• Facebook tarmog‘ida sahifa ochish 1. Facebook
  • Business of Brend
  • Inbox
  • 8-ma’ruza. Smm asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. Facebook tarmog‘ida sahifa ochish




    Download 394,47 Kb.
    Sana10.06.2024
    Hajmi394,47 Kb.
    #262200
    Bog'liq
    Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi, Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT

    8-ma’ruza. SMM ASOSIDA TADQIQOT LOYIHALARINI BOSHQARISH. FACEBOOK TARMOG‘IDA SAHIFA OCHISH
    Ijtimoiy media zamonaviy tendensiyalardan xabardor bo‘lishga intiluvchi barcha insonlar hayotida muhim o‘rin egallaydi. Dunyo bo‘ylab ko‘plab insonlar foydalanadigan mashhur media vosita — bu Facebook. Facebook nafaqat do‘stlar bilan muloqot qilish, yangi do‘stlar orttirish, shuningdek, yangiliklarni ulashish hamda internetda biznes yuritish uchun platforma sifatida ham ishlatiladi.
    Facebook tarmog‘ida sahifa ochish
    1. Facebook tarmog‘ida sahifa ochish uchun avval shaxsiy akkauntga kirish talab etiladi.
    2. Yangi sahifa ochish uchun Сreate bo‘limi orqali Page ko‘rsatmasi tanlanadi (1).
    3. Sahifa turlaridan biri loyiha maqsadiga asoslangan holda tanlanadi: Business of Brend, Соmmunity of public figure. Loyiha uchun Business of Brend tanlab olinadi va Get started tugmachasi bosiladi (2).
    4. Sahifa nomi, kategoriyasi, manzili, telefon raqami kabi maydonlar (foydalanuvchi xohishiga ko‘ra manzil ko‘rsatilmasin bo‘limi tanlanishi ham mumkin) to‘ldiriladi va Continue tugmachasi bosiladi.

    Facebook tarmog‘ida sahifani sozlash
    1. Loyihaning maqsadidan kelib chiqib, sahifa profili uchun rasm/video tanlanadi. Tanlangan rasm logotip vazifasini bajarib, qoldirilayotgan xabar va izohlarni ajratib turadi (1).
    2. Loyihaning maqsadiga muvofiq sahifani bezash uchun sahifa jildiga rasm/video tanlanadi. Bunda kompaniya, brend, xizmat yoki mahsulot tasvirlangan mukammal tasvir joylashtiriladi (2).
    3. Sahifaga kelgan xabarlarni o‘qish, ular bilan tanishish uchun Inboxdan foydalaniladi (3).
    4. Insights orqali foydalanuvchilar va tashrif buyuruvchilar faoliyatini kuzatib borish, amalga oshirgan ishlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar olish mumkin (4).
    5. Edit Page Info yordamida sahifa va ma’lumotlarni tahrirlash mumkin (5).
    6. Foydalanuvchilarga yana ham kengroq ma’lumot berish maqsadida sahifaning mazmuni boyitiladi. Xizmat turlari, takliflar, rasm/video, xabarlar, tadbirlardan lavhalar, axborotlar, yangiliklar kiritib boriladi (6).
    7. Add a button yordamida sahifada tugmachalar yaratish mumkin. Ular yordamida
    boshqaruvchi bilan bog‘lanish, xabarlar yuborish, boshqa sahifaga o‘tish, ilovalarni yuklab olish, o‘yinlar o‘ynash va boshqa amallarni bajarish mumkin (7).
    8. “...” tugmachasi orqali sahifani tahrirlash, guruh ochish, reklama yaratish, sahifa qo‘shish, do‘stlarni taklif etish kabi amallarni bajarish mumkin (8).



    Download 394,47 Kb.




    Download 394,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-ma’ruza. Smm asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. Facebook tarmog‘ida sahifa ochish

    Download 394,47 Kb.