5. mavzu. Urbanizm jarayonida tabiiy ofatlarning oldini olish va kompensatsiya yondashuvlari




Download 52.5 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi52.5 Kb.
#91784
Bog'liq
5. MAVZU
Maruza 4, 4-mavzu, TALABALAR UYUSHMALARI FAOLIYAT TIZIMIDA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TALABALARINING TASHKILIY KOMPETENTSIYASINI SHAKLLANTIRISH, 19-mavzu, DV-Frequently-Asked-Questions-Uzbek, 66892a1a0322d41f01c5c681568556cf, DIE JAHRESZEITEN 1, Mavzu. Matritsa haqida tushuncha. Matritsalar ustida amallar. Re, 13-mavzu. Unitar almashtirishlar, ularning xos sonlari va kanoni, ABDULLA QODIRIY, Nisbiy ustunlik nazariyasi, PLAGIAT VA UNGA YO‘L QO‘YMASLIK TALABLARI, Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari., futbol taktikasi, badmington tarixi

5. MAVZU. Urbanizm jarayonida tabiiy ofatlarning oldini olish va kompensatsiya yondashuvlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 - 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholiga tabiiy ofatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tabiiy ofatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va baholashishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
tabiiy ofat oqibatida jabrlangan shaxslarga etkazilgan zararni qoplash;
tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga hamda tan jarohati olgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish.
2. Belgilansinki:
yuzaga kelgan tabiiy ofatlarning ko‘lamiga qarab (lokal, mahalliy, respublika va transchegaraviy) aholiga yetkazilgan zarar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni bilan tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda shahar va tumanlar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha hududiy komissiyalarining taqdimnomalariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar (tumanlar va shaharlar) hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida qoplanadi;
O‘zbekiston Respublikasining budjet qonunchiligiga muvofiq tabiiy ofatlar oqibatida jabrlangan aholiga yetkazilgan zararni qoplash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining zaxira jamg‘armalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari sug‘urtalovchi tashkilotlar bilan birgalikda aholining mol-mulk va yashash joylarini tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini amalga oshirsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tabiiy ofatlar sodir bo‘lish xavfi yuqori bo‘lgan, shuningdek, texnogen xavfli hududlarda bino va inshootlar qurilishining oldini olish bo‘yicha tegishli mansabdor shaxslarning mas’uliyatini kuchaytirsin hamda zarur profilaktika choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda tabiiy ofatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholi bilan profilaktika tadbirlarini muntazam o‘tkazib borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin
“Markaziy Osiyoda har yili 3 milliongacha aholi tabiiy ofatlardan aziyat chekadi, ularning yarmidan ko‘pi O‘zbekistonda istiqomat qiladi” – Jahon banki
Jahon banki va uning hamkorlari bir qator tabiiy xavf ofatlarni, shu jumladan, zilzilalar, toshqinlar va ko‘chkilar xavfini baholash bo‘yicha noyob tashabbusni boshlamoqda. Bu haqda Asia-Plus xabar qildi.
“Ushbu tashabbus Olmaotada joylashgan Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilmoqda”, – deyiladi Jahon banki xabarida.
Tashabbus Markaziy Osiyoda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish dasturi doirasida Yevropa Ittifoqining moliyaviy hamkorligi va Jahon banki tomonidan Tabiiy ofatlar global jamg‘armasi rahbarligida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
“Tashabbusning umumiy maqsadi – moliyaviy barqarorlikni oshirish, xatarlarni aniqlash qobiliyatlari va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish tizimi orqali Markaziy Osiyo mamlakatlarining tabiiy ofat va iqlim xatarlariga chidamliligini kuchaytirish”, – deyiladi bayonotda.
Jahon banki ekspertlarining fikricha, xavfni baholash tizimi mintaqaviy yondashuvni hisobga olgan holda o‘ziga xosdir va ko‘plab tabiiy xavflar va sezgir obyektlarning turlari bo‘yicha muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan.
“Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi birinchi shunday urinish”, – deyiladi xabarda.
Jarayon yakunida mahalliy hokimiyat idoralari tabiiy ofatlar xavfini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan ishonchli vositaga ega bo‘lishlari kutilmoqda.
Xulosa shuki, bu jarayon mintaqadagi texnik va ilmiy jamoalarda tabiiy ofatlar xavfini tushunishni yaxshilaydi.
Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchukning ta’kidlashicha, toshqinlar va zilzilalar natijasida Tojikistonning yillik iqtisodiy zararlari 400 million dollarni tashkil etgan.
Uning ma’lum qilishicha, ushbu tabiiy ofatlar qurbonlari soni respublikada har yili 500 ming kishiga etadi.
Umuman olganda, Jahon bankining vakili Markaziy Osiyo mamlakatlari har yili tabiiy ofatlar natijasida 10 milliard dollar yo‘qotayotganini ta’kidladi.
Burunchukning ta’kidlashicha, mintaqada har oyda zilzilalar xaritasi tom ma’noda qizil nuqtalar bilan to‘ladi.
Liliya Burunchuk mintaqaning har yili 3 milliongacha aholisi tabiiy ofatlardan aziyat chekishini, ularning yarmidan ko‘pi O‘zbekistonda istiqomat qilishini ta’kidladi.
Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatlarda O‘zbekistonda o‘rtacha 1,4 million kishi aziyat chekadi hamda mamlakat iqtisodiyotiga bu 2,8 milliard AQSh dollariga tushadi. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 500 ming kishi aziyat chekadi, 4 milliard iqtisodiy zarar;

  • Qirg‘iziston – 200 ming kishi aziyat chekadi, 270 million iqtisodiy zarar;

  • Tojikiston – 500 ming kishi aziyat chekadi, 400 million iqtisodiy zarar;

  • Turkmaniston – 170 ming kishi aziyat chekadi, 2,7 milliard iqtisodiy zarar.

“Bu shunchaki statistika emas – bu vafot etayotgan, yaqinlarini yo‘qotadigan, jiddiy jarohat olgan va og‘ir yo‘qotishlarga duchor bo‘lgan odamlar”, – deya qo‘shimcha qildi Burunchuk.
Avvalroq BMT oxirgi 10 yil ichida butun dunyoda 410 mingdan ziyod aholi tabiiy ofatlar oqibatida vafot etganini ta’kidlagani hamda Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi kuchli shamol oqibatlarining oldini olish imkoniyati bo‘lganini aytgani haqida xabar berilgandi.
Download 52.5 Kb.




Download 52.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5. mavzu. Urbanizm jarayonida tabiiy ofatlarning oldini olish va kompensatsiya yondashuvlari

Download 52.5 Kb.