• NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
  • 18-ma’ruza: Avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish va sozlash ishlari bo‘yicha umumiy tushunchalar




    Download 174.8 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana05.02.2024
    Hajmi174.8 Kb.
    #151467
    Bog'liq
    ASLO\'S 18-ma\'ruza
    7-8-Al-Xorazmiy olimpiadasi tuman, Adabiyan foydalanish, Reja Yotoq yaralari haqida tushuncha. Yotoq yaralarini davolash-fayllar.org, мактаб директорлар захира кадр 1, ASLO\'S 20-ma\'ruza, ASLO\'S 23-ma\'ruza, ASLO\'S 24-ma\'ruza, ASLO\'S 16-ma\'ruza, 1-Mustaqil ish, lecture notes on mathematical olympiad courses for junior section vol 1 mathematical olympiad series


    18-ma’ruza: Avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish va sozlash 
    ishlari bo‘yicha umumiy tushunchalar. 
    REJA:
    1. Montaj ishlarini tashkil kilish. 
    2. Nazorat o‘lchov asboblari. 
    3. Avtomatlashtirish vositalari montajida tayyorgarlik ishlari. 
    Yildan-yilga xo‘jaliklarda elektr qurilmalar miqdori, ularni avtomatlashtirish 
    tizimlari kengayib bormoqda. Ularda bajarilayotgan montaj, naladka va boshqa 
    ekspluatatsiya tadbirlari uchun zarur ish kuchi ortmoqda. Bu ishlarni bajarish uchun 
    maxsus guruhlar tashkil qilinmoqda. Hozirda montaj ishlarining 80 % 
    markazlashtirilgan holda amalga oshirilmoqda. Montaj korxonalari montaj ishlarini 
    maxsus zvenolar, brigadalar, guruhlar bajaradi. Montaj korxonalarining tashkiliy 
    shakllari ko‘proq montaj ishlari xarakteri va hajmi bilan belgilanadi.
    Tajriba ko‘rsatdiki, ish hajmi kam bo‘lganda 
    montaj ishlari 
    maxsus guruhlar tomonidan bajarilishi samarali bo‘lsa, ish xajmi (3-12) ming soat 
    va undan ortiq bo‘lganda ishlarni texnologik xususiyatiga qarab ajratilishi va maxsus 
    guruhlar tomonidan bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yirik hajmli texnologik 
    mashinalar qatori bo‘lgan yirik komplekslarda montaj ishlari texnologik 
    operatsiyalar bo‘yicha ajratilgan maxsus brigadalar tomonidan bajariladi. Hozirda 
    montaj texnologiyasiga yangi industrial uslublar va maxsus vositalar kirib 
    kelmoqda. Montaj ishlari blokli uslubda yirik qismlari bilan tayyorlangan holda 
    bajarilishi ishlab chiqarish unumdorligini oshirib, bajarilgan ish sifati 
    yaxshilanishiga olib kelmoqda. Industrial uslublar va montaj ishlarining 
    maxsuslashtirilishi ishlarda mehnat sarfini kamaytirib, montaj muddatlarini 
    qisqartiradi. Montaj ishlari shartli ravishda uch turga bo‘linadi: tayyorgarlik, 
    o‘rnatishga tayyorlash - yig‘ish va o‘rnatish montaj ishlari. Tayyorgarlik ishlarini 
    quruvchilar bajaradi. Bunda quyidagilar bajariladi: kanallar ochish, kovlash 
    transheyalar o‘tkazish, devorlarda elektr va quvurli tarmoqlar uchun o‘tish joylari 
    tayyorlash va boshqalar. Tayyorlash -yig‘ish (zagotovka) ishlari ishlab chiqarish 
    bazalarida, zavodlarida, montaj trestining maxsus maydonlarida tayyorlanadi. 
    Bunda nostandart qurilmalar, quvurlar montaj kilish jixozlari tayyorlanadi, quvurli 
    bloklar yig‘iladi, qurilma qismlari montaj qilinadi va o‘rnatishga tayyorlanadi, 
    щitlar yig‘iladi va komplektlanadi. Tayyorgarlik, tayyorlash -yigish ishlari asosiy 
    qurilish va qurilish montaj ishlarini bajarish bilan birgalikda olib boriladi. Asosiy 
    montaj ishlarida tayyor bloklar, qismlar, щitlar, boshqarish pultlari, datchiklar, qabul 
    qilish organlari, bajarish mexanizmlari o‘rnatiladi, elektr va quvurli tarmoqlar 
    yotkiziladi. Bu ishlar asosiy qurilish va pardozlash ishlaridan keyin bajariladi va 
    montaj ishlarining ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Montaj sifatini oshirish, montaj 
    muddatlarini qiskartirish uchun montaj ishlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va 
    uyushgan holda tashkil kilish, montaj ishlariga mukammal tayyorgarlik ko‘rish 
    zarur. Qurilish montaj ishlarini yuqori sifatli o‘z muddatlarida o‘tkazish uchun 
    montaj ishlarini bajarish rejasi ishlab chiqiladi (PPR-IBR)., Montaj ishlarini bajarish 


    loyihasi «Yo‘riqnomalarga» asoslanib ishlab chiqiladi. Unga ko‘ra quyidagilar 
    IBLga kiritiladi:
    1. Tushuntirish yozuvi;
    2. Quvurli va elektr tarmoqlarni trassasiga aniqlik kiritib bog‘lanishlari 
    ko‘rsatilgan ishchi chizmalar;
    - avtomatlashtirish loyihasiga kiritilmagan bloklar, buyumlarning natijaviy, 
    unifikatsiya qilinmagan qismlarining eskizlari, ishchi chizmalari:
    - texnik jihatdan murakkab ob’ektlar uchun tuziladigan nazorat o‘lchov 
    asboblarining va avtomatika vositalarining montaj ishlarini bajarishning tizimli 
    grafigi, tizim grafiklari o‘rniga ba’zan kalendar reja tuzilishi mumkin. 
    Ishlarni bajarish loyihasining tushuntirish yozuvida texnologiya ta’rifi, 
    tarmoqlarni industrial uslublar bilan montaj qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar, щit va 
    pultlarni yiriklashtirilgan bloklar bo‘yicha montaji bo‘yicha yo‘riknomalar berilgan 
    bo‘ladi. Elektr va quvurli tarmoqlarning trassalariga kiritilgan o‘zgartirishlar va 
    aniqliklar asoslanadi va tushuntiriladi, ishchi loyihadagi ishchi chizmalar ko‘rsatib 
    o‘tiladi, bundan tashqari щit va pultlarni, щitdan tashqarida joylashgan apparatlarni, 
    namuna olish vositalarini, birlamchi asboblar va rostlovchi organlarni joylashish 
    o‘rniga tushuntirish beriladi. Ob’ektda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi 
    bo‘yicha tadbirlar, bajarilishi zarur ishlar hajmi ko‘rsatiladi. Montaj ishlarini 
    bajarishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilinishiga alohida e’tibor beriladi. 
    Ob’ektda montaj ishlarini xavfsiz o‘tkazilishi uchun mas’ul shaxslar (sex boshlig‘i, 
    prorab, master) montaj ishlari boshlangunga qadar va montaj ishlari paytida 
    quyidagi qator tadbirlar o‘tkazishlari lozim. Montaj ishlarini maksimal 
    mexanizatsiyalash, jumladan og‘ir element va jihozlarni ko‘tarish -tushirish, tashish; 
    ortish -tushirish ishlari; balandlikda yig‘ish 5 montaj ishlari hajmini minimumga 
    tushirish; noqulay joylardagi ishlarni yo‘kotish ; ish o‘rinlarida, stanok va 
    mexanizmlarda ishlaganda himoyalovchi to‘siqlar, individual himoya vositalarning 
    bo‘lishi va sozligi ta’minlanishi zarur: xodimlar maxsus ust-bosh va oyoq kiyimda 
    bo‘lishi, ish joylari yetarli darajada yoritilgan bo‘lishi, sanitar-maishiy xonalar va 
    jihozlar bo‘lishi zarur (kiyim almashtirish joylari, sanuzel, dush, isinish joylari, dam 
    olish joylari). Montaj ishlari oldidan ishchilar «montaj ishlarini bajarishda xavfsizlik 
    texnikasi» bo‘yicha umumiy yo‘riqnoma olishlari, bevosita ish joylarida esa 
    bajariladigan ish uslublari va xarakteriga qarab ishlarni xavfsiz bajarish uslublari va 
    koidalari bo‘yicha yo‘riqnoma olishlari zarur. Har bir ish joyi va ishi xarakteri 
    o‘zgarganda joylardagi yo‘riqnomadan yangitdan o‘tiladi. Yerdan 1,5 m dan 
    yuqorida bo‘lgan ishlar inventar narvonlarda, ko‘prik va supalarda turib bajariladi. 
    Bunda ish joyi chegaralab ko‘yiladi. To‘siqlar 90 kggacha yukni ko‘tara olishi zarur. 
    Yuqorida bajariladigan montaj ishlariga yoshi 18 ga to‘lgan. tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, 
    xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha o‘qitilgan va guvohnomasi bo‘lgan ishchilar 
    kiritiladi. Yuqoridagi ishlarga kirishishdan oldin ishchilar har kuni tibbiy ko‘rikdan 
    o‘tishlari zarur. Montaj ishlarida soz asboblar vazifasiga ko‘ra bajarilgan bo‘lishi 
    zarur. Qo‘lda ishlatiluvchi asboblar va ko‘chma yoritish vositalari quyidagi 
    kuchlanishli bo‘lishi mumkin: 36 V -oshirilgan elektr xavfi bo‘lgan binolarda va 
    joylarda. 12 V -o‘ta xavfli bino va joylarda. 220 V-normal xonadarda. 220 V-
    kuchlanish li ko‘l elektr asboblari bilan ishlaganda belgilangan muddatlarda 


    sinovdan o‘tkazilgan dielektrik qo‘lqoplar, kalish va to‘shaklardan foydalanish 
    zarur. Elektr qo‘l asboblari va elektr yoritish vositalarining izolyatsiyasi kamida uch 
    oyda bir sinovdan o‘tkazilishi zarur. Payvandlash ishlari «Olov bilan ishlaganda 
    yongin xavfsizligi qoidalari»ga rioya kilgan holda bajarilishi zarur. Payvandlovchi 
    va uning yordamchisi ko‘zlarini elektr yey ta’siridan svetofiltr bilan himoya qilgan 
    holda ishlarni bajarishi va maxsus kiyim, qo‘lkopda bo‘lishlari zarur. Ortish -
    tushirish ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha ma’sul shaxs nazoratida 
    bajarilish kerak. Montaj ishlari bajarilayotgan joy xavfli zona hisoblanadi va u yerda 
    ishga aloqasi bo‘lmagan shaxslar bo‘lmasligi zarur. Transport yo‘llariga odamlar 
    o‘tadigan yo‘laklar xavfli zonadan ajratilishi va to‘silib qo‘yilishi zarur. Kuchlanishi 
    36 V dan yuqori bo‘lgan tarmoqlar bo‘lsa, qo‘shimcha ehtiyot choralari qo‘rilishi 
    zarur. Elektr uskunalar ekspluatatsiyasida xavfsizlik texnikasi qoidalari va texnik 
    ekspluatatsiya qoidalariga qat’iy rioya qilinishi zarur. 
    Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish tizimlarini montajida 
    tayyorgarlik ishlari va montaji loyihaning ishchi chizmalari bo‘yicha bajariladi. 
    Avtomatlashtirishning funksional sxemalari, shit va pultlarning eskizi va chizmalari, 
    tashqi elektr va quvurli ulanish sxemalari, avtomatlashtirish vositalarini joylashish 
    plani, elektr va quvurli tarmoqlarning trassasining chizmalari. Funksional 
    avtomatlashtirish 
    sxemalarida 
    texnologik 
    qurilmalar, 
    kommunikatsiyalar, 
    boshqarish organlari avtomatlashtirish vositalari va elementlari va ularning o‘zaro 
    ulanishlari shartli belgilarda ko‘rsatiladi. Sxemada texnologik qurilmalardagi 
    rostlovchi organlar, bosimli to‘siqlar, ventillar, birlamchi asboblari, tarmoqdan 
    ma’lumot oluvchi vositalar ko‘rsatiladi. O‘qish qulay bo‘lishi uchun funksional 
    sxemalardagi asboblar va apparatlarni zanjirli raqamlanadi. Agar biror asbobning 
    yoki tarmoq uchastkasining tartib raqami 10 bo‘lsa, unga tegishli barcha elementlar 
    10a, 10°.,.10-1; 10-2-...deb belgilanadi. Bu tartib raqami loyihaning barcha 
    xujjatlarida saklanadi. Shit va pultlarning umumiy ko‘rinishi chizmalarida ularning 
    spesifikatsiyasi beriladi. Shitdagi barcha o‘rnatilgan apparatlar ro‘yxati beriladi. 
    Zarur bo‘lsa, ularning kesimlari beriladi. Tashqi elektr va quvurli tarmoqlar 
    sxemalarida shitlar, avtomatika vositalari, datchiklar, rostlovchi organlar, bajarish 
    mexanizmlari va boshqa elementlarning o‘rnatilgan joylariga tortilgan tegishli 
    tarmoqlar ko‘rsatiladi. Sxemalarda shartli belgilanishlar qo‘llaniladi. Ular prinsipial 
    yoki o‘rnatish sxemalari turli shakllarda bo‘lishi mumkin. Sxemalarda shartli 
    simvollar bo‘lgan na’muna olish qurilmasi, birlamchi asboblar, shitlar, pultlar, 
    nazorat punktlari, roslash, signalizatsiya va ta’minot punktlari ko‘rsatiladi. Ularning 
    montaj sxemasida belgilangan tartib raqamlari yozib quyiladi. Barcha shartli 
    belgilanishlar jadval shaklida keltiriladi. Avtomatlashtirish vositalari, elektr va 
    quvurli tarmoqlar joylashish planida quyidagilar keltiriladi:
    - asosiy bino, texnologik qurilmalar, sanoat maydonchalarining konturlari, 
    asosiy texnologik qurilmalar;
    - texnologik agregatlar, karkas, armaturalar, devorlar, shift va kolonnalar, 
    transheyalar, tunnel va estakadalarda, quvurlarda avtomatika vositalariga bajarilgan 
    elektr va quvurli tarmoqlar, kabellar;
    - devorlardan quvurli elektr tarmoqlarning o‘tish joylari:


    - texnologik qurilmalarda va tarmoklarda o‘rnatilgan birlamchi asboblar, 
    rostlovchi organlar, nazorat-o‘lchov asboblarining sezgir organlari (elementlari);
    - bino inshoot devorlarida, texnologik agregatlar karkaslarida щitlardan 
    tashqarida o‘rnatilgan asboblar, rostlovchilar, bajarish mexanizmlari, elektr 
    apparatlar va boshqa kurilmalar;
    - Shitlar, pultlar, termoelektron termometrlar ulanish joylari ulanish qutilari.
    Sxemalarda montaj materiallari va jihozlari ro‘yxati beriladi. 
    NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
    1. Montaj ishlarini bajarish rejasi qanday bosqichlardan iborat buladi?
    2. Montaj ishlarida kanday asboblar ishlatiladi?
    3. Montaj ishlarini bajarish loyihasi nima?
    4. Montaj ishlarini bajarish rejasi qanday ishlab chiqiladi?
    5. Montaj ishlarini bajarishda qanday xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
    qilinadi?
    6. Montaj ishlarini qanday ketma-ketlikda bajariladi? 
    7. Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari montajida 
    tayyorgarlik ishlari qanday bajariladi?
    8. Montaj ishlari qanday sxemaga asoslanib bajariladi? 

    Download 174.8 Kb.




    Download 174.8 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    18-ma’ruza: Avtomatlashtirish vositalarini montaj qilish va sozlash ishlari bo‘yicha umumiy tushunchalar

    Download 174.8 Kb.
    Pdf ko'rish