Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to`g`ri tashkil etish talablari.Applikatsiya va mozaika ishlarining o`quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati




Download 19.21 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2023
Hajmi19.21 Kb.
#68907
1   2   3   4   5
Bog'liq
19- maruza texnologiya
Mavzu G‘oyaviy-siyosiy tarbiya, Mustaqil ish H.Jumayeva, 1. Jàmîà tushunchàsi. O‘quvchilàr jàmîàsini shàkllàntirishning m, Мавзу бўйича тест саволлар, SARVAR ABN, 2 5267140917340409100, 3-kurs Matematikadan misol va masalalar yechish metodikasi, Tafakkur qonunlari va ularning izohini Tafakkur qonunlarining fo-fayllar.org, 187493, MBBT Amaliy ish, Маъруза 12.1, ADASHEV DOSTON MUXTORJON O‘G‘LI QAYD VARAQA, 10 amaliy , mashgulot, Вопросы по ПК
Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to`g`ri tashkil etish talablari.Applikatsiya va mozaika ishlarining o`quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati. Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po`sti va shu kabilar) qo`yib chiqishdir.
1.Tuxum po`stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo`ritilgan tuxum po`sti mo`yqalam yordamida akvarel bo`yoqlari bilan kerakli ranglarga bo`yaladi.
2. Bo`yoq qurigandan keyin tuxum po`stini tanlangan rasmga ko`ra mayda va yirik bo`laklarga bo`linadi.
3.Tuxum po`stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo`lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog‘oz orqali o`tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga elim surtiladi. U erga tuxum po`sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha elim toza latta bilan artib tozalanadi, po`st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo`yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi. Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari, danak, baliq tangalari, chig‘anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin Keyingi yillarda yog‘ochning turli navlaridan mozaika qilish keng tarqaldi. Bu ish unchalik murakkab emas, uni ustaxona sharoitlarida ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun yupqa yog‘och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig‘iladi va keyin ularniasosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi. Yog‘och mozaika nabori juda qiziqarli va ishning zamonaviy turidir. Hozirgi kunda u keng tarqalgan. Uning aniq, lo‘nda, dekorativ tasvirli yaltiroq polirovka qilingan sathi kvartiralarning zamonaviy planirovkasiga, devorlar rangi, mebellarning qat‘iy qatoriga juda mosdir.
Mozaika bilan mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va ko‘pchilik shu narsalarni bezash mumkin.Yog‘ochga qo‘l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik texnikasining ma‘lum qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni ishlayotgan har bir kishi uchun majburiydir.
Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat‘iy qoidalari:
1. Ishni hech qachon o‘qituvchining ruxsatisiz boshlama!
2. Asboblarni faqat o‘z o‘rnida ishlat!
3. Yaroqsiz asbob bilan ishlama!
4. Ishni chet ishlarga chalg‘imasdan bajar!
5. Asbobuskunalarni o‘zi uchun belgilangan joyda saqla!
6. Uzun kiyimda bo‘lma, yengingni shimar, choklarini yig‘!
7. Materialni qo‘lda yo‘nma!
8. Osilib turganda kesma!
9. Pichoq bilan o‘zing, o‘rtog‘ing tomonga qarab yo‘nma!
10. Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza bint bilan bog‘la.
Mozaika—nafis san‘at turi bo‘lib, yog‘och, shisha, gips,sopol buyumlarida naqsh berib bezashda foydalaniladi. Mozaika – rang-barang koshin, shisha,marmar, tosh, yog‘och metal parchalari bir-biriga zich terib yopishtirib ishlangan naqsh tasvir monumental-bezak san‘ati turlaridan biridir. Mozaika tayyorlashning ikki usuli mavjud.
1. ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri terish‖ tosh, shisha, sopol parchalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri devorga, polga, shiftga siment yordamida yopishtirib, suvab tasvir hosil qilinadi.
2. ―Qayta terishda‖da koshin, sopol parchalariqog‘oz, metall, yog‘och taxtaga yopishtirib tasvir hosil qilinadi. Keyin shu tasvir tegishli joyga ko‘chiriladi.
Mozaikaning Qadimgi Sharq mamlakatlarida keng tarqalgani ma‘lum. Antik davr va o‘rta asrlarda Vizzantiya, Italiya, Gruziyada XV-XVI asrlarda sharqda, jumladan, hozirgi O‘rta Osiyo teritoriyasida rivoj topgan.Samarqand, Buxoro,Xiva kabi yirik shaharlarda mozaika usulidan jozibador koshinkori yozuv va naqshlar ishlangan binolar, minoralar saqlangan.

Download 19.21 Kb.
1   2   3   4   5




Download 19.21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to`g`ri tashkil etish talablari.Applikatsiya va mozaika ishlarining o`quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati

Download 19.21 Kb.