2-mavzu. Tarmoqni dasturlashda ko‘poqimlilik va funksiyalarni paralellashtirish Reja




Download 108.22 Kb.
bet1/5
Sana17.01.2024
Hajmi108.22 Kb.
#139644
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2


2-mavzu. Tarmoqni dasturlashda ko‘poqimlilik va funksiyalarni paralellashtirish
Reja

  1. Guruhli manzillash.

  2. Oqimlarni tashkil etish.

  3. Oqim klasslari bilan ishlash.

Tayanch iboralar: IGMP protokoli, IP Multicast, Internet Group Management Protocol, InputStream va OutputStream klasslari.

  1. Guruhli manzillash.

Lokal tarmoqda guruhli manzillashni amalga oshirish uchun quyidagilar kerak:
- TCP/IP protokol steki bilan guruhli manzillashni quvvatlash;
- guruhga qo‘shilgan so‘rovni yuborish va guruhli trafikni qabul qilish uchun IGMP protokolini dasturiy quvvatlash;
- tarmoq kartasi bilan guruhli manzillashni quvvatlash;
- guruhli manzillashdan foydalanuvchi ilova, masalan videokonferensiya.
Bu imkoniyatni global tarmoqka kengaytirish uchun ko‘shimcha tarzda xamma oradagi yo‘naltiruvchilar guruhli manzillashni quvvatlashi va ishlayotgan firewall-lar tomonidan guruhli trafik o‘tkazilishi kerak. Lokal tarmoqda ishlashini optimallashtirish uchun guruhli trafikni filtrlovchi kommutatorlardan foydalanish mumkin.
IP Multicast texnologiyasi 224.0.0.0 - 239.255.255.255 manzillaridan foydalanadi. Statik va dinamik manzillash ishlatiladi.
Statik manzillarning misoli 224.0.0.1 — lokal tarmoq tugunlarini ichiga oluvchi guruh manzillari, 224.0.0.2 — lokal tarmoqning xamma marshrutizatorlari. 224.0.0.0 - 224.0.0.255 diapazonidagi manzillar marshrutizatsiya protokollari va guruhli manzillashning past darajali protokollari uchun mo‘ljallangan. Kolgan manzillar ilovalar tomonidan dinamik tarzda ishlatiladi.
Tarmoq qurilmalari lokal tarmoqning xar xil guruhlarida a’zoligini aniqlash uchun yo‘naltiruvchi IGMP protokolidan foydalanadi.
Lokal tarmoqning bitta marshrutizatori tugunlarning ilovalari tomonidan qaysi guruhlar ishlatilayotganini bilish uchun lokal tarmoqning tugunlariga so‘rov yuboradi. Xar bir guruhga lokal tarmoqda bitta javob beriladi. Yangi guruhning a’zosi bo‘lish uchun qabul qiluvchining tuguni lokal tarmoqning yo‘naltiruvchisiga so‘rov jo‘natadi. Qabul qiluvchi tugunning tarmoqli interfeysi shu guruh manzilli paketlarni qabul qilishga sozlanadi. Xar bir tugun o‘zining faol guruhli manzillarni mustaqil nazorat qiladi, bu guruhda katnishishga extiyoj qolmaganda esa IGMP-so‘rovlarga tasdiqlashlarni yuborishni to‘xtatadi. IGMP-so‘rovlar natijalari guruhli marshrutizator protokollari tomonidan qo‘shni marshrutizatorlarga va tarmoq bo‘yicha guruhga a’zoligi to‘g‘risida axborotni yuborish uchun ishlatiladi.
Guruhli marshrutizatorning asosiy g‘oyasi shundaki, marshrutizatorlar axborot almashuvi yordamida kerakli lokal tarmoqlarga paketlarni yuborish yo‘llarini quradilar. Marshrutizatorlarning xar biri qabul qilingan paketni bitta yoki bir nechta marshrutizatorlarga yuboradi, bunda bitta kanaldan bitta paketning qayta yuborilishining oldini olamiz va guruhning hamma qabul qiluvchilariga yetkaziladi. Guruxning tarkibi vakt o‘tgani sayin o‘zgarishi mumkinligi uchun guruhning yangi kirgan va chiqib ketgan a’zolarini marshrutizator yo‘llarini qurishda dinamik tarzda inobatga olinadi.


  1. Download 108.22 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 108.22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Tarmoqni dasturlashda ko‘poqimlilik va funksiyalarni paralellashtirish Reja

Download 108.22 Kb.