• Dastur tuzish bosqichlari.
  • Mavzu. Dasturlashtirish asoslari Dastur




    Download 73.33 Kb.
    bet1/3
    Sana19.02.2022
    Hajmi73.33 Kb.
    #17792
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu algoritm
    122365, 3-mavzu, DASTURLASH.1 DI-12-22. Mustaqil ish-4, arka bahce, Tadbir 2 .7doc, Аммиакли селитра ишлаб чиқаришидаги НИФ қурилмасининг иссиқлик техник, Rahmatjon abduqodirov, fNLwYhTw4ySRF0Zi34X73GoHt2oUBbQi7HX5Y2ow, Referat, opshita royxat, Uch karrali integrallar-fayllar.org, 111 Ochiq , Development of Integration Processes in the Agro-Industrial Complex of the Russian Regions, 3 Haziniy devoni .G’azallar tahlili

    Mavzu. Dasturlashtirish asoslari


    Dastur.
    Dastur kompyuterda ishlovchi inson bilan muloqotini ta’minlaydi, ya’ni, inson kompyuterga kerakli ma’lumotlarni klaviatura yordamida kiritadi, kompyuter esa bu ma’lumotlarni qayta ishlab, uning natijasini ekran, printer yoki faylga chop etadi. Aslida kiritilgan ma’lumotlarni qayta ishlab natijani oluvchi bu kompyuterning protsessoridir. Protsessor kiritilgan ma’lumotlarni natijaga dastur deb ataluvchi ma’lum bir dasturlashtirish tilida yozilgan algoritm asosida aylantiradi. Shunday qilib kompyuter ma’lum bir vazifani bajarishi uchun dastur deb ataluvchi komandalar ketma ketligini yozib chiqish kerak bo`ladi.


    Dastur tuzish bosqichlari.
    Dastur tuzish bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. Dasturning matematik modelini yaratish. Bunda qo`yilgan masala tahlil etiladi, qaysi usuldan, formuladan foydalangan holda masalaning yechimi topish mumkinligi o`rganiladi. Dasturga qo`yilgan talablar o`rganiladi. Foydalanuvchi va dastur muloqotini ta’minlovchi dialog oynasi yaratiladi.

    2. Algoritm ishlab chiqish. Bu bosqichda natija olish uchun buyruqlar ketma ketligi ishlab chiqiladi. Agar natijani bir nechta usullar yordamida olish mumkin bo`lsa dasturchi eng optimal algortimni tanlashi kerak. Bu bosqichning natija algoritmik tilda yozilgan buyruqlar ketma ketligi yoki blok-sxema bo`lishi mumkin.

    3. Dasturlashtirish tilida algoritmni yozish. Dasturga qo`yilgan talablar o`rganilib, masalani hal qilish algoritmi tuzilgandan keyin biror bir dasturlashtirish tiliga algoritm o`giriladi. Natijada dastur kodi hosil bo`ladi.

    4. Otladka. Otladka – bu xatolarni topish va tuzatish bosqichidir. Dasturda xatoliklar ikki xil bo`lishi mumkin: sistaksis (matndagi xatolik) yoki algoritmik. Sintaksis xatoliklar oson tuzatiladi. Algoritmik xatoliklarni tuzatish qiyinroq. Dastur bir necha xil qiymatlarda to`g`ri ishlasa otladka oxiriga yetgan hisoblanadi.

    5. Testdan o`tkazish. Dastur boshqa foydalanuvchilarga mo`ljallanib tuzilgan bo`lsa, testdan o`tkazish bosqichi muhimdir. Bu bosqichda o`zgaruvchilarga katta qiymatlar yoki boshqacha (masalan sonli o`rniga matnli) qiymatlar kiritilib ko`riladi va dasturning unga reaksiyasi tekshiriladi.

    6. Yordam sistemasini yaratish. Agar dasturchi dasturni boshqa foydalanuvchilar uchun mo`ljallab tuzayotgan bo`lsa, u albatta yordam sistemasini yaratishi kerak. Zamonaviy dasturlarda yordam sistemasi CHM yoki HLP fayllar formasida yaratiladi.Bundan tashqari dasturni o`rnatish davomida foydalanuvchi uchun Litsenziya bilan tanishtiruvchi va Readme fayllari TXT, DOC yoki HTM formatda yaratiladi.

    7. Ustanovichniy diskni yaratish (CD-ROM). Dasturni o`rnatuvchi CD-ROM yoki o`rnatuvchi disklar foydalanuvchi dasturni tuzgan insonning yordamisiz o`zining kompyuteriga o`rtana olishi uchun yaratiladi. Odatda bu diskda yordam sistemasi va dasturni o`rnatish uchun ko`rsatmalar (Readme fayllari) ham bu diskdan o`rin oladi. Shuni aytish kerakki zamonaviy dasturlashtirish tillarida tuzildan dasturlarni ko`p holatlarda EXE faylini kompyuterga ko`chirib olgan bilan ishlatib b`olmaydi. Chunki dasturchi bu dasturlarni tuzish jarayonida maxsus bibliotekalar va komponentalardan foydalangan bo`lishi mumkin. Shuning uchun ustanovichniy programma maxsus o`zi uchun papka yaratib, o`ziga kerakli hamma fayllarni nusxasini yi`gib olishi kerak. InstallShield Express dasturi bilan ishlashga keyinroq qaytamiz.


    Download 73.33 Kb.
      1   2   3




    Download 73.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Dasturlashtirish asoslari Dastur

    Download 73.33 Kb.