• 6.1.Armatura va uning xossalari va ko’llanishi
  • 6-amaliy mashg’ulot: Armaturaning asosiy mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash Reja




    Download 302.5 Kb.
    bet1/6
    Sana18.11.2023
    Hajmi302.5 Kb.
    #100839
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6-amaliy mash
    Axborotlarni himoya qilish usullari va axborot xavfsizligi, SA Mustaqil-ishi2, 9-Lekciya, 4 kurs yakuniy nazorat автовосстановление, The Career Ladder, 2-Mavzu. Transformatorlar. Uch fazali transformatorlar. Avtotran, MB mustaqil ish, Ish reja 2023-2024 jismoniy, 4327240 , 4-sinf matematika Test sinovi file 6319d2f86af46, Tikilgan va trikotaj buyumlarning iste’mol x~

    6-amaliy mashg’ulot: Armaturaning asosiy mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash
    Reja:
    6.1. Armatura va uning xossalari va qo’llanishi
    6.2. Armatura po’latining mexanik xossalari
    6.3. Armatura klassifikatsiyasi
    6.4. Armaturaning konstruktsiyada qo’llanishi
    6.5. Armatura buyumlari. Payvandlangan armatura mahsulotlari
    6.6. Sim armatura mahsulotlari
    6.1.Armatura va uning xossalari va ko’llanishi
    Armatura turlari. Temirbeton qurilmalarida armatura cho’zilishga zo’riqishlarni qabul qilish va betonning siqilish zonasining kuchaytirish uchun qo’llaniladi. Armaturaning kerakli miqdori elementlarga ta’sir qilayotgan yuklama va kuchlarni hisoblash natijasida aniqlanadi. Hisob bo’yicha qo’yiladigan armatura ishchi armatura, konstruktiv va texnologik talablarga ko’ra qo’yiladigan armatura esa montaj armatura deyiladi.
    Montaj armatura konstruktsiyada ishchi armaturaning loyihaviy holatini ta’minlaydi va ishchi armaturaning alohida sterjenlari orasida zo’riqishni tekis taqsimlaydi. Bundan tashqari montaj armatura hisoblashda e’tiborga olinmaydigan uskunadan va temperatura o’zgarganda paydo bo’ladigan zo’riqishlarni qabul qiladi.
    Ishchi va montaj armaturalarning o’zaro payvandlab va sim yordamida biriktirib to’r va karkaslar tayyorlanadi. Armaturani to’rtta belgisiga qarab klassifikatsiya qilinadi.
    1. Tayyorlanish texnologiyasiga ko’ra sterjenli va sim armaturaga bo’linadi. Sterjen armaturalarning diametri d=6...40 mm bo’lib qurilishga bog’lam ko’rinishda (d>12 mm va uzunligi 13 m gacha) yoki kalava ko’rinishida (d10 mm, og’irligi 1300 kg gacha) keltiriladi. Sim armaturalarni diametri 3...8 mm bo’ladi.
    2. So’ngi mustahkamlash usuliga ko’ra armatura termik ishlov berilgan va sovuq holatda tortilgan armaturalarga bo’linadi.
    3. Formasining sirtiga ko’ra davriy profilli va silliq armaturalarga bo’linadi. Sterjen armaturadagi qoburg’a ko’rinishidagi chiqiqlar va sim armaturadagi chuqurlar (riflar) armaturaning beton bilan tishlashini sezilarli oshiradi.
    4. Temir beton elementlarini armaturalash usuliga qarab oldindan zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan armaturalarga bo’linadi.
    Temirbeton konstruktsiyalarida davriy profilli sterjenli armaturalar keng qo’llaniladi. Davriy profilli armaturani 1889 yilda F.Ransen (AQSh) ixtiro qildi. Armatura sirtining davriy profili shakli (ya’ni uning g’adir-budurligi) uning beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa o’z navbatida, beton cho’zilishga ishlaganida yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani betondagi mustahkamlashi bo’yicha maxsus choralar ko’rishdan xalos etadi. Sterjenli va simli armaturalar egiluvchan armatura deyiladi. Ayrim hollarda egiluvchi armaturadan tashqari egilmaydigan bikir yuk ko’taruvchi armaturalardan ham foydalaniladi (shveller, qo’shtavr va b).

    Download 302.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 302.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-amaliy mashg’ulot: Armaturaning asosiy mustahkamlik xususiyatlarini aniqlash Reja

    Download 302.5 Kb.