• :=, if, while, for ); O`zgaruvchini; O`zgarmasni; Arifmetik (+, -, *, /) yoki mantiqiy (and, or, not
  • O`zgaruvchi tiplari. Dastur turli xil ma’lumotlar tiplari bilan ishlay oladi: butun va kasr sonlar, simvollar, yozuvlar, mattiqiy kattalik. Butun sonlar tiplari.
  • Longint -2 147 483 648… 2 147 483 647 32 bit Int64
  • Longword 0 … 4 294 967 295 32 bit Object Pascal
  • Real48, single, Double, Extended, comp, Currency
  • Delphi
  • Widechar
  • Longstring
  • Mantiqiy tiplar. Mantiqiy tiplar faqatgina ikkita qiymatdan bittasini qabul qila oladi: True
  • Delphi dasturlashtirish tili




    Download 73.33 Kb.
    bet3/3
    Sana19.02.2022
    Hajmi73.33 Kb.
    #17792
    1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu algoritm
    122365, 3-mavzu, DASTURLASH.1 DI-12-22. Mustaqil ish-4, arka bahce, Tadbir 2 .7doc, Аммиакли селитра ишлаб чиқаришидаги НИФ қурилмасининг иссиқлик техник, Rahmatjon abduqodirov, fNLwYhTw4ySRF0Zi34X73GoHt2oUBbQi7HX5Y2ow, Referat, opshita royxat, Uch karrali integrallar-fayllar.org, 111 Ochiq , Development of Integration Processes in the Agro-Industrial Complex of the Russian Regions, 3 Haziniy devoni .G’azallar tahlili
    Delphi dasturlashtirish tili.
    Delphi dasturlashtirish tili operatorlar deb nomlanuvchi ko`rsatmalar ketma-ketligidan iborat. Har bir ko`rsatma boshqasidan nuqtali vergul bilan ajratiladi. Har bir ko`rsatma identifikatorlardan tashkil topadi. Identifikator quyidagilarni ifodalashi mumkin:

    • Til ko`rsatmasini (:=, if, while, for);

    • O`zgaruvchini;

    • O`zgarmasni;

    • Arifmetik (+, -, *, /) yoki mantiqiy (and, or, not) operatsiyani;

    • Qism dasturni (protsedura yoki funksiyani);

    • Qism dasturni boshlanishi (procedure, function) yoki tugatishni (end) yoki blokni (begin, end) belgilash.

    O`zgaruvchi tiplari.
    Dastur turli xil ma’lumotlar tiplari bilan ishlay oladi: butun va kasr sonlar, simvollar, yozuvlar, mattiqiy kattalik.
    Butun sonlar tiplari. Delphi dasturlashtirish tili yetti turdagi butun sonlar tiplari bilan ishlay oladi: shortint, smallint, Longint, Int64, Byte, word va Longword.


    2.2-jadval. Butun sonlar tiplari haqida ma’lumot

    Tip

    Sohasi

    formati

    Shortint

    -128…127

    8 bit

    Smallint

    -32 768… 32 767

    16 bit

    Longint

    -2 147 483 648… 2 147 483 647

    32 bit

    Int64

    -263… 263 – 1

    64 bit

    Byte

    0…255

    8 bit

    Word

    0…65 535

    16 bit

    Longword

    0 … 4 294 967 295

    32 bit



    Object Pascalda Longint ga ekvivalent Integer tipi ham mavjud.


    Haqiqiy sonlar tiplari.
    Delphi dasturlashtirish tilida olti turdagi haqiqiy sonlar tiplari mavjud: Real48, single, Double, Extended, comp, Currency. Tiplar o`zaro sohasi, raqamlar soni va xotiradan egallaydigan hajmlari bilan farqlanadi.


    2.3-jadval. Haqiqiy sonlar tiplari haqida ma’lumot

    Tip

    Sohasi

    Raqamlar soni

    Bayt

    Real48

    -2.9x 10-39…1.7x1038

    11-12

    06

    Single

    -1.5 x 10-45-3.4х 1038

    7-8

    04

    Double

    -5.0x10-324 -1.7x10308

    15-16

    08

    Extended

    -3.6x10-4951 -1.1 х104932

    19-20

    10

    Comp

    -263+1 - 263-1

    19-20

    08

    Currency

    -922 337 203 685 477.5808 …
    922 337 203 685 477.5807

    19-20

    08















    Delphi dasturlashtirish tili Double tipiga ekvivalent tip Real tipiga ham ega.


    Simvolli tiplar.
    Delphi dasturlashtirish tili ikki turdagi simvolli tiplarga ega: Ansichar va Widechar:

    • Ansichar tipi – bu 0 dan 255 gacha bo`lgan sonlarga mos keluvchi ANSI kodirovkasi simvollaridir;

    • Widechar tipi – 0 dan 65535 gacha bo`lgan sonlarga mos keluvchi Unicode kodirovkasi simvollaridir.

    Object Pascal da Ansichar tipiga ekvivalent Char tipi ham keng qo`llaniladi.


    Qatorli tiplar.
    Delphi tili uchta qatorli tipga ega: shortstring, Longstring, Widestring.

    • Shortstring tipi 0 dan 255 taga simvolga ega bo`lgan qatorli yozuvlardir.

    • Longstring tipi taxminan 2^31 o`lchamli simvollardan iborat bo`ladi.

    • Widestring tipi taxminan 2^30 o`lchamli simvollardan iborat bo`ladi. Har bir simvollar qatori Unicode simvolidan iboratdir.

    Delphida string identifikatoridan foydalanish imkoniyati bor. U shortstring tipiga ekvivalent hisoblanadi.



    Mantiqiy tiplar.
    Mantiqiy tiplar faqatgina ikkita qiymatdan bittasini qabul qila oladi: True (rost) va False (yolg`on). Delphida mantiqiy o`zgaruvchilar Boolean tipiga tegishlidir.

    Download 73.33 Kb.
    1   2   3




    Download 73.33 Kb.