• IMSlarni tayyorlash texnologiyalari.
  • 2-mavzu. Ims tayyorlash texnologiyasi. Ims aktiv va passiv elementlari




    Download 110.62 Kb.
    bet1/10
    Sana18.12.2023
    Hajmi110.62 Kb.
    #122154
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    mustaqil ish elektronika


    2-mavzu. IMS tayyorlash texnologiyasi. IMS aktiv va passiv elementlari.


    Reja:

    1. IMSlarni tayyorlash texnologiyalari.

    2. IMS tayyorlash jarayoni.

    3. IMS asosiy parametrlari.




      1. IMSlarni tayyorlash texnologiyalari.


    Integral mikrosxema (IMS) ko‘p sonli tranzistor, diod, kondensator, rezistor va ularni bir-biriga ulovchi o‘tkazgichlarni yagona konstruksiyaga birlashtirishni (konstruktiv integratsiya); sxemada murakkab axborot o‘zgartirishlar bajarilishini (sxemotexnik integratsiya); yagona texnologik siklda, bir vaqtning o‘zida sxemaning elektroradio elementlari (ERE) hosil qilinishini, ulanishlar amalga oshirilishini va bir vaqtda guruh usuli bilan ko‘p sonli bir xil integral mikrosxemalar hosil qilish (texnologik integratsiya) ni aks ettiradi. IMS yagona texnologik siklda, yagona asosda tayyorlangan va axborot o‘zgartirishda ma’lum funksiyani bajaruvchi o‘zaro elektr jihatdan ulangan ERElar majmuasidir.
    IMS elektron asboblar qatoriga kiradi. Uning elektron as
    bob sifatidagi asosiy xususiyati shundaki, u mustaqil ravishda, masalan, axborotni eslab qolishi yoki signalni kuchaytirishi mumkin. Diskret elementlar asosida shu funksiyalarni bajarish uchun tranzistorlar, rezistorlar va boshqa elementlardan iborat sxemani qo‘lda yig‘ish zarur. Elektron asbobning uskuna tarkibida ishlash ishonchliligi avvalam bor kavsharlangan ulanishlar soni bilan aniqlanadi. IMSlarda elementlar bir-biri bilan metallash yo‘li ulanadi, ya’ni kavsharlanmaydi ham, payvand ham qilinmaydi. Buning natijasida yig‘ish, montaj qilish ishlarining si-fatini oshirish masalasi yechildi, katta miqdordagi ERElarga ega radioelektron qurilmalar ishlab chiqarishda ishonchlilik ta’minlandi.
    Hozirgi kunlarda tayyorlash usuli va bunda hosil bo‘ladigan tuzilmasiga ko‘ra IMSlarni bir-biridan prinsipial farqlanuvchi uch turga ajratiladi: yarimo‘tkazgich, pardali va gibrid. IMSlarning har turi, mikrosxema tarkibiga kiruvchi elementlar va komponentlar sonini ifodalovchi, integratsiya darajasi va konstruksiyasi bilan farq qiladi.

    Download 110.62 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 110.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Ims tayyorlash texnologiyasi. Ims aktiv va passiv elementlari

    Download 110.62 Kb.