• Tayanch iboralar
  • 19-mavzu. Applikatsiya va mozaika darslarini tashkil etish metodikasi. Reja




    Download 19.21 Kb.
    bet1/5
    Sana02.06.2023
    Hajmi19.21 Kb.
    #68907
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    19- maruza texnologiya
    Mavzu G‘oyaviy-siyosiy tarbiya, Mustaqil ish H.Jumayeva, 1. Jàmîà tushunchàsi. O‘quvchilàr jàmîàsini shàkllàntirishning m, Мавзу бўйича тест саволлар, SARVAR ABN, 2 5267140917340409100, 3-kurs Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi, Tafakkur qonunlari va ularning izohini Tafakkur qonunlarining fo-fayllar.org, 187493, MBBT Amaliy ish, Маъруза 12.1, ADASHEV DOSTON MUXTORJON O‘G‘LI QAYD VARAQA, 10 amaliy , mashgulot, Вопросы по ПК



    19-mavzu. Applikatsiya va mozaika darslarini tashkil etish metodikasi.
    Reja:
    1. Applikatsiya va mozaika san`ati haqida tushuncha.
    2. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi.
    3. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to`g`ri tashkil etish talablari.Applikatsiya va mozaika ishlarining o`quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati.
    Tayanch iboralar: texnologiya, Applikatsiya, mozaika san`ati, ta`limi va tarbiyasi, tasvir xilma xilligi.
    Applikatsiya va mozaika san`ati haqida tushuncha
    Applikatsiya
    — lotincha so‘z bo‘lib, yopishtirish degan ma’noni anglatadi, ya’ni bir material turini ikkinchisining ustiga qo‘yib tikish yoki yopishtirishdir. Bunda biror ko‘rinishda (syujet, o'simliklar, hayvonlar, geometrik shakllar va hokazo) ishlatila­digan materiallar xususiyatidan kelib chiqib, uni asosiy materialga tikish yoki yopishtirish mumkin.
    Applikatsiya — texnik ijodkorlikning bir tarmog‘i bo‘lib, u turli shakllami qirqish, joylash va asos (fon) deb atalgan materialga yopishtirish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Applikatsiya tayyorlash jarayonida kishining ijodkorlik qobiliyati shakllanadi, kuzatuv- chanlik, e’tibor, tasawur doirasi kengayadi, rang-tasvir, chama- lash qobiliyati kuchayadi, sabr, chidamlilik, qo‘l mehnatiga bo'lgan munosabati, badiiy didi ijobiy shakllanadi.
    Applikatsiya kiyimlami, turli buyumlami va xona jihozlarini bezashda, ko‘rgazma materiallami tayyorlashda qoilaniladigan qadimiy amaliy san’at turlaridan hisoblanadi. Applikatsiyada kiyim- kechak va ro‘zg‘or buyumlarini bezash uchun gazlama, fetr, zamsh, charm, mo‘yna parchalaridan foydalaniladi, ya’ni ulami bezak bo‘yicha asosiy gazlamaga qoplab, turli choklar: tekis chok, petlya chok, popop chok va hokazolar bilan chatib qo‘yiladi. Gazlamalaming turli-tumanligi, ularning rangi fakturasi qiziqarli va antiqa pannolar yaratishga yordam beradi. Applikatsiya bilan tikilgan buyumlar alohida dekorativ xarakterda bo‘lib, zamonaviy interyerga juda mos tushadi.
    Applikatsiya oson tikilishi, turli gazlama va materiallami ishlatish mumkinligi bilan ko'pchilikning diqqat-e’tiborini tortadi. Qo‘l hunarining bu turiga har qanday ochiq rangli gazlama parchalari yaraydi. Bitta rangni ikkinchisiga qo‘yib ko‘rib, ranglaming juda chiroyli uyg‘unligini va kompozitsiyalarini topish mumkin.
    Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko`rgazmali qurollar, turli o`yinlar uchun qo`llanmalar, o`yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar va hakozalarni bezashda ishlatiladi.
    Applikatsiya bilan shug‘ullanish o`quvchilarni garmonik rivojlantirishda kata ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi tasavvo‘rni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o`stiradi.

    Download 19.21 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 19.21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    19-mavzu. Applikatsiya va mozaika darslarini tashkil etish metodikasi. Reja

    Download 19.21 Kb.