2-laboratoriya ishi (2 soat) Ishni nomi: Dvigatelning umumiy tuzilishi Ishdan maqsad




Download 0.65 Mb.
bet1/2
Sana20.12.2023
Hajmi0.65 Mb.
#125448
  1   2
Bog'liq
TVK 2-Labaratoriya (1)
Mavzu algoritm, 122365, 3-mavzu, DASTURLASH.1 DI-12-22. Mustaqil ish-4, arka bahce, Tadbir 2 .7doc, Аммиакли селитра ишлаб чиқаришидаги НИФ қурилмасининг иссиқлик техник, Rahmatjon abduqodirov, fNLwYhTw4ySRF0Zi34X73GoHt2oUBbQi7HX5Y2ow, Referat, opshita royxat, Uch karrali integrallar-fayllar.org, 111 Ochiq , Development of Integration Processes in the Agro-Industrial Complex of the Russian Regions, 3 Haziniy devoni .G’azallar tahlili



2-laboratoriya ishi (2 soat)
Ishni nomi: Dvigatelning umumiy tuzilishi
Ishdan maqsad: Zamonaviy avtomobillarga o’rnatilgan ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi va asosiy ko’rsatkichlarini o’rganish.
Umumiy ma’lumotlar: UzDAEWOO auto va GM avtomobillari dvigatellarining xususiyatlari va texnik ko’rsatkichlari.
Tiko, Damas, avtomobillarida 3 silindrli 4 taktli karbyuratorli va injektorli (Matiz M, Matiz MX) hamda 4 silindrli injektorli (Matiz-Best, Neksiya 1,2, Lasetti) 4 taktli benzinli, klapanlari yuqorida joylashgan dvigatellar o’rnatilgan. Ushbu dvigatellar kuch uzatmasi bilan yaxlit ishlangan (Damasdan tashqari).
Tikoda ikki kamerali, Damasda esa bir kamerali karbyurator o’rnatilgan.
Neksiya, Lasetti va Matizlarda yonilg’i kiritish quvuri ichiga bevosita purkab beriladi. Neksiya 1 da bitta taqsimlash vali va 8 ta klapan bor. Neksiya 2 da esa ikkita taqsimlash vali va 16 ta klapan bor. Shuning uchun Neksiya 2 da silindr ichiga ko’proq yonilg’i aralashmasi kiradi, natijada dvigatelning uning quvvati Neksiya 1 ga nisbatan 10 ot kuchiga ko’proq bo’ladi.
UzDAEWOO auto va GM avtomobillari dvigatellarida klapanlarning issiqlik tirqishi Tiko, Damas va Matizlarda mexanik ravishda, Neksiya 1, 2 va Lasettida avtomatik ravishda gidrokompensatorlar yordamida rostlanadi. Taqsimlash vali hamma dvigatellarda yuqorida joylashganligi uchun tishli remen orqali tirsakli valdan yuritma oladi.
Yonish kamerasining mukammal formasi va yuqori siqish darajasi (8,6 – 9,3) hisobiga ushbu dvigatellarda yonilg’i sarfi juda kam. Yonish kamerasining 70% silindrlar bloki kallagida va 30% bevosita porshenda joylashgan. Yonish kamerasi oval formada bo’lib yonuvchi aralashmaning yaxshi
alangalanishini ta’minlaydi.
Tikoda tranzistorli, Damasda yarim tranzistorli, Neksiya, Matizlarda va Lasettida elektronli yondirish tizimi mavjud.
UzDAEWOO auto va GM dvigatellarida yopiq turdagi sovitish tizimi qo’llanil-gan. Tiko, Damasda parafinli, Neksiya va Lasetti va Matizda serezinli qattiq to’ldirgichli termostat bor. Dvigatellarning optimal harorati 82-95oC (Tiko, Damas, Matiz) 86-102oC (Neksiya va Lasetti). Sovitish suyuq-ligi hajmi – 3,8 l (Matizda).
Ventilyatorning ulanish va o’chish harorati – Matizda ikki bosqichli 1) 93oC da ulanadi va 90oC o’chadi (kichik tezlikda), 2) 100oC da ulanadi va 97oC da o’chadi (yuqori tezlikda).
UzDAEWOO auto va GM dvigatellarida kombinasiyalashgan moylash usuli qo’lla-nilgan. Moy nasosi ichki ilashmali tishli shesternyadan iborat. Bittadan
moy filtrlari mavjud. Moy sig’imi Matizda 2,7 l.
UzDAEWOO auto va GM dvigatellarining ta’minlash tizimida karbyurator va in-jektor mavjud. Tiko va Damasda karbyuratorli, Matiz, Neksiya 1, 2 va Lasettida injektorlidir. Neksiya 2 avtomobili dvigatelining silindrlar blokining kallagida ikkita taqsimlash vali mavjud bo’lib, har bir silindrga 2 tadan 16 ta klapan bor. SHuning uchun Neksiya 1 ning quvvati 75 ot k., Neksiya –2 niki esa 85 ot k. ga teng.
Yonilg’i nasosi Tikoda mexanik diafragmali, Damasda solenoidli, Matiz, Neksiya 1, 2 va Lasettida esa elektrlidir.






Ko’rsatkichlar

Avtomobil markasi










1.

Dvigatelning turi










2.

Silindrlar soni










3.

Silindrlar joylashuvi










4.

Ish tartibi










5.

Dvigatelning ish hajmi, l










6.

Siqish darajasi










7.



Dvigatelning maksimal quvvati,
kvt (ot kuchi)










8.

Tirsakli valning maksimal aylanishlar chastotasi, min-1










9.

Dvigatelning maksimal momenti, N*m(kg*m)










10.

Tirsakli valning maksimal momentga to’g’’ri keluvchi aylanishlar chastotasi













Download 0.65 Mb.
  1   2




Download 0.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-laboratoriya ishi (2 soat) Ishni nomi: Dvigatelning umumiy tuzilishi Ishdan maqsad

Download 0.65 Mb.