• O‘lchash deb
  • O‘lchash jarayoni
  • O‘lchash natijasi
  • 2-amaliy mashg`ulot Mavzu: Texnologik o‘lchashlarda qo`llaniladigan o`lchov birliklari. Xalqaro va sanoat o`lchov birliklari tizimi bilan tanishuv va ular yordamida o`lchov birliklarini bir tizimdan boshkasiga utkazish buyicha masalalar




    Download 170,4 Kb.
    bet1/4
    Sana13.02.2024
    Hajmi170,4 Kb.
    #155661
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-amaliy mashg\'ulot TNUA
    JFzkHGoL0sznD9bugWlbWKjUb2yCRVpGnmPPkwoc (7), Abdurashidova K 911-916, 1 таж-ба

    2-amaliy mashg`ulot
    Mavzu: Texnologik o‘lchashlarda qo`llaniladigan o`lchov birliklari. Xalqaro va sanoat o`lchov birliklari tizimi bilan tanishuv va ular yordamida o`lchov birliklarini bir tizimdan boshkasiga utkazish buyicha masalalar yechish.
    Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartish zarurligi nazarda tutiladi. Shu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi. Kirishiga o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich birlamchi va o‘lchashsignallarini o‘zgartishni amalga oshiradiganlari oraliq o‘zgartkich deb yuritiladi.
    Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina zamonaviy qurilmalar birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa liniyalaridan tashkil bo‘lgan sistemalardan iborat.
    Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhitga bevosita tegib turadi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan (elek­trik, pnevmatik, kamroq — gidravlik) aloqa simlari bo‘yicha boshqarish shchitiga o‘rnatilgan ikkilamchi asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartishga mo‘ljallangan.
    Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir element o‘lchanayotgan parametrni qabul qiladi va uni boshqa fizik tabiatli signalga o‘zgartadi. Agar bu signal masofaga uzatishga qulay bo‘lsa, unda u aloqa liniyasi bo‘yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi va u bilan o‘lchanadi.
    Kattalikning sonli qiymatini odatda o‘lchash amali bilangina topish mumkin, ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
    O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.
    Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o‘lchash bu har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik eksperimentdir; uchinchidan - o‘lchash jarayonida o‘lchanadigan kattalikning o‘lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o‘lchashdan maqsad, o‘lchanadigan kattalik bilan uning o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) nisbatni topishdir. Ya’ni, o‘lchash jarayonida o‘lchashdan ko‘zda tutiladigan maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o‘lchash ob’yekti ishtirok etadi. O‘lchash ob’yekti (o‘lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, uning yordamida o‘lchanadigan kattalik solishtiriladi.
    Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o‘lchash, o‘lchash jarayoni va o‘lchash usuli.
    O‘lchash - bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
    O‘lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo‘lmasin).
    O‘lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o‘lchash vositalari yordamida va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
    O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o‘lchash ob’yekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayeni yordamida esa shu o‘lchash ob’yekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi.
    O‘lchash natijasi - o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi.

    Download 170,4 Kb.
      1   2   3   4




    Download 170,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-amaliy mashg`ulot Mavzu: Texnologik o‘lchashlarda qo`llaniladigan o`lchov birliklari. Xalqaro va sanoat o`lchov birliklari tizimi bilan tanishuv va ular yordamida o`lchov birliklarini bir tizimdan boshkasiga utkazish buyicha masalalar

    Download 170,4 Kb.