegishli katakchalarda ko‘rsatish orqali telefon raqamining muayyan kodlar orqali qaysi hududlarda foydalanilayotgani to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish mumkin.
    Misol uchun, siz qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘lgan, «157» raqami bilan boshlangan telefon raqamining kodini yoki uning qaysi hududga tegishli ekanligini bilmaysiz. Telefon raqamining ilk uchta old raqamlarini, ya’ni «157»ni tegishli katakka kiritib, «Tekshirish» tugmasini bosing. Shunda sizga ushbu old raqamli telefon raqamlari orqali 4 nafar mobil aloqa operatorlari tomonidan Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida aloqa xizmati ko‘rsatilishi to‘g‘risida ma’lumot taqdim qilinadi.
    Smart-soatlar bozorining ko‘p qismini Apple egallamoqda
    Keyingi vaqtlarda Internet manbalari axborotlari bo‘yicha fikr yuritilsa, smart-soatlar yangi trendga aylanganligini ko‘rish mumkin. Pebble bir necha bor Kickstarterda rekord o‘rnatgandi va o‘z yechimlarini turli yirik kompaniyalarga taqdim etgandi. Biroq iste’molchilar gadjetni sotib olishga ko‘p ham intilayotganlari yo‘q.
    Jahon bo‘ylab Android Wear boshqaruvi ostida ishlaydigan 100 ming dona soat sotib olinishi uchun yarim yil vaqt talab etildi. Samsung, LG va Motorola kabi yirik kompaniyalar mazkur OT bilan o‘z yechimlarini taqdim etmoqda, faqat Samsungning o‘zi ko‘p sonli Android Wear «aqlli» soatidan sotishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yil ikkinchi choragida turli operatsion tizimlar ostida ishlaydigan million dona qurilma sotilgandi. Barcha sotilgan mahsulotning 70 foizi Samsungga to‘g‘ri keldi. Bu yil ikkinchi chorakda bozorda Apple yetakchilik qildi va uch oy mobaynida 4 mln. dona gadjetni sotishga muvaffaq bo‘ldi. Samsung 400 ming qurilma sotishga erishdi, qolgan ishlab chiquvchilar esa — jami 900 ming dona sotishga muyassar bo‘ldilar. Shu tariqa, kupertinliklar bozorninng 75,5 foizini egalladilar, Samsungning ulushi esa bir yil oldingi 74 foiz ko‘rsatkichidan 7,5 foizga tushib ketdi. Bu Apple Watchning keng ommaviylashuvi va iste’molchilar mazkur mahsulotni sotib olishga qiziqmayotganliklariga bog‘liq. Bozor yil mobaynida 457 foizga o‘sdi. Bu smart-soatlarga qiziqish kuchaygani uchun emas, balki Apple hisobiga sodir bo‘ldi.
    Manba: www.onegadget.ru


    NAZORAT SAVOLLARI:

      1. Elektron o‘quv qo‘llanmalar tipi va turlarini sanab bering.

      2. Smart - elektron o‘quv qo‘llanmalar deganda nimani tushunasiz?

      3. Smart - o‘qitish muhiti elementlari vazifasi?

    121
    Download 455.21 Kb.




    Download 455.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-Mavzu: smart o’qitish ta’lim vositalari. Smart interaktiv ta’lim vositalari

    Download 455.21 Kb.