• Nazariy qism
  • 2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish. Ishning maqsadi




    Download 11.82 Kb.
    bet1/3
    Sana01.11.2023
    Hajmi11.82 Kb.
    #92561
      1   2   3
    Bog'liq
    2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ish-fayllar.org
    Ma’lumotlar. Rеjа-fayllar.org, Iqtisodiyotda akt 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi], perehodi-mezhdu-tarifami-uz, Mustaqil ishlar royhati, zebra 19talik, BOT(S)-228q-Nutq madaniyati va notiqlik san’ati (1), c (1), 1, лаб2, 1-betlik mundarija, 04 G`ulomqodirov H Qidiruv algoritmlari va optim, psixometr, Referat (26-variant) kiberxavfsizlik sohasida mashhur sertifikat, lazarev top

    2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish. Ishning maqsadi

    2-Laboratoriya ishi
    CISCO PACKET TRACER DASTURINI SOZLASH VA ISHLASH JARAYONINI TEKSHIRISH.


    Ishning maqsadi:Cisco Packet Tracer dasturini sozlash va ishlash ko`nikmalariga ega bo`lish.


    Nazariy qism
    Cisco Packet Tracer Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya tarmoqlari va tarmoq qurilmalarini o'rganish, shuningdek oliy o'quv yurtlarida laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun tavsiya etiladi.

    Turli xil qurilmalardan foydalanishga imkon beradi. (Kommutator, konsentrator, marshrutizator, lokal stansiya, simsiz uskunalar). Asosiy oyna 1-rasmda ko‘rsatilagan.

    1- rasm. Cisco Packet Tracerning asosiy oynasi
    Oynaning asosiy qismida modellashtiruvchi tarmoq ko‘rsatilgan. Ob’yekt turini tanlash oynaning mana shu qismida amalga oshiriladi.

    2- rasm. Element turini tanlash

    Oynaning o‘ng tarfida tarmoq ob’yektlarining o‘zi joylashgan, ya’ni imkoni bor ob’yektlar turi.

    Routers marshrutizatorlar turli xil seriyadagi imkoni bor Cisco marshrutizatorlari, shuningdek, barcha marshrutizatorlar uchun funksiyalarni bajaradigan umumlashgan marshrutizatorlar (Generic).


    Switches – kommutatorlar 2 darajadagi turli xil seriyali imkoni bor boshqariluvchi kommutatorlar.
    Hubs – konsentratorlar – Wireless Devices simsiz uskunalar.
    Generic umumlashgan nuqta, Linksys simsiz marshrutizator, Linksys integrirlangan xizmatlar bilan.
    Connection – uskunalarni bog‘lovchi turli xildagi bog‘lamalar:
    1.Auto – bog‘lanish turini avtomatik aniqlovchi. (uskunalarni eng yaxshi bog‘lanish usulini avtomatik tarzda aniqlaydi.)
    2.Console – Console kabeli yordamida bog‘lanish. (shaxsiy kompyuterga Com porti orqali va Ciscouskunasi yordamida Console ga kiriladi).
    3.Copper Straight Trough – kabelning to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish usuli orqali bog‘lanish.
    4.Copper Cross Over – kabelning kross ulanish usuli orqali bog‘lanish.
    5.Fiber – optik tolali liniya aloqasi orqali bog‘lanish.
    6.Phone – telefon liniyasi orqali ulanish.
    7.Coaxial – koaksikal kabel yordamida bog‘lanish.
    8.Serial DSE va Serial DTE – aloqaning ketma – ket kanallari.
    9.End Devises – yakunlovchi qurilmalar.
    1. PCPT – PC – PT shaxsiy kompyuter
    2.Server PT – Server stansiya
    3.Printer PT – tarmoqli printer
    4.7960 – IP telefon
    5.WAN Emulation – global tarmoq emulsiyasi, umumiy tarmoqda (Cloud) yoki (DSL modem, Cable modem) aloqasi modem aloqasidagi emulyatsiya.
    Custom Made Devises – fizik darjada uskunalar konfiguratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi.(Yangi tarmoq platalarini qo‘shish, platalarni kengaytirish va hok.)
    Multiuser Connection – bog‘lanishlar emulyatsiyasi (Laboratoriya ishlarida foydalanilmaydi).
    Tarmoqlar simulyatsiyasi tarmoq elementlarini (uskunalar, bog‘lamalar) tanlash yo‘li bilan hamda tarmoqni qurish uchun maydonga chiqarish orqali amalga oshiriladi.
    Kommutator yordamida tarmoqqa umumlashgan ikkita shaxsiy kompyuter quyidagi ko‘rinishga ega:
    Bog‘lanishni bajarayotganda uskuna ustida kerakli interfeys tanlanadi. Laboratoriya ishlarida asosan, quyidagi uskunalardan foydalaniladi:
    -shaxsiy kompyuterlar;
    -serverlar;
    -kommutatorlar;
    -marshrutizatorlar;
    -bog‘lamalar turlari;
    Shu uskumalarga oid imkoniyatlarni kengroq ko‘rib chiqamiz:
    3- rasm. Oddiy tarmoq simulyatsiyasi

    Shaxsiy kompyuter. Tugmacha bosilganda 3 ta buyruqli oynaga ochiladi (Physical, Confic, Desktop).


    4- rasm. Shaxsiy kompyuter konfiguratsiyasi (Physical buyrug‘i)
    Rasmda uskunaning fizik holatini ko‘rsatuvchi fizikal xususiyati ko‘rinadi.

    Maydonning chap tarafida barcha modullar, pastda esa bu modullar izohi beriladi.


    Confic buyrug‘ida asosiy tarmoq sozlamalarni bajarish mumkin. (Global – Settings chapda):
    Shlyuz manzili, DNS (rasm). Shuningdek, interfeys sozlamasi (Interfeys Fast Ethernet bo‘limi):MAC manzil, IP manzil, tarmoqosti maskasi, bog‘lanish tezligi va interfeys statusi(nufuzi) (6-rasm).
    5- rasm. Shaxsiy kompyuterning global sozlamalari
    6- rasm. Shaxsiy kompyuterning interfeys sozlamalari
    Desktop – buyrug‘i shaxsiy kompyuterda bajarilishi mumkin bo‘lgan quyidagi ilovalarda emulyatsiya qiladi:

    1. IP configuration – IP protokoli konfiguratsiyasi (bunda cofig buyrug‘ida emas, shu yerda bajarilishi mumkin).


    2.Dial – up – madem aloqa sozlamasi.
    3.Terminal – oynasi ochiladi, Consol port (RS32) orqali bog‘langan uskunalardan foydalanish uchun qo‘llaniladi.
    4.Command Promt – buyruq qatori (OC Windows asosiy tarmoq buyruqlari qo‘llaniladi).
    5.Web Brouser.
    6.PC Wireless – simsiz ulanish sozlamasi.
    Konfiguratsiya nuqtai nazaridan server shaxsiy kompyuterdagi mavjud xususiyatlarga ega.
    Kommutator – shaxsiy kompyuterdagi buyruqlarga ega (buyruqlari mos keladi), biroq Desktop buyrug‘i o‘rniga CLI buyrug‘i mavjud. U konsul kommutatoriga bog‘lanishga imkon beradi. Confic buyrug‘I izohi metodik qo‘llanmalarda ko‘rsatilmagan, chunki kommutatorning barcha sozlamalri CLI interfeysi orqali amalga oshiriladi. Marshrutizator oynasi xususiyatlari kommutator oynasi xususiyatlariga mos keladi. CLI interfeysi OCI Cisco IOS ni taqdim etadi, shuning uchun kommutator va marshrutizatorlarni boshqarish umumiy prinsiplarini izohlash hech qanday ma’noga ega emas. Ko‘pgina laboratoriya ishlariga Pka kengaytmali fayllar ilova qilinadi. Bu fayllar o‘rganish yoki sozlash zarur bo‘lgan tayyor tarmoqlarini o‘z ichiga olgan. Ushbu fayllarda shuningdek, ushbu metodik qo‘llanmada takrorlanadigan metodik ko‘rsatmalarni ham aks ettiradi. Ko‘rsatmalr alohida oynada ko‘rsatiladi.
    Ko‘rsatmalardan tashqari ishning tugallangan darajasini ha o‘zida saqlaydi – completion (agarda simulyatsiyalanayotgan tarmoqni sozlash uchun biror – bir harakat kerak bo‘lsa). Biroq agar ushbu parameter boshidanoq 100% ni ko‘rsatsa, bu nafaqat ishning tugallanganligini, balki ish kuzatuv yoki tekshiruvga ega ekanligini ham anglatishi ham mumkin.
    Reset Activity knopkasi barcha kiritilgan o‘zgartirishlarni bekor qilishi va ishni qaytadan boshlashga imkon beradi. Oldingi yoki keying qadamga (agar u birdan ko‘p bo‘lsa) shular orqali o‘tishi mumkin. Ishni Check Results knopkasi orqali tekshirish mumkin. Paydo bo‘lgan oynada ishning bajarilgan bajarilmagan qadamlari va ish bo‘yicha ingliz tilida umumiy ko‘rsatmalar beriladi. Ba’zi bir holatlarda kerakli bo‘lgan harakatlarning barchasi bajarilmagunga qadar, natijalar tekshiruvi blokka tushirilgan bo‘ladi, bu odatda metodik ko‘rsatmalarda aniq ko‘rsatib o‘tiladi.
    Cisco Packet Tracer dasturi ikki rejimli simulyatsiyaga ega: Real Time va Simulation.
    1.Real vaqtda simulyatsiyani amalga oshiradi.
    2. “Qadamba – qadam” simulyatsiyani amalga oshirib har bir paketni kuzatib boradi.
    Rejimdan rejimga o‘tish oynaning pastki qismida amalga oshiriladi.
    7- rasm. Simulyatsiyani rejimdan rejimga ko‘chirish

    Simulyatsiya rejimiga o‘tish oynasi 8- rasmda ko‘rsatilgan.



    Simulyatsiya rejimida boshqarish Play Controls tugmasi orqali amalga oshiriladi. Jo‘natilayotgan paketlar oynaning asosiy qismida turli xil rangdagi konvertlarda o‘z aksini topadi.
    Cisco IOS – buyruqlar qatorining interfeysi yordamida kiritilgan buyruqlarni eslash va ularni qo‘llash haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
    Show Cisco IOS guruhi komandasi – Cisco uskunalari bilan ishlashda keng qo‘llaniladi. Ushbu laboratoriya ishida siz Show gruppasi komandasidan internet provayder tomonida joylashgan marshrutizatordan foydalanishni o‘rganasiz.
    8- rasm. Simulyatsiya rejimi


    Download 11.82 Kb.
      1   2   3




    Download 11.82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish. Ishning maqsadi

    Download 11.82 Kb.