MUHAMMAD
AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
Kompyuter injiniringi (Kompyuter
injiniringi,
AT-Servis,Axborot xavfsizligi, Multimedia) fakulteti
KI 13-22 (S) GURUH TALABASI
XUJABERDIYEV
SARVARning
FIZIKA fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
2023-yil
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.Gers vibratorlari
2.Yorug’lik interferensiyasini kuzatish usullari
usullari
3.Kontakt xodisalari
4.”Yarim o’tkazgich -yarimo’tkazgich”
chegaralarida kontakt hodisalari
5. Dia para- va perromagnetizm tabiati
1-Mavzu:Gers vibratorlari.
Reja:
1.Tebranish konturi .
2.Gers vibratori .
3.Xulosa.
1.Tebranish konturi.
O’zgaruvchan magnit maydonda turgan harakatsiz o’tkazgichda
induksiya EYK ning vujudga keladi . Lekin elektr toki vujudga kelishi
uchun zaryad tashuvchilarni harakatga keltiruvchi tashqi kuchlar
mavjud bo’lishi kerak . Bu tashqi kuch
issiqlik jarayonlariga ham ,
kimyoviy jarayonlarga ham bog’liq emas . Bu kuch Lorens kuchi ham
emas . Chunki Lorens kuchi harakatsiz zaryadlarga ta’sir ko’rsatmaydi
. Maksvell magnit maydonning har qanday o’zgarishi elektr maydonni
vujudga keltiradi va aynan ana shu elektr maydon harakatsiz o’tkazgich
ichidagi elektronlarni harakatga keltiradi , zanjirda induksion EYK
ning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi , degan fikrni ilgari suradi .
Elektr zaryadi hosil qilgan elektr maydondan farqli o’laroq , magnit
maydonning o’zgarishi natijasida vujudga
keladigan elektr maydonning
kuch chiziqlari yopiq chiziq xarakteriga ega bo’ladi , ya’ni uyurmali
maydondir .
Elektr va magnit maydonlar bir-birlari bilan chambarchas bog’liqdir
va yagona elektromagnit maydonni tashkil etadi . Maksvell
nazariyasiga asosan , elektromagnit to’lqinlar ko’ndalang to’lqinlardir ,
ya’ni E va B vektorlar o’zaro perpendikular va to’lqinning tarqalish
tezligi v vektorga perpendikular tekisliklarda yotadi .
Umuman olganda o’zgaruvchan elektr toki oqayotgan istalgan
tebranish konturi yoki o’tkazgich elektromagnit to’lqinlar manbai
bo’lib xizmat qilishi mumkin . Chunki elektromagnit to’lqinlarni
uyg’otish uchun elektromagnit maydonni vujudga keltirish kifoya .
Lekin , Nurlanish sezilarli bo’lishi uchun esa elektromagnit maydon
hosil qilinadigan hajmni orttirish taqozo qilinadi . Elektr maydon
kondensator qoplamalari ichida , magnit maydon esa induktiv g’altak
ichida hosil qilinadigan sodda ko’rinishdagi tebranish
konturlari bu
holda yaroqsiz hisoblanadi .
Demak , elektromagnit maydonning fazoda tarqalishiga imkon
yaratish uchun maydon hosil bo’ladigan fazoni kengaytirishimiz kerak .
Bu natijaga erishish uchun – kondensator qoplamalari orasidagi
masofani orttirishimiz kerak bo’ladi . Nemis
fizigi Geynrix Gers aynan
shunday yo’l tutdi . U g’altakdagi o’ramlar sonini va kondensator
plastinkalari yuzasi kamaytirdi va kondensator qoplamalarini bir-
biridan uzoqlashtirib , uchqun hosil qiluvchi bo’shliq bilan ajratilgan
ikkita tayoqchadan iborat yaxlit tizim holiga keltirdi .