• Tayanch iboralar
  • 2-Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda integratsiya. Informatika va axborot texnologiyalarining maxsus metodikasi. Reja




    Download 353.57 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana24.03.2024
    Hajmi353.57 Kb.
    #176090
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Metodika 5-kurs 2-Ma\'ruza sirtqi
    Abdulhayev.Z ISSIQLIK TEXNIKASI yakuniy savollari, ARTUR KONAN DOYL, TITUL (3), Niluzar 1, Kurs ishi betlik, migratsiya, Taqdimot, Layli va Majnun dostoni (1), shortcut 30, montaj yakuniy, Mantiqiy elementlar va-fayllar.org, 38-23 informatika , 4.18.7 Лекция 17 Инновационные технологии операционного менеджмента, ELEKTR ENERGIYA SIFATINI NAZORAT QILISH, pdf 20230819 0001


    Informatika o‘qitish metodikasi fanidan ma`ruza mashg`ulotlari
    2-Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar. Informatika va 
    axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda integratsiya. Informatika va axborot 
    texnologiyalarining maxsus metodikasi. 
    Reja: 
    1. Informatika va AT fanlaridan olimpiadalar tashkil etish va o’tkazish. 
    2. Integratsya tushunchasi. 
    3. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda integratsiya
    4. Informatika va axborot texnologiyalarining maxsus metodikasi.
     
    Tayanch iboralar: Iqtidorli o‘quvchi, fan olimpiadasi, asosiy olimpiada, xalqaro olimpiada, 
    onlayn olimpiada, mintaqaviy olimpiada, olimpiada bosqichlari, integratsiya, tabaqalashtirish, 
    mujassamlashtirish, differentsiatsiya, analiz, sintez, maxsus metodikasi, xususiy metodika 
     
    Informatika va AT fanlaridan olimpiadalar tashkil etish va o’tkazish 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2021 yildagi 562-sonli «Iqtidorli 
    o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy 
    tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida» gi qarori 
    asosida har o’quv yilida barcha fanlardan jumladan, Informatika fanidan ham olimpiada o’tkazib 
    kelinadi.
    Umumta’lim fanlari bo‘yicha maktablar o‘rtasida respublika miqyosida tizimli ravishda har 
    yili tashkil etiladigan olimpiada - asosiy olimpiada deyiladi. 
    Asosiy olimpiadalar to‘rt bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi: 
    birinchi bosqich — maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida 
    sentyabr oyida; 
    ikkinchi bosqich — tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida; 
    uchinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri 
    miqyosida noyabr oyida; 
    to‘rtinchi bosqich — respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida 
    o‘tkaziladi. 
    Birinchi bosqich maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar tomonidan 
    o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. 
    Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha 
    g‘olib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat ta’lim tashkiloti 
    rahbarining) qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi. 
    Olimpiada o’tkazish tartibi: 
    1. Nazariy qism (50 ball, 50 ta test, 60 daqiqa, olimpiada.edu.uz) 
    2. Amaliy qism (50 ball, 1 ta amaliy topshiriq, 120 daqiqa) 
    Eslatma. ishtirokchilar 1-tur bo‘yicha test savollariga 70% to‘g‘ri javob bersa ya’ni 50 
    balldan 35 ball to‘plasa keyingi 2-tur bosqichiga o‘tkaziladi. 
    Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi 
    miqdorda pul mukofotlari beriladi: 
    1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari; 


    Informatika o‘qitish metodikasi fanidan ma`ruza mashg`ulotlari
    2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari; 
    3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari. 
    Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga quyidagi 
    miqdorda pul mukofotlari beriladi: 
    1-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 12 baravari; 
    2-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari; 
    3-o‘rinni egallagan o‘quvchiga — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravari. 
    Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga 
    ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish 
    huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar Vazirlik 
    tomonidan beriladi va uning alohida elektron reyestri yuritiladi. 
    Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan 
    o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish 
    imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi. 
    Topshiriqlardan namunalar. 

    Insoniyat jamiyatining hozirgi zamon rivojlanish darajasi mustaqil respublikamiz ijtimoiy 


    hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan tub o’zgarishlarda o’z aksini topmoqda. 
    Bunday o’zgarishlar shak-shubhasiz, barkamol shaxsni tarkib toptirish bilan chambarchas 
    bog’liq. Aynan ana shu masala "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy 
    dasturi‖ da o’z aksini topgan. 
    Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi oldida 
    turgan ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviy-siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini 
    topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o’zaro aloqadorligi va o’zaro munosabatlariga bog’liq. 
    Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko’lamiga ko’ra tizimlilik 
    xarakteriga ega bo’lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. 
    Bu o’z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko’zda tutadi. 
    Ko’p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta’lim-tarbiya 
    jarayonining rivojlanishiga to’siq bo’layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. 
    Bular asosan, bizning fikrimizcha, o’rganilayotgan ob’ektlarning ba’zi bir jihat va 



    Download 353.57 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 353.57 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda integratsiya. Informatika va axborot texnologiyalarining maxsus metodikasi. Reja

    Download 353.57 Kb.
    Pdf ko'rish