• Elektr qurilmalarining tok, kuchlanish, chastota va neytral holati bo`yicha guruhlanishi
  • Elektr iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha guruhlanishi
  • 2-mavzu. Sanoat korxonalarining elektr energiya iste’molchilarini guruhlash reja




    Download 442.62 Kb.
    bet1/3
    Sana12.01.2024
    Hajmi442.62 Kb.
    #136079
      1   2   3
    Bog'liq
    2-Maruza
    4., O’zgaruvchi elekтromagnit maydonlarining inson organizmiga ta’si

    2-MAVZU. SANOAT KORXONALARINING ELEKTR ENERGIYA ISTE’MOLCHILARINI GURUHLASH

    REJA:

    1. Elektr qurilmalarining tok, kuchlanish, chastota va neytral holati bo`yicha guruhlanishi.

    2. Elektr iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha guruhlanishi

    3. Elektr iste’molchilarning ish rejimi bo‘yicha guruhlanishi


    Elektr qurilmalarining tok, kuchlanish, chastota va neytral
    holati bo`yicha guruhlanishi
    Elektr qurilmalari tokning turi (o‘zgaruvchan va o‘zgarmas), kuchlanishi (1 kV gacha va 1 kV dan yuqori) va ishlatilishi bo‘yicha har xil guruhlarga bo‘linadi.
    Ishlatilishi bo‘yicha elektr qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi: elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar - elektr generatorlari; o‘zgartiruvchi va taqsimlovchilar - transformator podstansiyalari; o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokga yoki boshqa chastotali tokga aylantiruvchi uskunalar; elektr tarmoqlari; iste’molchilar - elektr qabul qiluvchilar. Elektr iste’molchilari deganda, elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi agregatlar, mexanizmlar, qurilmalar tushuniladi.
    Elektr qurilmalarining neytral nuqtalari holatiga qarab quyidagilarga bo`linadi:

    1. Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lib neytrali to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaminlangan qurilmalar;





    1. Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lib neytrali izolyatsiyalangan qurilmalar;


    3) Kuchlanishi 1 kV dan yuqori, biror liniya erga ulanganda zaminga o`tadigan toki kichik (Iz 500A) bo`lgan, neytrali izolyatsiyalashgan qurilmalar;
    4) Kuchlanishi 1 kV dan yuqori, bir fazali yerga ulanish sodir bo‘lganda zaminga o‘tadigan toki katta (Iz>500A) bo‘lgan, neytrali to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaminlangan elektr qurilmalar;
    5) Kuchlanishi kichik (42 Voltgacha) elektr qurilmalari.

    Elektr iste’molchilarning elektr ta’minoti ishonchliligi bo‘yicha guruhlanishi
    Elektr ta’minotining ishonchliliga qo‘yiladigan talablarga qarab elektr iste’molchilar quyidagi uchta toifalarga bo‘linadi:
    I toifa elektr iste’molchilari bunday elektr iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilish kishilarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi, xalq xo‘jaligi uchun katta zarar keltiradi, qimmatli qurilmalarni buzilishi va ko‘plab hom-ashyoni chiqindiga chiqishiga, murakkab texnologik jarayonni uzoq vaqtga izdan chiqishiga, kommunal xo‘jalikning eng muhim jabhalarida ishning buzilishga olib keladi. I toifali elektr qabul qiluvchilar elektr energiyani kamida ikkita mustaqil ta’minlash manbalaridan olishlari kerak va ularning elektr ta’minotidagi uzilishi vaqti zahiridagi manbani avtomatik ravishda ulashga ketadigan vaqt bilan belgilanadi.
    Mustaqil manba sifatida ikkita elektr stansiya yoki podstansiyalarning taqsimlash qurilmalari ishlatilishi mumkin (2.1-rasm).
    Ko‘p korxonalarida I toifali elektr istemolchilarining solishtirma miqdori katta bo`lmaydi. Neft kimyosi, sintetik kauchik va metallurgiya korxonalarida I toifali elektr qabul qiluvchilarining miqdori 70 (80 % ni tashkil etadi.
    I toifali istemolchilaridan ayrimlari alohida guruh iste’molchilari turkumiga kiradi. Ularni to‘xtovsiz ishlashi ta’minlansa kishilar hayoti xavf ostida qolmaydi, portlashlar, yong‘inlar sodir bo‘lmaydi va qimmat baholi qurilmalar ishdan chiqmaydi. Bularga, masalan kompressorlar, ventilyatorlar, nasoslar, yer osti konlaridan yuqoriga ko`taruvchi uskunalarining yuritmalari va avariya holatlarda ishlaydigan yoritish qurilmalari kiradi. Bunday alohida guruh iste’molchilari uchun uchinchi qo`shimcha mustaqil ta’minlash manbasi bo‘lishi kerak.



    Download 442.62 Kb.
      1   2   3




    Download 442.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Sanoat korxonalarining elektr energiya iste’molchilarini guruhlash reja

    Download 442.62 Kb.