• 5.1. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasi mazmuni, jarayoni hamda milliy iqtisodiyotning rivojida uning xalqaro integratsiyasini ta’minlash va faollashtirishning zarurligi va ahamiyati
  • 5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o’rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish Reja




    Download 48.79 Kb.
    bet1/12
    Sana30.01.2024
    Hajmi48.79 Kb.
    #148617
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy invest


    5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o’rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish


    Reja:
    5.1. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasi mazmuni, jarayoni hamda milliy iqtisodiyotning rivojida uning xalqaro integratsiyasini ta’minlash va faollashtirishning zarurligi va ahamiyati.
    5.2. Milliy iqtisodiyot xalqaro integratsiyalashuvining asosiy yo’nalishlari va hozirgi talablari.
    5.3. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirishda uning faol xalqaro integratsiyasini ta’minlashning xorij tajribalari.
    5.4. O’zbekistonda milliy iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasiga qaratilgan davlat siyosatining asosiy maqsadi va yo’nalishlari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni va ulardan samarali foydalanish yo’nalishlari.
    5.5. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar ishtirokini oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning tutgan o’rni va ularning hamkorlik aloqalari. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasini faollashtirishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ishtiroki.
    5.6. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalar harakatini tartibga solishning mazmuni, zarurligi va ahamiyati.

    5.1. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasi mazmuni, jarayoni hamda milliy iqtisodiyotning rivojida uning xalqaro integratsiyasini ta’minlash va faollashtirishning zarurligi va ahamiyati


    Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu milliy xo’jaliklar (davlatlar) o’rtasida o’zaro ko’ptomonlama barqaror aloqalarning rivojlanishi va mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tarmoqlarining turli darajada va turli ko’rinishdagi o’zaro aloqadorligini ifoda etadi. Hozirgi kunda integratsion jarayonlar to’g’risida mutaxassislar orasida yagona qarashlar kontseptsiyasi mavjud emas. Bir guruh iqtisodchi olimlar integratsiyani jahon mamlakatlari o’rtasida yangi tovarlar oqimini shakllantirish orqali "resurslar cheklanganligi" muammosini bartaraf etish yo’li deb talqin etishsa bu orqali jahon mamlakatlarida nisbatan serxarajat tovarlar ishlab chiqarishga chek qo’yilib, texnologik ayirboshlashni kengaytirish imkoniyatini beradi, ya’ni, ITTKIga xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi, boshqa bir guruh olimlar integratsiyani talab etuvchi dastlabki turtki sifatida noiqtisodiy omillarni ilgari suradi. Masalan, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqalar. Uchinchi bir guruh iqtisodchilar esa integratsiya bu ishlab chiqarishni barqaror o’sishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik kabi maqsadlarga engilroq va tezroq erishish imkoniyatini beradi deb hisoblashadi. Xullas, u yoki bu nazariy yondashuvlarni umumlashtirgan holda shuni qayd etib o’tishimiz mumkinki, integratsiya - bu hududiy miqyosda sifat jihatdan yangi iqtisodiy muhitni yaratish yo’li orqali milliy xo’jalik komplekslarining o’zaro yaqinlashishi va bir-biriga kirib borishi jarayonidir.
    Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida integratsion jarayonlar asosan ikki ko’rinishda (mikro – transmilliy korporatsiyalarning tashkil etilishi orqali, makro – iqtisodiy siyosatni davlatlararo muvofiqlashtirish siyosati orqali) amalga oshiriladi.
    Mikro miqyosdagi integratsion jarayonlar bir-biriga hududiy jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitallarini o’zaro ta’sir doirasi orqali amalga oshiriladi. Ya’ni, ushbu davlatlar o’rtasida integratsion jarayonlar iqtisodiy bitimlar tizimining shakllanishi, kichik shahobchalar, sho’’ba korxonalar tashkil etilishi orqali yuz beradi. Tashkil topgan korxona va firmalar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarning tez rivojlanishi tovar almashuvini, xizmat sohalarini, kapital va ishchi kuchining mamlakatlararo erkin harakatini ta’minlashga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy-texnologik, tashqi iqtisodiy va mudofaa, moliyaviy va valyuta sohasida yagona siyosatni o’tkazish zaruriyati tug’iladi. Yagona valyuta va moliyaviy fondlar, infratuzilmalar va umumiy davlatlararo boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar yaratiladi.
    Makro miqyosdagi integratsion jarayonlar davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.
    Jahon xo’jaligini rivojlanishining zamonaviy bosqichida sayyoramizning barcha qit’alarida integratsion jarayonlarning turli shakllarini ko’rishimiz mumkin. Xo’jalik hayotda integratsiyalashuv jarayonlari kundan – kunga chuqurlashib bormoqda. Integratsiyalashuv jarayonlari jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida xalqaro savdo sohasidan tortib ilmiy – axborot, tovar ayiraboshlashgacha bo’lgan turli ko’rinishlarini bir-biriga qo’shilib borishini nazarda tutadi.
    Jahon iqtisodiyotida xo’jalik hayotining barqaror rivojlanishi, takror ishlab chiqarishning milliy xo’jaliklar doirasidan chetga chiqish jarayonini aks ettiradi (eng avvalo, xalqaro mehnat taqsimoti asosida). Jahon xo’jaligi baynalminallashuvining o’sishi va rivojlanishida TMKlarning ta’sir doirasi kattadir. YuNKTAD ma’lumotiga ko’ra hozirgi kunda jahonda 40 mingdan ortiq TMKlar va ularning 270 mingdan ortiq shaxobchalari va sho’’ba korxonalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Jahondagi 500 dan ortiq eng yirik korporatsiyalarning 1/3 qismi esa AQShga tegishlidir.
    Jahon xo’jaligida xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish jarayonlarini ikkinchi omili - xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasidagi chuqur o’zgarishlardir (bu asosan ITI ta’sirida yuz beradi). Xalqaro mehnat taqsimoti atamasi, bir tomondan, mamlakatlarning ma’lum bir maxsulotlar ishlab chiqarishiga ixtisoslashuvini bildirsa, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish majburiyatlarning firma ichida va firmalararo taqsimlanishida o’z ifodasini topadi.
    Umumjahon ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy-texnik inqilobning hozirgi bosqichi baynalminallashuvni ham bozor, ham ishlab chiqarish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishda muhim rol o’ynamoqda. ITI tashqi iqtisodiy aloqalarning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi rolini oshishini ta’minlovchi muhim omildir. Xullas, ITIning rivojlanishi u yoki bu mamlakatda alohida bir ajralgan holda to’laqonli rivojlanib bora olmaydi.



    Download 48.79 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 48.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mavzu. Iqtisodiyotning xalqaro integratsiyasida xorijiy investitsiyalarning o’rni va ularning xalqaro harakatini tartibga solish Reja

    Download 48.79 Kb.