2-ma’ruza mavzusi: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish




Download 44.07 Kb.
bet1/7
Sana21.12.2023
Hajmi44.07 Kb.
#125947
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - ma\'ruza
FTX (kompaniya) - Vikipediya., Mustaqil ish, 6 mavzu, professional-ta-lim-tizimida-matematika-fanini-o-qitishda-zamonaviy-axborottexnologiyalardan-foydalanish, Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori ipoteka qimmatli qog‘ozlar b, Avtomatlashtirilgan tizimlarni tayyorlash davrlari, baymuratov D, 05 01 04 Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining, Mavzu 17, Mavzu 6-7, 1

2-ma’ruza mavzusi:


Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qo’yiladigan talablar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda texnik va ergonomik talablar

Reja:




  1. Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish haqida tushuncha.

  2. Optimal loyihalash.

  3. PDVlarni yaratish bosqichlari va ularga qo’yiladigan talablar

  4. Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o’quvchilarning psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olish.

Tеxnikaning rivojlanishi va odamlarning og’ir qo’l mеxnatidan bo’shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mеhnat qurollarini boshqarish kеngayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo’shimcha elеmеntlarsiz mеxanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o’z navbatida loyihalarni avtomatlashtirishning muhimligini va uni rivojlantirish kеrakligini isbotladi.
Loyihalash jarayonlarini va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - mashina tеxnikasi rivojlanishining yuqori pog’onasi hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mеhnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo’ladilar. Avtomatlashtirish - mеhnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mеxnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko’plab jarayonlar uchun hizmat qiladi. Hozirgi davrda fan tеxnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud tеxnika va axborot tеxnologiyalar yangi, har taraflama zamon talablariga javob bеradigan tеxnik vositalar bilan ta'minlash zaruriyati tug’ildi.
Xorijiy mamlakatlardan kеltirilayotgan yangi tеxnika va tеxnologiyalarni o’zlashtirish esa yuqori bilim va malaka talab etadi. Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari o’quv fani yangi informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni o’zlashtirish, ulardan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun asos yaratadi. Biror bir mavzuni mustaqil ish jarayonida talaba texnikaviy adabiyotlar va internet materiallari bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, zarur
ma'lumotlarni izlab topishi, jamlashi, ularni tizimlashtirishi va taqlil
qilishi, auditoriya mashqulotlari paytida qabul qilgan informasiyasini
to’g'ri mushohada qilish qobiliyatini ko’rsatishi zarur.
Talabalarning Loyihalash jarayonlarida o’zlashtirishlari uchun
o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot kommunikasiya va pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o’qitishda pedagogik texnologiyalardan «Fikrlar xujumi», «Klaster» metodi, «Bumerang», «Skorobey», «Tarozi», «Yelpig’ich» texnologiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, elektron materiallar, tarqatma materiallar, virtual stentlardan foydalaniladi.
Nazariy ma‘lumotlar amaliyot va ko’rgazmalilik bilan mustaxkamlashi kerak.
Amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuter texnologiyalari
yordamida o’tkaziladi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta‘lim.
Bu ta‘lim o’z mohiyatiga ko’ra ta‘lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta‘lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash-yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash. O’qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar. O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O’qitish vositalari: o’qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.
Loyihalash - odam faoliyati yoki loyihani bunyod qilish bo’yicha
tashkilot, shunga o’xshashni bo’lishi, mumkin bo’lgan obekt holatlar
jamlanmasi, ma‘lum ob‘ektni bunyod qilish.


Optimal loyihalar.
Loyihalash, maqsadi bu nafaqat samarali funktsiyalar yechimini
izlashgina bo’lmay, balki turli insonlarni ehtiyojini qondirish, asoslangan
oxirgi qabul qilingan holatni optimal loyihalash deb yuritiladi. Bu 20 asrni ikkinchi yarmidan qabul qilingan nazariy tadqiqot operatsiya echimlari hisobiga va xisoblash texnikasini keng qo’llash, mahsus uslublar bilan birqancha holatda va murakkab matematik masalalarni echish orqali qo’llanila boshlandi.
Optimal loyihalashda katta ahamiyat техnik topshiriq bosqichidagi
loyihalanayotgan ob‘ektga qo’yilgan to’liq talablar ro’yhati beriladi, bu
ko’rsatkichlar o’rtasida sifat ko’rsatkichi hamda optimallashtirish
mezonidir. Bu borada yapon firmalarini tashabbusi — «Biz texnikani bunyod etmaymiz, biz insonlarni bunyod qilamiz».
Ilmiy – texnik mahsulotga namunaviy talablar:
ishonchlilik, texnologiyalilik, standartlashtirish va unifikatsiya zararli ta‘sirlarni
chegaralash (ergonomiyalilik va ekologiyalilik) estetikalilik, tejamlilik
patentli xuquq hisoblanadi.
Tizimli loyihalashning omillari -tizimli loyihalash, tizimli yondoshishga asoslanadi.
Tizimli loyihalashning omillariga:


Amaliy foydalilik:

  • faoliyat maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak; faoliyat maqsadli bo’lishi kerak;

  • faoliyat asosli va samarali bo’lishi kerak;

  • optimal variantni izlashga asoslanishi kerak;



Tarkibiy qismlar birligi:
  1   2   3   4   5   6   7




Download 44.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-ma’ruza mavzusi: Pedagogik dasturiy vositalarni loyihalashtirish

Download 44.07 Kb.