3. ett rivojlanish bosqichlari. Elektron to’lov tizimlari rivojlanish bosqichlari




Download 33.88 Kb.
bet1/10
Sana23.01.2024
Hajmi33.88 Kb.
#143724
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3. ett rivojlanish bosqichlari. Elektron to’lov tizimlari rivojl
Mehnat bozorini shakllanishi va rivojlantirish muammolari., ChO‘YANLARNI-PAYVANDLASh, Kombinatorika, Xramatografiyaning turlari Harakatlanuvchi va qo’zg’almas fazalar, 219526.ru.uz, navoiy-roman, M2 (2), 1-ma`ruza, To\'rayev H.T, Azizov I. Matematik mantiq va diskret matematika 1-jild, zakovat, Boshqaruv T 1, 5-sinf informatika uzb, Mening ismim Azimjon, HR Turgunov Husan, Документ Microsoft Word

3.ETT rivojlanish bosqichlari.
2. Elektron to’lov tizimlari rivojlanish bosqichlari.
1-BOSQICH. 1991 yilViloyatlar ichida hisob-kitoblar pochta va tashuvchilar orqali yagona hisoblash markazida amalga oshiriladi. Bu jarayon bir haftani tashkil etar edi. Viloyatlararo hisob-kitoblar ham pochta orqali avizo hujjatlari asosida amalga oshirilgan. Bunda mablag’lar bir mijozning hisobvarag’idan ikkinchi mijozning hisobvarag’iga bir oydan ikki oygacha bo’lgan muddat mobaynida kelib tushar edi.
1992 yilMarkaziy bank Bosh axborotlashtirish markazida banklararo hisob-kitoblarda elektron pochta usuli yaratish ustida ishlandi. Shuningdek bank amaliy ish kunini kompyuterlar vositasida bajarish amaliy dasturini yaratish va ularni banklarda tadbiq etish bo’yicha ish olib borildi.
1993 yilShu yili qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonunini bajarish yuzasidan Markaziy bankda va uning hududiy Bosh boshqarmalarida axborotlashtirish boshqarmasi va bo’limlari tashkil etildi. Banklararo maxsus ajratilgan aloqa kanallari vazifasida elektron to’lov tizimini ishga tushirish borasida ish olib borildi. Respublika bank tizimini axborotlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Sobiq Ittifoq respublikalari bilan o’zaro hisob-kitoblarni tartibga solish va ularga xizmat ko’rsatish amaliy dasturi yaratildi. Markaziy bankning hududiy boshqarmalari to’liq kompyuterlashtirildi. Ya’ni bir paytda respublika elektron to’lov tizimini zamini yaratila boshlandi. Shu yilning dekabr oyidan boshlab juda qisqa muddat uch oy mobaynida Sobiq Ittifoq respublikalari bilan 1991, 1992 hamda 1993 yillardagi yig’ilib qolgan o’zaro hisob-kitoblar, qarzlar hisoblab chiqildi va 1994 yilning mart oyiga kelib bu borada aniq ma’lumotlarga ega bo’lindi.
1994 yil18 mart kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 146-sonli “Bank tizimini takomillashtirish, pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, Markaziy bank tizimida elektron pochtalarni joriy etishni oktyabrga qadar tugallash vazifasi yuklatildi. Shuningdek, Qarorda respublika bank kompyuter tizimini yaratish uchun zarur valyuta mablag’larini ajratish ham ko’rsatildi.13 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi bank tizimini moliyaviy qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaror qabul qilindi. Unga asosan banklar qator soliqlardan ozod qilindi va bo’shagan mablag’larni o’z faoliyatini kompyuterlashtirishga sarflash shart qilib qo’yildi. Mazkur Qarorlarga binoan tijorat banklarining bo’limlari kompyuterlashtirila boshlandi va ular elektron to’lov tizimiga qo’shib borildi.
Avgust oyi oxiriga kelib mustaqillikning uch yilligi sharafiga elektron to’lovlar vaqtinchalik Nizomi yaratildi.
Oktyabr oyidan boshlab esa elektron pochta respublika bank tizimida ishga tushirildi.
Respublika bank tizimida buxgalteriya hisob-kitoblarni va bank amaliy ish kunini umumiy bir ko’rinishga keltirish uchun zarur ishlar amalga oshirildi.
Markaziy bank qilingan bu ishlar bilan cheklanib qolmasdan o’zining mutaxassislari kuchi bilan elektron to’lov tizimi amaliy dasturini respublika miqiyosida tadbiq etish ustida ham tinimsiz ish olib bordi va 1995 yil uchun zamin yaratdi.
2-bosqich1995 yilAprel oyida Markaziy bank Jahon banki mablag’lari hisobidan O’zbekiston Respublikasi banklararo to’lov tizimini takomillashtirishga yo’naltirilgan halqaro tanlov tender e’lon qildi.
Markaziy bankda tashkil etilgan elektron to’lov tizimini yaratish ishchi guruhi o’tgan yillardan olingan tajribalar va xulosalar, shuningdek jahonning ilg’or davlatlari yutuqlarini o’rganish va tahlil qilish asosida elektron to’lov tizimi texnologiyasini yaratdilar. Eski tizim 19 avgustdan boshlab yangi texnologiya bilan almashtirila boshlandi. Bu paytga kelib Markaziy bank tizimida hisob-kitob markazlari tashkil etildi va tijorat banklariga elektron to’lov bo’yicha xizmat ko’rsatila boshlandi. Yangi texnologiyaga o’tila borishi sababli yilning oxirigacha respublikada 2 tizim: elektron pochta va elektron to’lov tizimlari ishlab turdi. Yil oxiriga kelib esa barcha tijorat banklari Markaziy bankning hisob-kitob markazlari, kliring markazlari elektron to’lov tizimiga qo’shildi.
1996 yilyangi tashkil etilgan hisob-kitob markazlari tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarini kliring markazlaridan o’zlariga o’tkaza boshladilar. Iyul oyiga kelib kliring markazlari butunlay qisqartirildi. Shu bilan bir qatorda, Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi mutaxassislari va bank xodimlari to’lovlarning o’tishi muddatini yanada qisqartirishni ta’minlash borasida tinmay izlanish olib bordilar. Buning natijasi o’laroq, yil oxiriga kelib to’lovlar o’tishi muddati respublika miqyosida 2 soat, viloyat miqyosida 1 soatni tashkil etdi.
1997 yil Respublika bank tizimida yangi hisob tizimi rejasiga o’tilishi tijorat banklari va Markaziy bank to’lov tizimi tub burilish yasadi. Elektron to’lov tizimining mavjud amaliy dasturi rivojlantirilib, tizimning katta o’tkazish qobiliyati va hujjatlarning yuqori tezlikda qayta ishlanishi (hududlararo hisob-kitoblar - 15 daqiqada, bitta hudud ichidagi hisob-kitoblar esa – 3-5 daqiqada) pul mablag’lari aylanishini jiddiy oshirdi. Bu esa respublika xo’jalik yurituvchi subyektlarining faoliyatiga ijobiy ta’sir etdi, banklarga vaqtincha bo’sh turgan mablag’lardan samarali foydalanish va kredit xavf-xatari darajasini hamda likvidlilik xavf-xatarini tezkorlikda boshqarish imkonini berdi.
3-BOSQICh. 1998 yilMarkaziy bank bilan Jahon banki o’rtasida 1998 yil dekabr oyida “Respublika moliya sohasini rivojlantirish” uchun zayom ajratish to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu loyiha besh komponentga bo’linib, shulardan to’rtinchi komponent o’z ichiga quyidagi masalalarni oladi:
to’lov tizimini takomillashtirish;
boshqarish uchun axborot tizimini yaratish;
bank telekommunikasiya tizimini rivojlantirish;
axborot tizimi muhofazasini yaratish.
Yuqorida keltirilgan masalalar bo’yicha tadbirlarni nihoyasiga yetkazish 2003 yilning ikkinchi yarmiga mo’ljallangan bo’lib, har bir masala bo’yicha rivojlanish yo’llari tijorat banklari bilan birgalikda aniqlandi va chet el ekspertlarining xulosalari olindi.
4-BOSQICh. 2002 yilTo’lovlarni real vaqtda o’tishini ta’minlash va tijorat banklariga yagona vakillik hisobvarag’i orqali xizmat ko’rsatish bo’yicha texnologiya tanlanib, ushbu bo’yicha texnik topshiriq, ishlab chiqildi va banklararo to’lovlarni yagona vakillik hisobvarag’i orqali o’tkazish hamda banklarda axborotlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish bo’yicha dastur yaratildi. Tijorat banklarining banklararo to’lovlarni yagona vakillik hisobvarag’i orqali amalga oshirish tizimiga o’tishi 2002 yilning iyun oyidan boshlandi.
To’lov tizimini takomillashtirish maqsadida xalqaro tender o’tkazilib, tender g’olibi bilan mavjud bank telekommunikasiya tarmog’ini rivojlantirish loyihasi bo’yicha shartnoma tuzildi.
Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblarni yo’lga qo’yish maqsadida to’lovlarni amalga oshiradigan milliy tizim yaratish konsepsiyasi tavsiyanomalar va sxemalar ishlab chiqildi. Respublikamizda mavjud yirik banklar, xususan TIF Milliy bank, Asaka bank, Sanoatqurilish banki, Xalq banki va Paxta banklarida plastik kartochkalar orqali to’lovlarni tashkil qilish yo’lga qo’yildi.
2003 yil Tijorat banklarini banklararo to’lovlarni yagona vakillik hisobvarag’i orqali amalga oshirish tizimi 2003 yil 8 sentyabrda to’liq ishga tushirildi va barcha banklarda markazlashtirilgan axborot tizimi tashkil etildi. Bu banklarga kundalik to’lovlar o’tkazish uchun band bo’lgan mablag’larni bir qismini bo’shashiga va ularni o’rinli aktivlarga joylashtirishga, bank o’z filiallarini mavqyeini tahlil qilib kerakli chora ko’rishga, bankning kunlik yagona balansi uning likvidliligini, tavakkalchiliklarini, majburiyatlarni, o’z kapitalini aniq ifoda etishga imkon beradi.
Shuningdek, Jahon banki krediti hisobiga tuzilgan shartnomaga asosan Bank telekommunikasiya tarmog’ini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish ishlari bajarilayapti, shuningdek, respublika moliya tuzilmalarini banklararo ma’lumot uzatish tarmog’iga ulash va o’zaro ma’lumot almashinuvining elektron tizimini yaratish bo’yicha ishlar olib borildi.
2004 yilO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrda qabul qilingan “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 445–sonli Qarori bilan ushbu tizimni kengaytirish borasidagi ilk reja ko’rsatkichlari, shuningdek to’lovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish terminallari bilan jihozlanadigan obyektlar ro’yxati tasdiqlandi. Shu bilan bir qatorda, mazkur qarorga muvofiq mamlakatda Yagona umumrespublika prosessing markazi tashkil etildi. Mazkur qarorga muvofiq, barcha tijorat banklari plastik kartochkalar tizimida ish olib borilishiga zamin yaratildi.



Download 33.88 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 33.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3. ett rivojlanish bosqichlari. Elektron to’lov tizimlari rivojlanish bosqichlari

Download 33.88 Kb.