Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi




Download 19.21 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2023
Hajmi19.21 Kb.
#68907
1   2   3   4   5
Bog'liq
19- maruza texnologiya
Mavzu G‘oyaviy-siyosiy tarbiya, Mustaqil ish H.Jumayeva, 1. Jàmîà tushunchàsi. O‘quvchilàr jàmîàsini shàkllàntirishning m, Мавзу бўйича тест саволлар, SARVAR ABN, 2 5267140917340409100, 3-kurs Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi, Tafakkur qonunlari va ularning izohini Tafakkur qonunlarining fo-fayllar.org, 187493, MBBT Amaliy ish, Маъруза 12.1, ADASHEV DOSTON MUXTORJON O‘G‘LI QAYD VARAQA, 10 amaliy , mashgulot, Вопросы по ПК
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi. Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e‘tibor uning umumiy ko`rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o`ylangan kompozitsiya, ya‘ni tasvirlash lozim bo`lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir. Tasvirlash lozim bo`lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. Tayyorlangan detallar elimlanadigan sath, ya‘ni fonga joylashtiriladi va o`ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma‘qul bo`lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o`rnini qalam bilan belgilab qo`yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko`ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o`qini o`tkazish va elementlarni shunga ko`ra joylashtirish lozim. Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko`pincha ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo`ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e‘tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o`lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko`ra eng katta element asosiy tematik element bo`lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o`quvchilari 8 – Mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko`nikmalarini sinaydilar va rangli qog‘ozdan ingichka oq va sariq to`g‘ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog‘ozdan doira qirqsa bo`ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo`lishi mumkin. Novdalar ham qo`lda qirqiladi. Suhbatni o`qituvchi ―
8 Mart kuni‖ haqida olib boradi va bunda sovg‘a masalasini eslatib o`tadi. Eng yaxshi sovg‘a o`z qo`li bilan yasagan sovg‘adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo`lishi mumkin.
Shundan keyin namuna ko`rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun qog‘oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
2. Ko`k rangdagi qog‘ozga to`g‘ri burchak chiziladi, uning o`lchami uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko`k qog‘ozdan qirqilgan to`g‘ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi, bunda ko`k qog‘oz taklifnomani bo`yashd a halaqit bermasligi uchun bukish chizig‘ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi qog‘ozni kerakli o`lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko`k va jigar rang qog‘ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.Ish ijodiy tarzda bo`lganligi uchun o`quvchilar gullarni shoxlarga o`zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o`qituvchi tarqatgan andoza bo`yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so`zi yoziladi. Mozaika monumental deqorativ sa‘nat turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo`llaniladigan materialiga ko`ra ham, naqsh va rasmlariga ko`ra ham o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan. O`rta Osiyo madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental sa‘natga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sa‘nati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna,sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli ko`zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo`shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.

Download 19.21 Kb.
1   2   3   4   5




Download 19.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi

Download 19.21 Kb.