11- Mavzu: DELPHI obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili
Delphi dasturlash muhiti
Delphi - Windows operatsion tizimida dastur yaratishga yo’naltirilgan
dasturlash muhitidir. Delphida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash
texnologiyalariga asoslangan bo’lib, unda dasturlashning obyektga mo’ljallangan
g’oyasi mujassamlashgan. Delphida dastur Turbo Pascal dasturlash tilining rivoji
bo’lgan Object Pascal tilida yoziladi.
Delphi - bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar
kombinatsiyasini
o’zida mujassam etgan:
• yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan kompilyator;
• obyektga mo’ljallangan komponentalar
modullari;
• dastur ilovalarini vizual tuzish;
• ma’lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.
Delphi - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo’lgan vosita
bo’lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avto- matlashtiradi, xatoliklarni
kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini yengillashtiradi. Delphida dastur
zamonaviy vizual loyihalash texnolo- giyasi asosida obyektga mo’ljallangan
dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi tizimi Turbo Pascal
7.0. tilining rivoji bo’lgan obyektga mo’ljallangan Object Pascal dasturlash tilini
ishlatadi.
Ma’lumki, dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni sezilarli
darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50—80%ni
tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi,
hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini
tuzish jarayonini
osonlashtiradi.
Delphi o‘zida bir qancha zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini va
dasturlash texnologiyalarini ma’lumotlar bazasini yaratishda ishlatadi.
Delphi tizimining oynasi va uning elementlari
• bosh oyna — Delphi Projectl;
• forma oynasi — Forml;
• obyekt xossalarini tahrirlash oynasi —Object Inspector;
• obyektlar ro’yxatini ko’rish oynasi — Object tree View;
• dastur kodlarini tahrirlash oynasi — Unit.pas.
Bosh oyna ekranning yuqori qismida joylashgan bo’lib, uning birinchi qatorida
sarlavha, ya’ni, proyektning nomi joylashgan. Ikkinchi qatorda buyruqlar
menyusi
gorizontal ko’rinishda joylashgan. Keyingi qatorning chap tarafida uskunalar
paneli va o’ng tarafida komponentalar politrasi joylashgan.
Buyruqlar menyusi quyidagilarni o’z ichiga olgan:
— File (fayl) bo’limi fayllar ustida ish bajarish uchun kerakli buyruqlarni
o‘z
ichiga olgan;
— Edit (tahrir) bo‘limi fayl ichidagi ma’lumotlarni tahrirlash uchun kerakli
buyruqlarni o‘z ichiga olgan:
— Seerch;
— View;
— Compile;
— Run formani ishga tushirish;
— Options;
— Tols servis xizmatidan foydalanish;
— Help yordam chaqirish.